Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə66/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Oshkora tarzda shapaloq urish. Bu jazo ko‘pincha qilgan mayda gunohlari, xususan haqorat qilganligi uchun qo‘llaniladi. Uni amalga oshirish chun jinoyatchilar yig‘iladilar va teng toifadagi gunohsiz jinoyatchi ularning oldida teng toifadagi gunohkorni bir shapaloq uradi.

  • Jinoyatchilar guruhidan chiqarish yoki bir tabaqa pastga tushirish. Bunda odamlar yig‘ilib, gunohkorning qulog‘i tagiga o‘yin kartasi bilan uriladi. Bu «qulog‘ining tagiga tushirish bilan jazolash» deyiladi.

  • Katta pul jarimasini solish. Bu jazo chorasi ayni bozor iqtisodiyotiga o‘tish vaqtida kengayib ketdi. Ayniqsa, o‘g‘ri-jinoyatchilar o‘g‘rilar yig‘iniga kechikib kelganliklari hamda o‘zlari bo‘lib olgan hududlardan chiqib, boshqalarning hududida ish olib borganligi uchun katta pul jarimalarini to‘laydilar.

  • Oliy jazo – o‘lim jazosi. Bu jazo asosan xiyonat uchun qo‘llaniladi. Bunda o‘ldirish quroli sifatida ko‘pincha pichoq ishlatiladi.

    Professional jinoyatchilarning quyidagi to‘rt asosiy belgisi mavjud:

    1. jinoyatchilik bilan shug‘ullanishdagi barqarorlik, ya’ni biror-bir jinoyat turini sodir etishga ixtisoslashganlik;

    2. ma’lum ko‘nikma va malakaga ega bo‘lish;

    3. jinoyat tufayli mol-mulk topish hayotining asosini tashkil etishi;

    4. jamiyatdagi tartibga xilof tarzda hayot kechiruvchilar bilan aloqada bo‘lish.

    Jinoyatchilar dunyosi jamiyatning illati bo‘lib, undan ajralgan holda ish ko‘radi. Shuning uchun ham jinoyatchilar boshqalar bilmasligi yoki tushunmasligi uchun o‘zlarining tilini, har xil laqablarini, belgilarini ishlab chiqqanlar. Bu til (jargon), laqab, belgi (tatuirovka)lar orqali ular sirli muloqotda bo‘ladilar. Ana shu sirni bilish va natijada ular sodir etmoqchi bo‘layotgan jinoyatlarning oldini olish va ularni fosh qilish ichki ishlar idoralari xodimlarining vazifalaridan biri hisoblanadi.
    Jinoyatchilar dunyosi jinoyatchilardan kishilar orasida va ijtimoiy hayotning illatlari bo‘lgan boshqa qatlamlar bilan muloqot qilishda muomala qilish elementlarini, ya’ni: a) maxsus til, ya’ni jargonlarni; b) jinoyatchilarning belgilari (tatuirovkalar)ni; v) jinoyatchilarning laqablarini yaxshi bilishlarini talab qiladi.

    1. Jinoyatchilar dunyosi «estetik madaniyati»ning asosiy element- laridan birini ularning nutq madaniyatiga kiruvchi tili (jargonlari) tashkil etadi.

    Jinoyatchilar dunyosida amal qiluvchi jargonlarni uch guruhga ajratish mumkin:

      1. oddiy huquqbuzarlardan tortib, professional jinoyachilargacha foydalanadigan umumiy jargonlar;

      2. ozodlikdan mahrum etilganlar qamoqxonalarda ishlatadigan jargonlar;

      3. professional jinoyatchilar ishlatadigan maxsus jargonlar. Jinoyatchilar dunyosining jargonlari ikki xil vazifani: birinchidan,

    jinoyatchilarning so‘zlarini oddiy fuqarolar tushunmasligi uchun maxfiylashtirish; ikkinchidan, jargoniga qarab jinoyatchining qaysi toifaga kirishi va jinoyatchilar dunyosida qanday o‘rin tutishini aniqlash, bilish vazifasini bajaradi.
    Jinoyatchilar o‘zlarining tilini san’at bilan qiyoslab, ularga estetik tus beradilar, ya’ni «musiqa sadolari ostida qadamma-qadam yuradi» («по музыке ходит») deb o‘zlarining til hunarlarini maqtaydilar. Hozirgi kunda jinoyatchilarning lug‘aviy boyligi 10 ming so‘zdan ortiq bo‘lgan har xil jargonlari mavjud. Shulardan ba’zi birlarini keltiramiz: masalan, polyak tilidan kirib kelgan jargonlarga kapat – yetkazish, chaqish, ment – militsioner, turma nazoratchisi; ukrain tilidan kirib kelgan jargonalarga xavat – yemoq, xomka – pichoq; lo‘lilar tilidan kirib kelgan jargonlarga chuvixa – suyuqoyoq; turk tilidan kirib kelgan jargonlarga yamaniy – yomon, kicha – turma; nemis tilidan kirib kelgan jargonalarga guten morgen – ertalabki o‘g‘rilik; fransuz tilidan kirib kelgan shpana – mayda o‘g‘rilar kabi so‘zlar kiradi.
    Shuningdek, hozirgi kunda muomalada bo‘lgan ba’zi bir jargonlarni ham keltiramiz. Masalan, ayva – qoch, alkash – aroqxo‘r, amba – tamom, ampula – shisha idish, balda – nasha, ban – bozor, baban – qishloqi, baruxa – xotin, bugor – brigadir, shayba – pul, juk – tajribali o‘g‘ri, shaloto – tilla, artist – firibgar, zajigalka – to‘pponcha, brodyaga – daydi, basyaki – yalangayoq, shirmoch – cho‘ntakkesar va boshqalar1.

    1. Professional jinoyatchilar olamining o‘ziga xos jihatlaridan yana biri – bu jinoyatchilarning badanlariga chizilgan yoki kuydirib yozilgan har xil mazmundagi belgilar – tatuirovkalar hisoblanadi.

    Tatuirovkalar quyidagi ma’nolarni anglatadi:



    1 Qarang: Империя страха. – М., 1992. – С.146–148.

    1. Jinoyatchining qaysi tabaqaga mansub ekanligini anglatadi. Masalan, badanga chizib ishlangan «xoch» (krest) – kissavurni,

    «gladiator» – bezorini, «o‘rgimchak inidagi o‘rgimchak» – giyohvandni anglatadi va hokazo.

    1. Jinoyatchining qasd olishga va qamoqdan qochishga bo‘lgan mayllarining mavjudligini anglatadi. Masalan, yo‘lbars boshining tasviri – tajovuzkor jinoyatchini, pogonga sanchilgan pichoq – huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlaridan o‘ch olishga qasd qilganligini, qurollangan echki – militsiya xodimidan o‘ch olish, kallaga qadalgan pichoq, xanjar – yetkazilgan hamma musibatlar uchun o‘ch olish, og‘zida pichoq tishlash – faollarni so‘yaman, yurakka qadalgan xanjar va o‘qdon – qonundagi o‘g‘rilardan o‘ch olaman, degan ma’nolarni bildiradi.

    2. Shunchaki badanni «bezash» uchun xizmat qiladi. Hattoki, jahonga mashhur san’at asarlaridan nusxalar chizdirish, ya’ni zavq-shavq olish maqsadida hamda o‘zining yuksak estetik did egasi, madaniyat sohibi ekanligani ko‘rsatish uchun maxsus chizilgan tatuirovkalar bor. Masalan, Vasnetsovning «Uch bahodir», Leonardo Da Vinchining

    «Sikstin Madonnasi» asarlarini badanga chizdiradilar.

    1. Qahramonlik va chidamlilikni namoyish qilish uchun chiziladi. Masalan, jon og‘riydigan nozik joylarga, ko‘zning ustiga va boshqa joylarga chizilgan tatuirovkalar shular jumlasiga kiradi.

    D. Professional jinoyatchilarda laqablar ularning ikkinchi ismi hisoblanadi. Jinoyatchilarning laqablari asosan konspiratsiya ya’ni niqoblash, yashirish vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham har bir jinoyatchining laqabi mavjud bo‘ladi. Laqablariga qarab ular bir- birlarining nima ish bilan shug‘ullanishlarini, qayerda turishlarini, kim bilan aloqa qilishlarini biladilar.
    Laqab uyushgan jinoyatchilarning ajralmas belgilaridan biri hisoblanadi. Ba’zida laqablar jinoyatchining jismoniy jihatlarini bildirish uchun ham ishlatiladi. Masalan, «Yaponchik» (V. Ivankov 1940-yilning 2-yanvarida Moskvada tug‘ilgan, uning bu laqabi haqida ikki xil taxmin bor: ba’zilar uning tashqi ko‘rinishi sharqona bo‘lgani uchun
    «Yaponchik» laqabini olgan deyishsa, ba’zilar V. Ivankov «djiu-djitsu» deb nomlangan yapon kurashining ustasi edi, laqab shundan kelib chiqqan deyishadi), «Qora kardinal» (Otari Kvantrishvili 1947-yilda Gruziyada tug‘ilgan, «kardinal» katolik dinida Rim papasidan keyin turuvchi martabasi ulug‘ligi jihatidan ikkinchi shaxs hisoblanadi) va hokazo. «Qonundagi o‘g‘ri»larning laqabi: «Masha» o‘g‘rilar bandasiga
    boshchilik qiluvchi ayolning laqabi, «Malina» o‘g‘rilar uchun maxsus kvartira saqlovchilarning laqabi va boshqalar. «Ivan»lar deganda bosqinchilik, ig‘vo bilan shug‘ullangan jinoyatchilar; «Xrapn» deganda o‘z ishlarini o‘zgalar qo‘li bilan qiladigan jinoyatchilar; «Igroki» deganda har xil qimorbozlar tushuniladi.
    Jinoyatchilar dunyosining o‘ziga xos «san’ati» ham mavjud. Bularga jinoyatchilar hayotini kuylaydigan qo‘shiqlar, musiqalar, raqslar kiradi. Ularda jinoyatchilar dunyosi «romantik» tarzda targ‘ib qilinadi. Bu
    «romantik» targ‘ibot esa jinoyatchilar dunyosiga yangidan-yangi a’zolarni jalb etishga xizmat qiladi. Ayni vaqtda jinoyatchilik ruhida yozilgan qo‘shiqlar, she’rlar, kuylar jinoyatchilarga zavq bag‘ishlaydi. Masalan, Aleksandr Galichning «Turma motivlari» turkumidagi she’rlari shular jumlasiga kiradi.
    Jinoyatchilar dunyosidagi axloqiy yomonlik qonunlari, ularning badanlariga chizilgan tatuirovkalar, qo‘yilgan laqablar, kuylangan qo‘shiqlar va boshqalar qanchalik go‘zal ko‘rinmasin, ular insoniylikka yot narsalar hisoblanadi.

    Yüklə 2,38 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   114




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin