Kasbiy psixologiya


Professional jinoyatchilarning tarkibiy tuzilishi va toifasi



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə67/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Professional jinoyatchilarning tarkibiy tuzilishi va toifasi. Hozirgi zamon jinoyatchilar olamining tarkibiy tuzilishini tahlil qiladigan bo‘lsak, ularning bir necha toifaga bo‘linganligini va har bir toifadagi jinoyatchilarning o‘ziga xos ichki va tashqi turmush tarzi, unda amal qiluvchi qandaydir qonunlar va axloq, xulq-atvor me’yorlari borligini, ularning barchasi o‘zining mazmun-mohiyati bilan jinoyatchilar olamini takomillashtirishga qaratilganligini ko‘ramiz.
Jinoyatchilar olamining psixologik xususiyatlarini ifoda etuvchi o‘ziga xos yozilmagan xulq-atvor me’yorlari, ko‘rsatmalar, til (jargon), laqab, qo‘shiq, musiqa, tatuirovkalari mavjud. Bularni bilmasdan turib, jinoyatchilar olamida bo‘layotgan o‘zgarishlarni bilish va ularga qarshi samarali kurashish mumkin emas.
Hozirgi kunda jinoyatchilar olami quyidagi toifalardan tashkil topgan:

  1. «qonundagi o‘g‘rilar» («вор в законе»);

  2. «obro‘lilar» («авторитеты»);

  3. «ishbilarmonlar» («дельцы»);

  4. «qimorbozlar» («каталы»);

  5. «tilyog‘lamachi» («шестерки»);

  6. «erkaklar» («мужики»);

  7. «bolalar, yigitchalar» («пацаны»);

  8. «sho‘rpeshonalar va pastkashlar» («обиженные и опущенные»).

Ushbu guruhlarning dastlabki beshtasiga jinoyatchilar dunyosining o‘zagini tashkil qiluvchi professional jinoyatchilar kiradi.
Xo‘sh, «qonundagi o‘g‘rilar» kimlar?
Biz jinoyatchi deb biladigan olamning o‘ziga yarasha odatlari, an’analari mavjud. O‘ziga yarasha martabayu «unvonlari» ham bor. Bu olam o‘ziga yarasha ulug‘lariyu xiyonatkorlaridan ham xoli emas. Jinoyat olamining eng yuqori tabaqalaridan biri o‘zbekchasiga «Toj guli» (ruslarda «Цветная масть» ) deb ataladi. Mana shu oliy tabaqa butun jinoyat olamini boshqaradi. Jinoyat olamida «qonundagi o‘g‘ri» («вор в законе») degan tushuncha ham bor. To‘g‘rirog‘i, bu oddiy tushuncha emas, balki martaba, unvon hisoblanadi. «Qonundagi o‘g‘ri» nomini olish uchun, bu martabaga yetish uchun ko‘p sinovlardan o‘tish kerak. «Qonundagi o‘g‘ri» atamasini «qonuniy o‘g‘ri» degan ma’noda tushunish kerak emas. Ayrimlar bu mavzuda yozganlarida «вор в законе»ni «toza o‘g‘ri» deb tarjima qiladilar. Bu ham unchalik to‘g‘ri emas.
«Qonundagi o‘g‘ri» – o‘g‘rilar olamining qonun-qoidalarini hech bir og‘ishmay amalga oshiradigan, o‘g‘rilik odatlariga sodiq, o‘g‘ri do‘stlariga hech qachon xiyonat qilmaydigan, butun hayotini shu olamga bag‘ishlagan odamdir. Bu nomni ularga NKVD xodimlari XX asrning
20 – 30 yillarida berishgan. U vaqtda bu ibora «ashaddiy o‘g‘ri»,
«ashaddiy jinoyatchi» degan ma’nolarda qo‘llanilgan. Jinoyatchilar olamida «eng yaxshi o‘g‘ri – halol o‘g‘ri», degan qarash mavjud. Bu biz uchun bir oz kulgili tuyuladi, albatta. Chunki jamiyat ularni jinoyatchi deb hisoblaydi, ulardan nafratlanadi va ularni jazolaydi. Ular esa o‘zlarini jamiyat ustidan hukmronmiz deb his qiladilar va jamiyatdagi hech qanday qonun-qoidani tan olmay yashaydilar.
Ikkinchi jahon urushidan keyin jinoyat olamining tabaqalashuvi tezlashdi. Avvalo, jarima batalyonlarida («shtrafbat») jang qilib tirik qaytgan jinoyatchi-jangchilar hukumatdan qurol oldilar. O‘g‘rilarning hukumat bilan murosa qilishi jinoyat olamining qonuniga mutlaq zid bo‘lgani sababli ularga «qanjiq» degan «martaba» berilgan.
Urush paytida G‘arbiy Yevropaga ketib qolgan ayrim jinoyatchilar urushdan keyin tijorat bilan shug‘ullana boshlashgan. O‘g‘rilar qoidasiga ko‘ra bu ham mumkin bo‘lmagani sababli ular «polshalik o‘g‘rilar» deb nom olishgan. Mana shular va shularga o‘xshab o‘g‘ri nomusini qadrlay olmaganlarga «egiluvchi o‘g‘rilar» degan nom berilgan va ular bilan
ayovsiz urush olib borilgan. Natijada «qonundagi o‘g‘ri»larning soni keskin kamayib, faqat 3 – 4 % nigina tashkil qilgan.
XX asrning 70–80 yillarida sobiq Kommunistik partiyaning kaltabinligi tufayli jinoyat kodekslaridan «banditizim», «shayka»,
«uyushgan jinoyatchilik» kabi tushunchalar chiqarib tashlandi. SSSRda go‘yo bunday xavfli jinoyatchilar yo‘q deb ko‘rsatishmoqchi bo‘lishdi. Kommunistik partiyaning bunday nodon siyosatidan jinoyat olami unumli foydalandi va rivojlandi. Oqibatda avval 300 o‘g‘ri rasmiy ravishda «qonundagi o‘g‘ri» tojini kiygan bo‘lsa, to‘qsoninchi yillarning boshlarida ularning soni 1500 dan oshdi. Bu malakalari oshgan, o‘g‘rilik nomusi, qoidalariga rioya qila oladigan yoshlar safi kengaydi, deganidir.
«O‘g‘rilik» deganda biz uyga bostirib kiradigan, yo‘lda tunagan yoki cho‘ntak kesgan odamlarni tushunamiz. To‘g‘ri bu ham o‘g‘rilik, ammo bu olam yo‘lidagi birinchi bosqichlardan hisoblanadi. Jinoyat olami bizning halol olamga nisbatan farqli o‘laroq millat va dinga ahamiyat bermaydi. Bugungi kunga kelib sobiq Ittifoq hududidagi «qonundagi o‘g‘ri»larning 33 % ini ruslar, 32 % ini gruzinlar, 8 % ini armanilar, 5
% ini ozarbayjonlar, 22 % ini kurtlar, abxazlar, qozoqlar, ukrainlar va boshqa millat vakillari tashkil etishlari aniqlangan.
«Qonundagi o‘g‘ri»lar odatda uzoq yashamaydilar. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ularning o‘rtacha umri ko‘pi bilan 50–55 yoshdan oshmaydi. Ayrimlari kam hollardagina 60 yoki undan sal ziyodroq umr ko‘radilar. 65 yoshdan oshganlari barmoq bilan sanarli, 70 dan oshganlari ikkitagina bo‘lgan. Shulardan biri saratovlik «Mordak»laqabli
«qonundagi o‘g‘ri» bo‘lsa, ikkinchisi amerikalik «Kas» laqabli
«qonundagi o‘g‘ri» bo‘lgan.
Shuningdek, jinoyatchilik olamida 18–20 yoshdagi «qonundagi o‘g‘ri»larni ham ko‘rish mumkin. Masalan: «Xudo» laqabli Gasoyan 1953-yilda Tbilisida tug‘ilgan, 1997-yilda o‘ldirilgan. «Valter» laqabli Valeryan Djanashiya 1957-yilda Abxaziyada tug‘ilib, 1997-yilda o‘ldirilgan. Ular 20 yoshidayoq «qonundagi o‘g‘ri» unvonini olishgan
Ma’lumotlarga qaraganda, «qonundagi o‘g‘ri»larning 80 % ni 30 – 35 yoshdagi jinoyatchilar tashkil etar ekan1. Jinoyatchilar olamining «oliy tabaqasi»ga kiruvchi bu toifadagi jinoyatchilarni o‘zining og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlari bilan kamida 2–3 marotaba qamalib chiqqan, jazoni o‘tash joylarida 13–15 yillab o‘tirgan, jinoyatchilar olamining barcha axloqiy qonun-qoidalarini puxta o‘zlashtirib olgan, jinoyatchilar



1 Разинкин В.С. Воры в законе и преступные кланы. – М., 1995. – С. 30–31.
dunyosida obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan hamda o‘g‘rilarning maxsus yig‘inlarida ushbu «oliy unvonni» olgan professional jinoyatchilar tashkil qiladi.
«Qonundagi o‘g‘rilar»ga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:

  • o‘g‘rilar g‘oyasiga cheksiz sodiqlik;

  • jinoyat qilishda tajriba va katta tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lish;

  • o‘g‘rilarning «qonunlari»ni puxta bilish;

  • «obro‘sizlantiradigan» (armiyada xizmat qilganligi, partiyaga a’zo bo‘lganligi, davlat mukofotlari orden va medallar bilan taqdirlanganligi haqidagi) ma’lumotlarning bo‘lmasligi;

  • jinoyatchilar olamida nufuzga ega bo‘lganlardan og‘zaki yoki yozma tavsiyanomaning bo‘lishi.

Hayotning o‘zgarishi bilan «qonundagi o‘g‘rilar»ning turmush tarzi, ularga qo‘yiladigan talablar ham o‘zgarib boradi. Hozirgi kunda mavjud bo‘lgan «qonundagi o‘g‘rilar» 50-yillardagilaridan quyidagi jihatlari bilan farq qiladi: birinchidan, jinoyatni bevosita o‘zlari emas, balki boshqalarning («pexota»larning) yordamida amalga oshirishi; ikkinchidan, katta tashkiliy ishlarni bajarish, ya’ni huquqni muhofaza qiluvchi va ma’muriy organlar bilan aloqa o‘rnatib, ishni o‘zlarining foydasiga hal qilish bilan shug‘ullanishi; uchinchidan, bevosita o‘g‘rilik bilan emas, balki reket, qimor o‘yini, giyohvandlik bilan shug‘ullanishlari. Shunday qilib, hozirgi kunda «qonundagi o‘g‘rilar»ning ikki toifasini, ya’ni eski o‘g‘rilik an’analariga sodiq qolib, ularning qonunlarini qat’iy ravishda amalga oshirayotgan «nepman o‘g‘rilar» hamda eski qonun-qoidalarni zamonga moslab o‘zgartirgan «yangi
o‘g‘rilar»ni kuzatish mumkin.
«Yangi o‘g‘rilar»ning qamoqda o‘tirgan bo‘lishi shart emas, ular katta pul evaziga «qonundagi o‘g‘ri» rutbasi (tituli)ni sotib olib, eski
«nepman o‘g‘rilar»ga qarshi kurash olib boradilar. Bu kurash ko‘pincha bir-birlarini jismoniy yo‘q qilish bilan tugallanadi.
Umuman olganda, «qonundagi o‘g‘rilar» quyidagi axloqiy yomonliklarni bajaradilar:

  • jinoyatchilar turmush tarzini, o‘g‘rilik «axloqi», xulq-atvori qonun-qoidalarini targ‘ib qilish, o‘z saflarini o‘g‘rilarning urf-odatlarini yaxshi egallab olgan yoshlar bilan to‘ldirish;

  • boshqa uyushgan jinoyatchi guruhlar bilan aloqa o‘rnatish, bitim tuzish, ularga o‘zlarining ta’sirini o‘tkazish hamda yangi xulq me’yorlarini ishlab chiqish va jinoyatchilar dunyosiga tatbiq etish;

  • umumiy pul jamg‘armasini tashkil etish va uni muntazam ravishda to‘ldirib borish;

  • o‘g‘rilar, firibgarlar va boshqa tekin tomoqlarni topish hamda ularning ustidan o‘z nazoratlarini o‘rnatish;

  • qamalgan o‘g‘rilarga, ularning oilasiga moddiy yordam ko‘rsatish;

  • o‘g‘rilarning yig‘inini chaqirish va unda ko‘riladigan masalalarni belgilab olish (O‘g‘rilar yig‘ini o‘g‘rilar hayotining muhim masalalarini, masalan, pul jamg‘armasini tashkil etish, uni to‘ldirish, sotqinlarni yo‘q qilish, har xil nizolarni hal qilish kabi masalalar bo‘yicha ko‘pchilik tomonidan «demokratik» asosda qaror qabul qiladigan kengash hisoblanadi);

  • jinoyat qidiruv xodimlariga qarshi ish olib borish, o‘zga jinoyatchi guruhlar tomonidan tarqatilayotgan gap-so‘zlarni tekshirib ko‘rish, jinoyatchilar boshliqlarining xavfsizligini ta’minlash ishlarini tashkil etish;

  • jinoyatchilar o‘rtasida vujudga kelgan nizolarni, ziddiyatlarni hal etish, ularning axloq me’yorlariga, qonunlariga mos kelmagan xatti- harakatlarni sodir etganlarni sud qilish, qilmishiga yarasha jazo choralarini belgilash, ijro etilishini nazorat qilish va hokazo.

Xuddi shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarida qamoq jazosini o‘tayotgan «qonundagi o‘g‘rilar» quyidagi axloqiy yomonliklarni bajaradilar:

  • o‘ziga rutbasi to‘g‘ri keladigan yoki o‘g‘rilarning oliy tabaqasiga mansub yoxud shularga yaqin bo‘lgan jinoyatchilar bilan aloqa qilish;

  • JIEMda bajariladigan g‘ayriinsoniy, axloqqa zid ishlarni bevosita o‘zi emas, balki xizmatkorlari «tilyog‘lamachilar», ularning qilgan gunohini o‘ziga oluvchi «balogardonlar» («fomootvodlar»), jazolash ishlarini bajaradigan «buqalar» («bыki»), «soldatlar» orqali amalga oshirish;

  • tashqi dunyo bilan maxfiy yo‘llar orqali aloqada bo‘lish, ya’ni har xil tovarlar, oziq-ovqat, pul kabilarni olib turishni ta’minlash;

  • qamoqdagi nazoratchilar ustidan har xil ig‘vo gaplarni tarqatuvchi guruhga rahbarlik qilish, qonunlarni buzib talqin etish kabi targ‘ibot- tashviqot ishlarini uyushtirish;

  • kamerada, oshxonada, yotoqda, hammomda o‘ziga yoqqan joyni zo‘rlik bilan egallash;

  • JIEM rahbarlarining, xodimlarining xatolarini, ishdagi kam- chiliklarini topish va ulardan buzg‘unchilik, ig‘vo maqsadlarida unumli foydalanish;

  • qiyin ishlarni bajarmaslik, yengil ishlar – brigadirlik, sartaroshlik kabi ishlar bilan shug‘ullanish;

  • JIEM xodimlari va harbiy xizmatchilar orasidan g‘ayriqonuniy ish qiluvchilarni topish va ular bilan aloqa o‘rnatish;

  • belgilangan shakldagi kiyim-boshlardan ajralib turuvchi kiyim kiyish, har xil maishiy hojat predmetlariga ega bo‘lish va hokazo1.


Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin