Kasbiy psixologiya


Ichki ishlar idoralari faoliyatida olomon psixologiyasi va uni hisobga olishning o‘ziga xosligi



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə52/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Ichki ishlar idoralari faoliyatida olomon psixologiyasi va uni hisobga olishning o‘ziga xosligi


«Olomon» atamasi ijtimoiy psixologiyaga XIX asrning oxiri va XX asrning boshida yuz bergan ommaning qudratli inqilobiy ko‘tarilishi davrida kirib keldi.
O‘z tabiatiga ko‘ra olomon harakatdagi, shuningdek, tajovuzkor, qutqarilayotgan, manfaatparast, ekstatik (masalan, pir, aytaylik mashhur jaz muxlislarining diniy mutaassibligi yoki aqlsizligi tufayli yuzaga keladigan olomon) turlarga bo‘linadi. Yuqorida keltirilgan tasnifning muallifi psixolog Y. A. Sherkovin ta’kidlaganidek1, bunday ajratish shartlidir. Olomonning bir turi ayni vaqtda boshqasining jihatlariga ega bo‘lishi va yangi turiga aylanishi mumkin.
Sobiq Ittifoq ijtimoiy psixologlari (B. F. Porshnev, B. D. Parigin, Y. A. Sherkovin, N. F. Fedenko va boshqalar)ning ilmiy ishlarini tahlil qilish asosida olomoning bir qator psixologik xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin.
Olomonning eng muhim farqli jihati uni tashkil etuvchi odamlar tarkibining t a s o d i f i y x u s u s i y a t l a r i d i r . Bu, albatta, olomon- ning yuzaga kelishi ijtimoiy hodisalarning sabab-oqibatlari doirasidan chetga chiqishini bildirmaydi. Olomonning dastlabki o‘zagi oqilona mulohazalar ta’sirida shakllanishi va o‘z oldiga juda aniq maqsadlar qo‘yishi mumkin. Biroq o‘zakning bundan keyingi rivojlanishi shiddat bilan va o‘z-o‘zidan yuz beradi. Olomon bungacha bir-birini mutlaqo tanimagan, umumiy tomonlariga ega bo‘lmagan odamlarni o‘z ichiga olib, o‘sib boradi.
Bunga ishonch hosil qilish uchun spirtli ichimlik iste’mol qilgan va bezorilik qilayotgan o‘smirlar olomoniga murojaat etishning o‘zi yetarli. Bunday olomon tarkibida uni jipslashtirish bo‘yicha faol harakat qiluvchi va sekin-asta uning xatti-harakatini yo‘naltiruvchi boshlovchilar ajralib turadi. Bular jamiyatda o‘rnatilgan axloq qoidalarini tan olmaydigan, axloqi buzilgan odamlardir. O‘z qadriyatlarini olomon harakatlarining yo‘nalishi bilan birday ko‘ruvchi olomon ishtirokchilari ulardan ajralib



