Jinoyatni yuzaga kelgan vaziyatdagi vasvasa ta’sirida, uning uchun qimmatlibo‘lgannatijaga,uningfikricha,hechqandaysalbiyoqibatlarsiz erishish mumkin bo‘lgan holatda jinoyat sodir etadigan shaxs tipi. Huquqiy ong darajasi, noijtimoiy xulq bu yerda birinchi holdagiga qara- ganda ancha past.
Jinoiy qilmish sodir etishni doimo qonunga itoatkor xulqqa qaraganda afzalroq biladigan shaxs tipi. Bu jinoiy ta’sir yuqqan shaxs tipi.
Hayot va faoliyatning barqaror jinoiy obrazi shakllanganjinoyatchi shaxs tipi. Jinoiy qilmishlarni sodir etish o‘z-o‘zidan uning uchun ehtiyojga aylanadi. Bu – professional jinoyatchi tipi. Bunday jinoiy shaxs doimo jinoiy tajovuz predmetini izlash holatida bo‘ladi. Uning jinoiy xatti-harakat usullari ishlab chiqilgan, zarur qurol va vositalari doimo yonida bo‘ladi. Bu jinoyatchilarning ijtimoiy jihatdan eng xavfli tipi.
Impulsiv(g‘ayriixtiyoriy)jinoyatchilartipi. Ayrim hayotiy vaziyatlar ular uchun birdaniga, to‘satdan noqonuniy xatti-harakatga undovchi hisoblanadi. Bunday tipdagilar asabiy-ruhiy zo‘riqish kuchaygan sharoitda tezda «o‘zidan ketadi», darhol tajovuz, g‘azab, rashk, vaziyat bilan bog‘liq nafrat holatiga kiradilar.
Bunday jinoiy tiplar, ayniqsa, alkogol va narkotik vositalardan mast hollarda o‘zlarini namoyon etadilar. Ularning ijtimoiy xavfli xulqiga xos narsa ularda g‘ayriijtimoiy xatti-harakat ko‘rinishlarining shakllangan- ligi, ya’ni o‘zini o‘zi nazorat qilish darajasining pastligidir.
Shuningdek, jinoyat sodir etuvchi shaxslarning barqaror motivatsion yo‘nalganligi ularning muhim tipologik xususiyati hisoblanadi. Shu asosga ko‘ra, quyidagi jinoiy tiplarni ajratish mumkin:
axloqqa zid qarorlari ustunlik qiladigan jinoyatchilar;
barcha qulay sharoitlarda odatiy tusga kirgan jinoiy xatti-harakat motivlari ustunlik qiladigan jinoyatchilar;
muayyan hodisalar, muayyan guruh shaxslar, muayyan huquq bilan muhofaza etiladigan qadriyatlarga barqaror yomon munosabatda bo‘lgan jinoyatchilar;
jinoiy xatti-harakati g‘azablanish holati (disforiya), yuqori ruhiy hayajon (affektatsiya), jamiyatdan begonalashuv (autiklik), ijtimoiy begonalik hissi tufayli yuzaga keladigan jinoyatchilar.
o‘ziga xos «majburiy» jinoyatchilar – jinoyatlarni ular go‘yoki chorasiz vaziyatda, subyektiv talqin etiladigan zarurat orqasida sodir etadilar.
gedonistik (sodda-lazzatlanish) jinoyatchilarning jinoyatlari utilitar ehtiyojlari haddan tashqari ortib ketgan sharoitda ularni qonuniy yo‘l bilan qondirish mumkin bo‘lmaganida yuzaga keladi.
barqaror g‘ayriaxloqiy mayllar, ijtimoiy salbiy ehtiros va intilish- larga ega bo‘lgan maniyak jinoyatchilar. Ko‘p hollarda ular alkogolizm va narkotiklarga bog‘liqlikka, psixopatologik xususiyatlar va jinsiy buzuqlikka chalingan bo‘ladilar.
Jinoyatchi shaxsining barcha og‘ir motivatsion xususiyatlari ularning jinoiy xatti-harakatiga xos barqaror usullar, tegishli uquv va ko‘nikmalari bilan bog‘liq bo‘ladi.
Shunday qilib, shaxsning jinoiy xatti-harakati muayyan jinoiy ahamiyatga ega bo‘lgan quyidagi xususiyatlari tizimi orqali hosil bo‘ladi:
shaxsning jinoyatga berilganlik darajasi;
asosan jinoiy harakatlari qaratilgan obyekti;
jinoiy motivlarining ustunligi;
jinoyat sodir etishning barqaror, yaxshi ishlangan usullari;
ruhiy o‘zini boshqarishning umumiy nuqsonlari (anomaliyalari).
Jinoiylashuvning ushbu barcha tarkibiy qismlari, garchi kelib chiqishi turlicha bo‘lsa-da, o‘zaro bog‘liqdir. Individning jinoiy
harakatlari uchun asosiy turtki vazifasini umumijtimoiy (makromuhit) va mikromuhitdagi sharoitlar bajaradi. Mikromuhit sharoitlari orasida esa shaxsning jamiyatda tarbiya olayotgan dastlabki davrlaridagi jinoyat- chilar muhiti, jinoiy submadaniyat eng katta ahamiyatga ega. Jinoyat- chining jinoiy muhitga, jinoiy submadaniyatga «mosligi» ham uning muhim tipologik xususiyatlaridan biridir.
Jinoiy submadaniyat nafaqat jinoyatchilarning jinoiy jipsligi omili, balki jinoiy tajribani yangi avlodlarga berish, salbiy ijtimoiylashuv vositasi hamdir.
Yengish qiyin bo‘lgan jinoiy submadaniyatning ijtimoiy xavfi jinoyatchilar muhitining jipsligida, jinoiy romantika muhitining yaratilishida bo‘lib, u yoshlarning ijtimoiy beqaror qismini o‘ziga tortadi. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, jinoiy yo‘nalganlik ijtimoiy boshqaruv va ijtimoiy nazoratdagi kamchiliklar, jinoiy tajovuz obyekt- larining ko‘payishi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatidagi jiddiy nuqsonlar, hokimiyat tepasidagi amaldorlarning korrupsiyaga berilganligi, umumijtimoiy va huquqiy ijtimoiylashuvning kamchiliklari bilan bog‘liq. Barcha jinoiy tiplar jinoyatchilarning asosan uchta
«klassik» tipi – zo‘ravonlik bilan, g‘arazli niyatda hamda g‘araz va zo‘ravonlik bilan jinoyat sodir etadigan shaxslar tiplariga mos tushadi. Ularda jinoyatchi shaxsining jinoiy qadriyatlari va axloqiy xususiyatlari birlashadi.