Kasbiy psixologiya


Retsidivist jinoyatchi shaxslar va ularning tipologiyasi



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə69/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Retsidivist jinoyatchi shaxslar va ularning tipologiyasi. Retsidivist1 jinoyatchilarning eng ko‘p qismi g‘arazli hamda g‘arazli-zo‘ravonlik jinoyatchilari sodir etganlar orasida kuzatiladi. Ularning aksariyati guru- hiy jinoyatlar ishtirokchilaridir. Ular ushbu jinoyatlarni o‘z daromad- larining barqaror manbaiga va hayotiy faoliyatining asosiy usuliga aylantiradilar.
Bekorchilik, ichkilikbozlik, muloqot doirasining jinoiy muhit, joriy ibtidoiy istaklar bilan cheklanganligi, vaziyatga tobelik ularning ruhiy rivojlanish darajasini nihoyatda cheklab qo‘yadi. Shafqatsiz urush-to‘po- lonlarda ijtimoiy jihatdan ro‘yobga chiqmagan shaxs namoyon bo‘ladi.
Retsidivist shaxslarning aksariyatida ruhiy buzilishlar va anoma- liyalar kuzatiladi. Ularning xulqi yorqin ko‘rinib turgan beboshlik, jizzakilik, beadablik, atrofdagi odamlarga nisbatan dushmanlik bilan ajralib turadi.
«Erkinlikdagi» hayot sharoitlarining nihoyatda noqulayligi,
«zona»ga ko‘nikib qolish uning jazodan qo‘rqish hissi yo‘qolishiga olib keladi. Yangi jinoyatni retsidivist odatdagi darajada – jinoiy xulqning afzalligiga bo‘lgan qarash tufayli sodir etadi. Ozodlikdan mahrum qilish joylaridagi odatda eng yuqori maqom, imtiyozli holat ta’minlangan hayot esa nafaqat qo‘rqitmaydi, balki o‘ziga tortadi.



1 Retsidivist – jinoyat huquqida sud hukmi bilan hukm qilingandan keyin, jazoni o‘tab bo‘lganidan so‘ng va sudlanganlik muddati sud hukmi bilan olib tashlanmay turib, qaytadan jinoyatga qo‘l urgan shaxs.
Retsidiv jinoyatchilik individning barqaror g‘ayriijtimoiy xislat- larining namoyon bo‘lishidir. O‘zini boshqarishdagi nuqsonlari g‘ayriijtimoiy qadriyatli mo‘ljallari bilan birgalikda vaziyat bilan muhitga bog‘liqligi retsidivistning asosiy psixologik xususiyatlaridan biridir. Retsidivistning jinoiy xulqida o‘zini boshqarishining ongli va ong osti mexanizmlarining o‘zaro ta’siriga xos xususiyatlar ko‘zga tashlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 34-moddasiga ko‘ra, retsidiv jinoyat deganda, muqaddam qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlangan shaxs tomonidan takroran jinoyat sodir etilishi tushuniladi. «Retsidiv» so‘zi takroran, boshqatdan bo‘lib o‘tgan ishga yana qaytish ma’nosini anglatadi1.
Retsidivist shaxs – xavfli jinoiy yo‘nalishga va o‘ta yuqori ongga ega bo‘lgan g‘ayriijtimoiy tip. Ya’ni kriminal olamida noijtimoiy ko‘rinish- dagi yuqori darajada anglangan jinoiy harakatlarga moyil shaxs.
Retsidivist jinoyatchi shaxsning barqaror g‘ayriijtimoiy yo‘nalishiga egaligi uning qiyinchilik va nizolarni faqat kuch ishlatish orqali hal qilishga doimiy tayyorligida namoyon bo‘ladi.
Retsidiv jinoyatchilik ruhiy anomaliyalar, psixopatiyaning yengil darajasi, xarakterning aksentuatsiyalari, alkogolli degradatsiya kabilar bilan yuqori darajada mos keladi. Ayollarda retsidivlik isterik holat va alkogollashuv bilan birga keladi. Ular erkaklarga qaraganda ko‘proq hollarda nevrotik va psixopatik buzilish holatida jinoyat sodir etadilar.
Retsidivist jinoyatchilarning ijtimoiy-axloqiy buzilishi ozodlikdan mahrum qilish joylarida uzoq vaqt bo‘lish jarayonida chuqurlashadi. Nevrotizm, psixopatizatsiya, xarakterning aksentuasiyalashuvi, xatti- harakatning noadekvatligi, tajovuzkor ko‘rinishlarga barqaror moyillik nafaqat jinoiy turmush tarzining, balki ozodlikdan mahrum qilish joylarida uzoq vaqt bo‘lishning ham odatdagi oqibatlaridir.
XX asrning 20-yillardayoq mashhur psixolog va psixiatr
A. F. Lazurskiy taklif etgan psixologik tiplashtirishga asoslangan holda retsidivist jinoyatchini shaxsning buzilgan tipiga kiritish lozim, ushbu tipning turlarini esa har xil xarakterologik og‘ishlarga qarab aniqlash mumkin.
A. F. Lazurskiy barqaror jinoyatchilarni aqlli, irodasi sust, jizzaki va hissiy beqaror turlarga ajratgan. Masalan, irodasi sust retsidivistlar jinoyatlarni ijtimoiy hayotga moslashmaganligi, nihoyatda noqulay



1 Криминология: Дарслик / Проф. З. С. Зариповнинг умумий таҳрири остида. – Т., 2007. – Б. 203.
hayotiy vaziyatlar, turmushining yo‘lga tushmaganligi sababli sodir etadilar. Ular odatda har xil jinoyatlarni sodir etadigan, vaziyatga bog‘liq individlardir.
Retsidivist jinoyatchi shaxslarni quyidagi tiplarga ajratish mumkin:
Impulsiv (g‘ayriixtiyoriy) retsidivistlar tipi – eksploziv (portlovchi) tiplar, ya’ni o‘z harakatining oqibatlarini oldindan ko‘rmaydigan individlar. Ular arzimagan sabablarga kuchli ta’sirni namoyon etadilar. Sodir etilgan jinoyatlarning og‘irligi odatda ularning sabablariga mos kelmaydi.
Ular o‘z maqsadlari, qarashlari, odatlarining qullaridir. Ularning istaklari (ayniqsa, alkogoldan mast holatda) darhol keskin g‘ayriijtimoiy harakatlarga aylanadi, yaxshi ko‘rgan ishi – bezorilik, zo‘rlikka asoslangan qilmishlar hisoblanadi. Ular odatda nevrozlar, ichkilik tufayli buzilishlar, aqliy yetishmovchiliklar, infantivizmga duchor bo‘lgan shaxslardir.
Affektiv (kuchli his-hayajon holati) retsidivistlar tipi nihoyatda chuqur emotsional beqarorligi, asabiy holatni hatto murakkab bo‘lmagan nizoli vaziyatlarda ham tezlashtirishi, qiyinchilikka bardosh bera olmasligi bilan ajralib turadilar.
Ular o‘zlarining kamchiliklarini o‘ta tajovuzkorlik, xulqining umumiy kuchli energetizmi bilan qoplashga urinadilar. Ular doimo fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tajovuz qilishga, mulkni ishdan chiqarish va buzishga moyildirlar. Ushbu jinoyatchilarning retsidivlari odatda bir xil yoki o‘xshash jinoyatlardan tashkil topadi.
Retsidivistning emotsional tipi qandaydir barqaror, ustunlik qiluvchi hissiy-salbiy holat (haddan tashqari kuchli alam, qasos, rashk hissi) bilan ajralib turadi. Barqaror g‘azab, qasoskorlik, shafqatsizlik, baxillik uni uzoq vaqt jinoiy qasd rejasini ko‘tarib yurishga, jinoiy maqsadga erishish vositalari va usullarini puxta o‘ylashga undaydi. Jinoiy g‘arazni odatda o‘ta shafqatsizlik va ustalik bilan bajaradi. Uning yaxshi ko‘rgan ishi – ashaddiy bezorilik, qiynash, nomusga tegish, qotillik. Bunday jinoyat- chilar hissizligi, achina olmasligi, shafqatsizligi bilan ajralib turadilar. Bu tipdagi retsidivistlar odatda psixopatiya, degradatsiya va alkogol- lashuvning yengil darajalariga duchor bo‘ladilar.
Ushbu toifadagi jinoyatchilarga xos jihatlar orasida dominantlik – atrofidagilardan ustunlik, tavakkal qilish, soxta qahramonligi bilan o‘ziga bino qo‘yish, maqtanchoqlik, savlatga zo‘r berish alohida ko‘zga tashlanadi. Jinoyatchilar orasida ular shaddodlik, shafqatsizlik, nihoyatda qo‘pollik, kuch ishlatish, shantaj va tahdidlarni namoyon etadilar.
Retsidivist jinoyatchilarning ijtimoiy xavfliligi ularning axloqiy jihatdan beqaror shaxslarga, ayniqsa o‘smirlar va yoshlardan bo‘lgan ana shunday shaxslarga g‘ayriijtimoiy ta’sirining kuchi tufayli oshib boradi. Retsidivist jinoyatchilar tergovga qarshilik ko‘rsatish tajribasiga egaligi tufayli o‘z jinoyatchilarini puxta yashiradilar.
Maxsus retsidiv (o‘xshash jinoyatni takrorlash) jinoiy «ixtisos- lashuv»ning kuchayib borishi, jinoiy qilmish usullarining takomillashuvi bilan bog‘liq. O‘ta xavfli retsidivistning belgilaridan biri – jinoyatni sodir etishning og‘ir usulidir. Uzoq davom etuvchi jinoiy faoliyat muayyan barqaror sharoitlarning yaratilishi – «ishonchli» sheriklarning tanlanishi, jinoiy yo‘l bilan topilgan buyumlar, qimmatbaho narsalarni o‘tkazishning tashkil qilinishi va ko‘p hollarda jinoiy guruhning tashkil etilishi bilan bog‘liq.
Bir turdagi retsidivning ko‘payib borishi jinoyatchilarning mahorati oshib borayotganidan, ularning g‘ayriijtimoiy yo‘nalganligi chuqurla- shayotganidan, jinoiy faoliyatining ta’siri ortib borayotganidan dalolat beradi.
Retsidivist jinoyatchilar jinoyat olamining o‘zagi, jinoiy submada- niyatning qo‘riqchilari, jinoyat sodir etish va ularni yashirishning nozik usullarini ishlab chiquvchilardir.



Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin