4. O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalari rahbarlari ishini rejalashtirish. O’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasasining o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Lavozim majburiyatlari: a) o’quv jarayonini tashkil qiladi, ta‘lim standartlarida belgilangan o’quv, tarbiyaviy reja va dasturlarning bajarilishini ta‘minlaydi;
b) pedagogik kadrlarni tanlash va joylashtirishda qatnashadi, pedagogik jamoaning o’quv-uslubiy ishlarini boshqaradi, o’qituvchilar va ishlab chiqarish ustalarining ilg’or tajribasini o’rganish va umumlashtirishni tashkil qiladi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etadi. Pedagog xodimlarga metodik yordamni tashkil qiladi va amalga oshiradi, jamoa va alohida o’qituvchilarning pedagogik faoliyatini tahlil qiladi;
v) o’qituvchilarning yillik, chorak va oylik ish rejalarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi. O’qituvchilarning tasdiqlangan ish rejalari asosida ish vaqtini hisoblaydi va bajarilishini nazorat qiladi. Dars jadvali, testlar, imtihonlar va boshqa o’quv taqdimotlari grafigini ishlab chiqadi;
e) fanlar bo’yicha uslubiy qo’llanmalar ishlab chiqish va yosh mutaxassislarga uslubiy yordam tashkil etish, o’qituvchilarning kasbiy mahoratlari va malakalarini oshirish bo’yicha ishlarni olib boradi, o’quvchilarning o’quv yuklamalarini takomillashtiradi;
yo) guruh jurnallarining yuritilishi va saqlanishini ta‘minlaydi, guruh raxbarlari faoliyatini boshqaradi o’quv ishlarining holati va natijalari bo’yicha hisobotlar tayyorlaydi, ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini tashkil qiladi;
j) pedagog xodimlar mehnatni muhofazalash talablari, sanitar-gigienik rejim va texnika xavfsizligiga amal qilinishini ta‘minlaydi;
z) jamoa a‘zolari va o’quvchilar huquqlarini himoyalash, hayoti va sog’lig’ini muhofazalashga g’amxo’rlik qiladi;
i) direktor yo’qligida uning lavozim majburiyatlarini amalga oshiradi;
l) doimiy ravishda o’z malakasini oshirib boradi.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasasi direktorining ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari