Kasbiy pedagogika



Yüklə 56,5 Kb.
səhifə7/8
tarix13.12.2022
ölçüsü56,5 Kb.
#74226
1   2   3   4   5   6   7   8
53870d39e89b9

Malaka talablar:
a) ijtimoiy fanlar bo’yicha yoki pedagogik oliy ma‘lumot;
b) ta‘lim tizimidagi (pedagogik, o’quv-tarbiyaviy, o’quv-uslubiy, boshqaruv faoliyati ) ish staji 3 yildan kam emas;
O’rta maxsus, kasb-hunarta‘limi muassasasining ishlab chiqarish ta‘limi bo’yicha direktor o’rinbosari
Lavozim vazifalari:
a) ishlab chiqarish ta‘limi o’quv jarayonini tashkil etadi, o’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi standartlarida ko’zda tutilgan o’quv, tarbiyaviy rejalar va dasturlarning bajarilishini ta‘minlaydi;
b) o’qituvchilar va ishlab chiqarish ta‘limi ustalarini tanlash va joy-joyiga qo’yishda ishtirok etadi;
v) ishlab chiqarish ta‘limi jarayonini boshqaradi, ustozlarning, ishlab chiqarish ta‘limi ustalarining ilg’or tajribalarini o’rganish va umumlashtirishni tashkil qiladi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etadi;
g) pedagogik xodimlar va ishlab chiqarish ta‘limi ustalariga uslubiy yordam tashkil qiladi, jamoa, ayrim o’qituvchilar va ishlab chiqarish ta‘limi ustalarining pedagogik faoliyatini tahlil qiladi;
d) o’qituvchilar va ishlab chiqarish ta‘limi ustalarining yillik, chorak va oylik ish rejalarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi. Tasdiqlangan reja asosida o’qituvchilarning ish vaqti hisobini yuritadi, dars jadvali, testlar sinovlari, imtihonlar grafigini ishlab chiqadi;
e) o’quv jarayoni nazoratini tashkil qiladi, ta‘lim standartlarining bajarilishi, o’quvchilarning xulqi va o’zlashtirishi monitoringini amalga oshiradi, fakultativ darslar va fan to’garaklarini tashkil etadi;
j) o’quv xonalarini ko’rgazmali va texnik o’quv qurollari bilan, hamda axborot -resurs markazini kitoblar, jurnallar va boshqa axborot materiallari bilan ta‘minlanishi va rasmiylashtirilishini boshqaradi;
z) o’quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etadi va nazorat qiladi;
i) korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan bitiruvchilarni ishga joylashtirish va talabnomalar rortfelini shakllantirish masalalarida hamkorlik qiladi;
k) ta‘lim muassasasi bitiruvchilarini ishga taqsimlash va ishga joylashtirishda ishtirok etadi;

Yüklə 56,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin