Kasbiy pedagogika


O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalari rahbarlari vazifalarining taqsimoti



Yüklə 56,5 Kb.
səhifə4/8
tarix13.12.2022
ölçüsü56,5 Kb.
#74226
1   2   3   4   5   6   7   8
53870d39e89b9

3. O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalari rahbarlari vazifalarining taqsimoti
- O’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasasi direktori
- O’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasasining o’quv-ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
- O’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasasi direktorining ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari
- O’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasasining ishlab chiqarish ta‘limi bo’yicha direktor o’rinbosari
- O’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasasi direktorining ma‘muriy-xo’jalik ishlari bo’yicha o’rinbosari
- Chaqiruvgacha tayyorgarlik rahbari
- Jismoniy tarbiya rahbari
- Kasb-hunar kollejining katta ustasi
- Kasb-hunar kollejining o’quv ishlab-chiqarish ustaxonasi mudiri
- Bosh o’qituvchi
- Yetakchi o’qituvchi
- Katta o’qituvchi
- Oliy ma‘lumotli o’qituvchi
- O’rta-maxsus ma‘lumotli o’qituvchi
- Psixolog
- Tarbiyachi
- Kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta‘limi ustasi
- Uslubchi
- To’garak rahbari
Kollejning o’qituvchi va o’quv-tarbiya xodimlari tarkibi.
Kasb-hunar kollejida pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga tegishli ma‘lumotga, kasb-kor tayyorgarligiga hamda yuksak ahloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar egadirlar. Sud hukmi bilan pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish taqiqlangan shaxslar bu ishga qo’yilmaydi.
Kasb-hunar kollejiga professor-o’qituvchilarni va muhandis-pedagoglarni ishga qabul qilish ta‘limni boshqarish davlat vakolatli organi belgilagan tartibda attestatsiyadan o’tkazib turiladi.
Kollejda o’qituvchilar, o’quv ishlab chiqarish ustalari,ma‘muriy va yordamchi xodimlar lavozimlari nazarda tutiladi.
Kollejning o’qituvchi,o’quv ishlab chiqarish ta‘limi ustalari va xodimlari huquq va burchlari kasbga qo’yilgan talablar bilan belgilanadi va O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi asosida tartibga solinadi.
O’qituvchilar va ishlab chiqarish ustalari pedagogik mehnatning, tarbiyaviy va ilmiy jarayonning yuqori samara berishiga,o’quvchilarda mustaqillik ,tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyat, zaruriy kasbiy ko’nikmalarni rivojlantirishga,kollej Ustaviga rioya qilishga majbur.
Kollejning ma‘muriy, yordamchi, xo’jalik xodimlarining huquq va burchlari uning Ustavi, ichki tartib-qoidalari direktor tomonidan tasdiqlangan lavozim yo’riqnomalari bilan belgilanadi.
O’qituvchilar, ishlab chiqarish ta‘lim ustalari, kollejning rahbar xodimlarining pedagogik faoliyat darajasini baholash maqsadida harakatdagi shahodat ko’rigi xaqidagi Nizomga asosan davriy shahodat ko’rigi o’tkazib boriladi.
Kollejning pedagogik kadrlari harakatdagi Nizom asosida malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalarida o’z malakalarini oshiradilar.
Kollej barcha toifadagi o’quvchilar , o’qituvchilar va xodimlarning o’qishi, mehnat qилиши va dam olishi uchun zarur sharoitlarni yaratib beradi.
Barcha toifadagi xodimlarning mehnatiga haq to’lash byudjet doirasida mehnat faoliyati haqidagi harakatdagi nizomga asosan amalga oshiriladi.Moddiy rag’batlantirish miqdori kollej direktori tomonidan belgilanadi.
Kollej oliy o’quv yurtlari professor-o’qituvchilarini tashkilot, muassasa,korxona mutaxassislarini shartnoma asosida ishga jalb qilishi mumkin.

Yüklə 56,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin