Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə63/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Tasodifiy qotil jinoyatchilar. Ular o‘zlarining ruhiy holatlarini boshqarishlarida nuqsonlari mavjudligi bilan ajralib turadilar. Jabrlanuvchini o‘ldirish ular uchun fojiali tasodifdir. Lekin, aslida, bu tasodifiy emas. Bu yerda shaxsning murakkab, nizoli vaziyatdan ijtimoiy moslashgan holda chiqib keta olmasligi namoyon bo‘ladi. Odatda bunday qotilliklar uzoq vaqt to‘planib boradigan salbiy his-tuyg‘ular, zo‘riqishlar zamirida yuz beradi.
Individ himoyalanishning axloqiy-ijobiy va qonuniy usullarini bilmagan holda chidab bo‘lmas tushkunlik, juda og‘ir ahvolining chorasizligi, hayotiy ziddiyatlardan qonuniy yo‘l bilan chiqish mumkinligiga ishonmaslik natijasida oxirgi choradan foydalanadi. Bunda odatda jabrlanuvchi insoniy munosabatlarning oddiy asoslarini uzoq vaqt va qo‘pol ravishda buzadi, jinoyat sodir etilishiga sharoit yaratadi.
Ayrim tasodifiy qotilliklar qo‘qqisdan, favqulodda vaziyatlarda, ayniqsa affekt (hissiy portlash) holatida sodir etiladi. Xalq ongida la’natlangan ashaddiy qotillar hamda ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish o‘rtasida katta axloqiy-psixologik farq borligini inobatga olish lozim. Ushbu jinoyatlardagi ayni bir xil jinoiy natija jinoyatchilarning
turli darajadagi ijtimoiy xavfliligi, axloqiy-psixologik xususiyatlari bilan bog‘liqdir.
Aksariyat qotilliklar maishiy asosda, g‘ayriixtiyoriy, ba’zan nihoyatda arzimas sabablarga ko‘ra sodir etiladi. Bu toifadagi qotillar ko‘pincha o‘ch olinmagan alamlar uzoq vaqt to‘planishining natijasi hisoblanadi.
Shaxsiy mag‘lubiyat (haqorat, qo‘pol tarzdagi xo‘rlash, do‘pposlash) holatlarida shaxs vaziyatga batamom tobe bo‘lib, natijada o‘zini o‘zi boshqarishga qobiliyatsiz bo‘lib qoladi.
Ko‘p hollarda qotillarning hayot yo‘li tajovuzkor xulq tajribasining uzoq vaqt to‘planishi bilan kechgan.
Ashaddiy qotil jinoyatchilar barqaror g‘ayriijtimoiy qarashlari, yo‘nalishlari bilan ajralib turadilar. Ularning axloqqa zid ishlari, salbiy ehtiyojlarining ustunligi zo‘ravonlik harakatlarining nihoyatda qo‘pol usullarini keltirib chiqaradi.
Ular, odatda, ilgari sudlangan, ozodlikdan mahrum qilish joylarida qayta ijtimoiylashmagan (tarbiyalanmagan) va sezilarli ijtimoiy o‘ringa ega bo‘lmagan shaxslardir. Ularning kundalik xulqi jinoyatga yaqin turadi, g‘ayriijtimoiy, jinoiy submadaniyat sharoitida amalga oshadi.
Ular tashqaridan bo‘ladigan har qanday ta’sirni o‘ziga nisbatan hujum deb hisoblaydilar, «to‘g‘ri», hamma ishi joyida odamlarga nafrat bilan munosabatda bo‘ladilar. Ular surunkali ravishda hissiy-ruhiy zo‘riqish, xavotirlarni his qilib, arzimagan sabablarga ko‘ra tajovuzkor harakatlarga tayyor turadilar.
Qo‘pol, zo‘ravonlik bilan, jinoiy usulda o‘zini ko‘rsatishga bo‘lgan moyillik, chuqur g‘ayriijtimoiy buzilishlar – ashaddiy qotilning asosiy psixologik xususiyatidir



  1. Yüklə 2,38 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin