Lavozim vazifalari: a) ta‘lim muassasida ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarni tashkil qiladi. Ta‘lim muassasida tarbiyaviy ishlar bo’yicha yillik, oylik ish rejalarini ishlab chiqadi, guruh rahbarlarining tarbiyaviy ishlar bo’yicha ish rejalarining bajarilishini nazorat qiladi;
b) milliy istiqlol g’oyasi va ma‘naviyat asoslariga kiruvchi fanlar bo’yicha ta‘lim standartlari talablarining bajarilishini nazorat qiladi, bu fanlarning o’zlashtirilishi monitoringini olib boradi;
v) o’quvchilarning tartib-intizomi va davomati, tarbiyaviy ishlar samaradorligining nazoratini amalga oshiradi;
g) ta‘lim muassasining yotoqxonalarida o’quvchilarni yashashiga muqobil sharoitlar yaratadi, ularni o’rnatilgan tartib-qoidalarga amal qilinishini tashkil etadi;
d) sport sektsiyalari va qiziqishi bo’yicha to’garaklarning doimiy faoliyatini ta‘minlaydi;
e) milliy urf-odatlar, tarixiy qadriyatlar va buyuk ajdodlarimiz misolida o’quvchilarning vatanrarvarlik tarbiyaviy ishlarini tashkillashtiradi va nazorat qiladi. O’quvchilar o’rtasida darsdan tashqari, ommaviy-ma‘rifiy ishlar va ekskursiyalarni tashkil etadi va uni muvofiqlashtiradi;
j) ta‘lim muassasida o’quvchilarning ma‘naviy-ma‘rifiy tarbiyasi masalalarini yechishga yo’naltirilgan targ’ibot va tashviqot ko’rgazmali vositalar bilan jihozlashni tashkil etadi.
z) guruh rahbarlari uslubiy birlashmasining faoliyatini tashkil etadi, ilg’or pedagogik tajribalar almashish jarayonini muvofiqlashtiradi, tarbiyaviy ishlar sifati va natijalarini tahlil qiladi;
i) pedagogik kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yishda qatnashadi, yuqori malakali ustozlarning ilg’or pedagogik tajribalarini o’rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi;
k) umumta‘lim maktablarining 9-sinf o’quvchilarini faol kasbga yo’naltirish ishlarini tashkil etishda qatnashadi;
l) tarbiyaviy ishlar bo’yicha uslubiy qo’llanmalarni ishlab chiqish va yosh mutaxassislarga uslubiy yordamni tashkil etish, o’qituvchilarning kasbiy mahoratini va malakasini oshirish ishlarini olib boradi;
m) san‘atkorlar, jamoat arboblari, urush va mexnat faxriylari bilan uchrashuvlar va ijodiy kechalar o’tkazilishini tashkil qiladi;
r) jamoa a‘zolari va o’quvchilar kontingenti huquqlarini himoyalash, hayoti va sog’lig’ini muhofazalashga g’amxo’rlik qiladi.
s) doimiy ravishda o’z malakasini oshirib boradi.