1 Qarang: Социальная психология: Краткий очерк / Под общ. ред. Г. П. Предвечного и Ю. А. Шерковина. – М., 1995. – С. 289–290.
turadi. Masalan, ba’zan olomonning tajovuzkor harakatlari qaratilgan obyektdan alamzada bo‘lib yurgan odamlar ham guruhiy tartibbuzarliklarga tortiladilar. Ular boshlovchi emas, ammo olomonning ta’sir doirasida qolib, unda faol ishtirok etadilar. Olomon ichida unga faqat o‘z «bebosh fe’lini» ko‘rsatib qo‘yish, o‘zining shafqatsizlikdan huzur qiladigan impulslarini chiqarish imkoniyati paydo bo‘lgani tufayligina olomonga qo‘shilgan tajovuzkor shaxslar ayniqsa katta xavf tug‘diradi. Eng og‘ir harakatlarni odatda ular sodir etadilar.
Guruhiy tartibbuzarlik ishtirokchilari orasida halol, ammo adashganlari ham mavjud. Ular vaziyatni xato, adolat prinsipini noto‘g‘ri tushunganligi tufayli olomonga kirib qoladilar. Bunday insonning xulqini baholashda uning obyektiv oqibatlarini va subyektiv jihatlarini farqlash zarur. Obyektiv jihatdan u guruhiy tartibbuzarlik ishtirokchisi bo‘lib qoladi, subyektiv jihatdan esa u o‘zini jamiyatga qarshi unsur deb hisoblamaydi.
Olomonga, shuningdek tasodifiy qo‘shilib qolganlar (obivatellar) ham kiradi. Ular katta faollik ko‘rsatmaydilar, ularni, sport sharhlovchilar aytganlaridek, hayajonga soluvchi tomosha sifatidagi tartibbuzarlik o‘ziga jalb qiladi. Bu tomosha go‘yoki ularning bir xil va zerikarli, bema’ni tirikchiligiga qandaydir yangilik kiritadi. Guruhiy tartibbuzarliklarda umumiy kayfiyatga beriluvchan, stixiyali hodisalar hukmiga o‘zini qarshiliksiz berib yuboradigan o‘ta ta’sirchan odamlar ham ishtirok etadilar. Nihoyat, olomonga tashqaridan (ichki pozitsiyasi nuqtai nazaridan) kuzatib turadigan, voqealarning borishiga aralash- maydigan oddiygina tekin tomoshabinlar ham kiradi. Biroq ularning hozir bo‘lishi ommaviylikni oshiradi, olomon stixiyasining odamlar xatti-harakatiga ta’sirini kuchaytiradi.
Demak, yuqorida ta’kidlanganidek, olomonning tasodifiy tarkibi – uning o‘ziga xos psixologik xususiyatlaridan biri bo‘lib, buni guruhiy tartibbuzarliklarga qarshi kurash choralarini ko‘rishda inobatga olmaslik mumkin emas.
Olomonning keyingi xususiyati odamlar xatti-harakatining bir xilligini belgilovchi ijtimoiy-psixologik hodisalarning o‘ziga xosligida namoyon bo‘ladi. Jamoada, ma’lumki, bir xildagi xatti-harakat ongli ravishda qo‘yilgan va barcha e’tirof etgan hamda ijobiy ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarning umumiyligi bilan ta’minlanadi. Olomon esa asosan odamlarning bunday umumiyligini norozilik obyektiga q a r s h i q o ‘ y i s h evaziga yaratiladi. B. F. Porshinev
ta’kidlaganidek, olomonni uning «qarshiligi», «ularga» qarshiligi umu- miylikka aylantiradi.
Olomonning keyingi xususiyati – unda, shartli ravishda, h i s s i y rezonans deb atash mumkin bo‘lgan o‘ziga xos ijtimoiy psixologik hodisaning amal qilishi sanaladi. Guruhiy tartibbuzarlikda ishtirok etuvchi odamlar nafaqat oddiygina bir-biri bilan yonma-yon keladi, balki atrofdagilarni qo‘zg‘atadilar va o‘zlari ham ulardan ta’sirlanadilar. Bir kishining olgan qo‘zg‘alishi, boshqasining idrok etish obyektiga aylanib, uning qo‘zg‘alishini yanada kuchaytiradi va bu hol ong tomonidan nazorat qilinishi qiyin bo‘lgan hissiy portlashgacha borishi mumkin.
Olomon shakllanishining ilk belgilaridan guruhiy tartib- buzarlikkacha bir qancha bosqichlar bosib o‘tiladi.
Bahonaning y u z a g a k e l i s h i n i guruhiy tartibbuzarliklarning boshlanishi deb hisoblash mumkin. Odamlarning e’tiborini tortgan va ular noto‘g‘ri talqin etgan har qanday voqea yoki fakt ana shunday bahona bo‘lishi mumkin. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bahonalar nihoyatda xilma-xil bo‘lishi mumkin.
Guruhiy tartibbuzarlikning yetilishidagi ikkinchi bosqich dastlabki xavotirli mish- m i shlarning p ayd o b o ‘ l i sh i bilan bog‘liq. Tartibbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyat ushbu bosqichda ancha qiyinlashadi. Odamlar voqeaga nisbatan muayyan qarashni o‘zlashtirishga ulgurgan bo‘ladilar va har qanday axborotni o‘zlarining yanglishuvlari orqali qabul qiladilar. Vaziyatning yanada murakkab- lashuviga qarshi kurashning yo‘li – odamlarni qayta ishontirish, mish- mishlarning yolg‘onligini dalillar bilan isbotlashdir. Bu bosqichda voqea yoki fakt manfaatlariga ko‘p darajada ta’sir ko‘rsatgan odamlarni yakka tartibda qayta ishontirish eng ko‘p samara beradi. Bu bosqichda omma oldida mish-mishni rad etish vaziyatni chigallashtirishi, mish- mishlarning yanada ko‘proq tarqalishini keltirib chiqarishi mumkin.
Uchinchi bosqichni shartli ravishda aqllarning achishi deb atash mumkin. Darhol rad qilinmagan mish-mishlar tarqalishda davom etadi, katta o‘zgarishlarga uchraydi va odamlarda hozircha «kar» qo‘zg‘alishni yuzaga keltiradi. Bu bosqich ham, avvalgi ikkita bosqich ham odamlarning – olomonning to‘planishidan avval keladi va uni psixologik jihatdan tayyorlaydi.
To‘rtinchi bosqich olomonning shakllanishi bilan bog‘liq. Dastlab to‘plangan odamlar orasida o‘ziga xos s i rkular reaksiya boshla- nadi, ya’ni bundan keyin bir xildagi xatti-harakatga ruhiy asos yaratuvchi
fikr va hissiyotlarning jadal almashinuvi ro‘y beradi. So‘ngra a ylan i sh j a ra yon i boshlanadi: hissiy qo‘zg‘alish kuchayadi, odamlar buning oqibatida zudlik bilan harakatga o‘tishga tayyor bo‘lib qoladilar. Aylanish jarayonida norozilik obyekti aniqlashadi, nafrat obrazi shakl- lanadi. Nihoyat, odamlarning faol l ash u vi boshlanadi. Bu jarayonda, masalan, olomon yetakchisi amalga oshirayotgan qo‘shimcha rag‘batlan- tirish aylanish jarayonida shakllangan obrazga qarshi qaratilgan impulslarni yuzaga keltiradi1.
Beshinchi bosqich olomonning g‘ ayriijtimoiy xulqining r i vojlanishi , ya’ni guruhiy tartibbuzarliklarning o‘zidir. Tartibbuzar- likni boshlovchilar ig‘vosiga uchgan eng tajovuzkor shaxslar boshlab beradilar. So‘ngra, taqlid asosida, olomon yomon namunaga ergashadi, beboshlikni rivojlantiradi. Olomonning g‘ayriijtimoiy harakatlarining oldini olish va ularga chek qo‘yish uchun turli shakl va usullardan foydalaniladi. Ular uchun umumiy bo‘lgan jihat – olomon xulqining psixologik qonuniyatlarini chuqur bilish va aniq hisobga olish. Masalan, anonimlik hissi olomon ishtirokchilarini ongsiz harakatlarga undashidan quyidagicha foydalanishi mumkin. Olomon ancha katta bo‘lganida ovoz kuchaytirgich vositasi orqali uning aniq ishtirokchilariga murojaat etish to‘g‘ri bo‘ladi. Bu hol eng sog‘lom fikrlovchilarni o‘z harakatlarini anglashga undaydi, ularga o‘zini nazorat qilishdek yo‘qotgan hissiyotini qaytarishda va o‘z xatti-harakati uchun mas’uliyatni his qilishida yordam beradi.
Shu nuqtai nazardan olomon, psixologik jihatdan kelib chiqishiga ko‘ra, maxsus, hech qanday insonlar tomonidan tashkil etilmagan odam- larning xatti harakatlari yig‘indisidir.
Fransuz psixolog olimi Le Bon Gyustavning fikricha, «olomon yig‘ilganda millati, kasbi, tilidan qat’i nazar, ularda maqsad bitta bo‘ladi va ularning ongida to‘la fikrlash yo‘qoladi, hatto o‘lim ham ularga qo‘rqinchli emasdek ko‘rinadi»2.
Olomon psixologiyasini bilish ichki ishlar idoralari xodimlari uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ommaviy tartibsizliklar, namoyishlar, mitinglar kabi salbiy holatlarning oldini olish va jamoat tartibini saqlashda qo‘l keladi.



1 Qarang: Социальная психология: Краткий очерк / Под общ. ред. Г. П. Предвечного и Ю. А. Шерковина. – М., 1995. – С. 291.
2 Qarang: Ле Бон Гюстав. Психология народов и масс. – М., 2000. – С. 62.
Ommaviy tartibsizliklar, mitinglar va turli namoyishlar uyushmagan bir guruhning salbiy xatti-harakatlari asosida amalga oshiriladi. Olomonga qo‘shilgan shaxslar ongida taqlid qilishga kuchli moyillik, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik va ijtimoiy javobgarlik hissining yo‘qligini kuzatish mumkin. Shu sabali olomon ayrim g‘arazli, ig‘vogar shaxslar uchun obyektni yo‘q qiluvchi qurolga aylanadi.
Ommaviy tartibsizliklarning tashkilotchilari yig‘ilgan olomonning salbiy xulq-atvor mexanizmlaridan ustalik bilan foydalanib, ulardagi tajovuzkorlik instiktlarini qo‘zg‘atadilar. Ommaviy tartibsizliklar davlatga, uning yuritayotgan siyosatiga qarshi mish-mishlar uyushtirish, xalq o‘rtasida tajovuzkorlik holatlarini keltirib chiqarish uchun qo‘llaniladi. Bunday vaziyatlarda ommaning xatti-harakatini tartibga solib bo‘lmaydi.
Olomon o‘zi xarakteriga ko‘ra agressiv (ashaddiy) bo‘lishi mumkin, ashaddiy mish-mishlar ommaviy tartibbuzarliklarni yuzaga keltiradi.
Olomon psixologiyasida meniki va ularniki degan fikr albatta mavjud. Ya’ni olomon vaziyatni murakkablashtiruvchi va o‘ziga xos tezlashtiruvchi generatordir. Misol sifatida 2006-yili Ispaniyada, 2007- yil Pokistonda bo‘lgan xalqaro mitinglardagi olomonni keltirish mumkin. Olomon psixologiyasida ma’lum o‘zgarishlar ro‘y beradi, bu o‘zgarishlar nimalarda sodir bo‘lishini ko‘rish mumkin.
Olomon xatti-harakatining yuzaga kelish psixologiyasi quyidagi ko‘rinishga ega:

  1. olomonda ko‘rish va eshitish orqali kuchli emotsional holat yuzaga keladi;

  2. o‘zining xatti-harakatlariga javob berish ular uchun oxirgi o‘ringa o‘tadi;

  3. o‘zida qo‘shimcha kuch va ongida o‘zgarish sezadi.

Olomon, sodir bo‘lgan voqea va hodisaga qarab, quyidagi turlarga bo‘linadi.

  1. to‘satdan yuzaga kelgan olomon;

  2. ekspressiv (to‘satdan yuzaga kelgan) olomon;

  3. konvensial olomon.


Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin