Kasbiy psixologiya


Ichki ishlar organlari faoliyatida ashaddiy va g‘arazli mish-mishlar va ularning oldini olish



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə49/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Ichki ishlar organlari faoliyatida ashaddiy va g‘arazli mish-mishlar va ularning oldini olish


Mish-mishlar odatda asoslarga ega bo‘lmagan axborotdir. Ularning obyektiv mazmuni matbuot, radio, televideniye orqali tarqatiladigan axborotga nisbatan nihoyatda kam. Ammo faqat shu asosda ularga e’tiborsizlik ko‘rsatish, majoziy qilib aytganda, bola cho‘miltirilgan tog‘oradagi suvni bola bilan birga tashlab yuborishni anglatadi. Gap shundaki, mish-mishlar mantiqsizligiga qaramay, aholining muayyan tabaqalari ongi va xatti-harakatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ayrim hollarda, afsuski, mish-mish gaplar xatti-harakatning rasmiy axborotga qaraganda kuchliroq determinanti (omili) bo‘ladi.
Shu ma’noda, mish-mish psixologik tuzilishga ko‘ra ijtimoiy hodisa bo‘lib, o‘tgan asrning 20-yillaridan boshlab maxsus o‘rganilib kelin- moqda. Buning sababi o‘sha yillardagi siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy ahvol va aholining savodsizligi bo‘lib, bundan ko‘pgina shaxslar g‘arazli niyatlarda foydalanishgan. Shu davrda mish-mishlar insonlar hayoti va taqdirida katta rol o‘ynagan.
Ichki ishlar idoralarining mish-mishlarga qiziqishi bejiz emas, albatta. Mish-mishlar ko‘pgina holatlarda operativ vaziyatni murakkab- lashtiruvchi juda xavfli omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, u yoki bu tovar narxining oshirilishi haqidagi mish-mish xaridorlarning do‘konlarga ommaviy «oqib borishiga» hamda oson pul topishga qiziquvchilar foydalanib qoladigan sun’iy taqchillikni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Odamlar orasida tarqatiladigan xilma-xil mish-mishlarning barcha- sini bir qator asoslarga ko‘ra tasniflash mumkin.
Aks ettirilayotgan voqea adekvatligiga ko‘ra, mutlaqo ishonchsiz, haqiqatga yaqin unsurlari bo‘lgan ishonchsiz, haqiqatga o‘xshash hamda haqiqatga o‘xshamaydigan elementlari bo‘lgan ishonchli mish-mishlarga ajratiladi.
Mish-mish tarqatuvchining so‘zlaridan aniqlanadigan pozitsiyalarga ko‘ra quyidagilar ajratiladi: istak mish-mish, bunda xabar amalga oshmagan istak tufayli umidsizlik keltirib chiqarish va, binobarin, odamlarni tushkunlikka tushirish maqsadiga ega bo‘ladi; qo‘rqituvchi mish-mish – tashvish, qo‘rquv va ishonchsizlik kayfiyati ustunlik qiladi- gan odamlar orasida eng samarali tur; tajovuzkor mish-mish, u muayyan shaxslar yoki muayyan odamlar guruhlariga nisbatan adovat (nafrat) urug‘ini sochadi; ajratuvchi mish-mishlar, bular odamlarning o‘zaro
munosabatlarida nizo-janjal keltirib chiqaradi, ular o‘rtasida shubha, ishonchsizlik kabilarni yuzaga keltirib odatdagi ijtimoiy aloqalarni buzadi1.

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin