Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə75/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Jinoiy tashkilot – funksional-iyerarxik ko‘rinishga ega bo‘lgan, guruh ichida tabaqalashgan – rahbar, ijrochilarning turli guruhlari (qo‘riqchilar, aloqachilar, kassa saqlovchilar, nazoratchilar va boshqalar), yaxshi yo‘lga qo‘yilgan razvedka va kontrrazvedka, hokimiyat tuzilmalaridagi o‘z odamlariga, juda katta moddiy bazaga ega bo‘lgan, nihoyatda uyushgan jinoiy guruh.
Jinoiy tashkilot quyidagi yo‘llar bilan faoliyat ko‘rsatadi:

  • jinoiy faoliyatning foydali yo‘nalishlari va barbod bo‘lishining imkoniyatdagi yo‘llariga oid zarur ma’lumotlarni doimiy to‘plash. To‘planadigan ma’lumotlar bashorat (prognoz) yo‘nalishiga ega bo‘ladi. Jinoiy faoliyatni rejalashtirishda bashorat (prognoz) qilish o‘zini o‘zi tashkil qilish xususiyatiga ega, ya’ni jinoyatchilar uni albatta amalga oshirish yo‘nalishida harakat qiladilar. Ushbu faoliyatning barbod bo‘lish




1 Пулатов Ю .C. «Уюшган жиноятчилик» тушунчаси ҳақида айрим мулоҳазалар // Ўзбекистон Республикасининг янги кодекслари: назария ва амалиёт. – Т., 1994. – Б. 97–100.
imkoniyatlarini bashoratlash (prognozlash)da uni «o‘zini o‘zi buzuvchi» deb ifodalash mumkin: u uyushma yoki uning tegishli bo‘linmasi faoliyatini ehtimol tutilgan prognoz amalga oshmasligiga yo‘naltiradi;

  • huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa davlat organlarini zararsizlantirish va doimiy ravishda korrupsiya–lashtirish yo‘li bilan. Korrupsiyalashgan mansabdor shaxslar jinoiy tashkilotni zarur ma’lu- motlar hamda kadrlarga oid masalalarni hal qilishda, jinoiy faoliyatning foydali yo‘nalishlarini aniqlashda va o‘zini himoya qilishni tashkil etishda haqiqiy yordam bilan ta’minlaydilar;

  • o‘z harakatlariga tashqaridan qaraganda qonuniy tus berish maq- sadida mamlakatda amal qilayotgan asosiy ijtimoiy-iqtisodiy institutlar va shart-sharoitlardan mohirlik bilan foydalanish;

  • qo‘rquv hamda o‘zining qudrati haqida mish-mishlar tarqatish. Bu jinoiy guruhga ko‘p foyda keltiradi, mish-mishlar va qo‘rquv guvohlar va jabrlanuvchilarni tushkunlikka tushiradi. Ular jinoyatchilarning jazolashidan qo‘rqadilar va huquqni muhofaza qilish organlarining himoya qila olishiga ishonmaydilar;

  • jinoiy faoliyatni boshqarishning rahbarlarni muayyan qilmishlarni bevosita tashkil qilish va ularning sodir etilishida ishtirok etish zaru- ratidan xalos etadigan tuzilmasini tashkil qilish. Bu tariqa ular jinoiy javobgarlikdan qutulib qoladilar. Jinoiy uyushma boshqa shaxslar yoki guruhchalarni jinoiy javobgarlikka tortish orqali o‘zini saqlab qoladi, o‘ziga sodiq odamlarga zarur yordamni ta’minlaydi;

  • g‘arazli maqsadlarga erishish hamda muayyan bir soha yoki qaysidir bir hududda nazoratni, hokimiyatni qo‘lga olishdan iborat yetakchi va ustun motivlarga ega bo‘lgan holda turli jinoyatlarni sodir etish.

Uyushgan jinoyatchilik ijtimoiy institutlar faoliyatining mexanizmi hisobiga yashovchi jinoiy tuzilma hisoblanadi.
Jinoiy uyushmalar jinoiy guruhlarning eng xavfli turi bo‘lib, jinoiy maqsadlari yo‘lida guruhiy uyushganlikning ijtimoiy-psixologik mexa- nizmlaridan – ijtimoiy nazorat vositasining guruhiy normalari, guruh ichidagi funksional tabaqalashuv va iyerarxiyadan, rasmiy tuzilmalar bilan qo‘shilib ketishdan, korrupsiyaga berilgan davlat, ma’muriy va huquqni muhofaza qilish organlarining himoyasidan foydalanadilar. Uyushgan jinoyatchilikning tarqalishi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy beqarorligi bilan bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 29-moddasi 5-qismida «Ikki va undan ortiq uyushgan
guruhning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun oldindan birlashishi jinoiy uyushma deb topiladi»1, deb ko‘rsatilgan.
Uyushgan jinoyatchilikni ajratib turuvchi jihat uning jamiyat
«tanasiga» – davlatning ma’muriy boshqaruv apparatiga, hokimiyatning eng yuqori pog‘onalarigacha kirib olganligidir. Bu esa uning ijtimoiy xavfliligini kuchaytiradi, ya’ni davlat boshqaruvining negizlariga zarar keltiradi, ommaviy huquqiy ongga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi, huquqiy davlatning, madaniy-iqtisodiy munosabatlarning amal qilish imkoni- yatiga putur yetkazadi.
Jinoiy uyushmalar boshliqlari salobatli turmush tarzi kechirib, rasmiy elita guruhlari tarkibiga kiradilar.
Quyidagilarni jinoiy uyushmaning asosiy belgilari deb hisoblash mumkin:

  • tarkibida ikki va undan ortiq uyushgan guruhlarning mavjudligi;

  • uyushgan guruhning hamkorlikda jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishi;

  • uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun oldindan birlashishi;

  • jinoyatchilik olamida yagona yo‘lboshchining boshqarishi va uning atrofida jinoyatchilik dunyosida nom chiqargan «obro‘mand» shaxslarning to‘planishi;

  • umumiy pul fondi («obщak»)ning mavjudligi;

  • uyushmada norasmiy tartib-qoidalarning mavjudligi;

  • «jazo» guruhi yoki «shaxsiy soqchilar»ning mavjudligi;

  • jinoiy faoliyatning maxsus tarzda tashkil qilinishi;

  • jinoyatlarni sodir qilishda o‘ta uyushqoqlik bilan harakat qilish, ya’ni jinoiy rejani puxta tayyorlash, texnika vositalaridan to‘la foydalanish, jinoyat izlarini yashirish choralarining ko‘rilishi va boshqalar;

  • «himoya» guruhining tashkil qilinganligi;

  • o‘qotar qurollarning mavjudligi;

  • jinoiy mafkurani targ‘ib qilish;

  • guruh a’zolarining barqaror yo‘sinda birlashganligi;

  • jinoyatchilik dunyosida yakkahokimlik qilishga qaratilgan harakatlar.

Jinoiy uyushmaning qo‘shimcha belgilariga quyidagilar kiradi:



1 Qarang: Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодекси. – Т., 2008. – Б. 14.

  • jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadni qonuniylashtirish;

  • ozodlikdan mahrum qilish joylarida uyushmaning «filial»larini tashkil qilish va boshqalar.

Yuqori darajadagi jinoiy uyushmalar o‘z tashkilotining tarmoq otgan tuzilishga egaligi bilan ajralib turadi. Ular boshqaruvning murakkab iyerarxik tizimiga, barqaror, daromad keltiruvchi mulkka (bank hisob- varaqlari, ko‘chmas mulkka), rasmiy himoyaga (ro‘yxatdan o‘tgan korxona, jamg‘armalar, do‘konlar, restoranlar, kazinoga) egadirlar.
Bu guruhlar ba’zan bir necha ming kishidan tashkil topadi, jamoa bo‘lib boshqaruvchi markazlarga, katta ijtimoiy guruhlar tipidagi barqa- ror tashkilotga, maxsus rejalashtirish va nazorat, axborot xizmatlariga, mintaqalararo aloqalarga, hokimiyatning korrupsiyaga berilgan tuzil- malari bilan o‘zaro aloqa ta’minotiga, huquqni muhofaza qilish va sud organlariga ega bo‘ladi.
Ular juda katta ta’sir zonalariga, ko‘plab mintaqaviy va «tarmoq» tuzilmalariga ega bo‘ladilar (qimor biznesi, fohishalikni nazorat qilish, jinoiy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanadilar), korrupsiyalashgan rasmiy idoralarda ildizlariga ega bo‘ladilar.
Ushbu guruhlar motivlarining yo‘nalishiga ko‘ra g‘arazli yo‘nalishga ega bo‘ladilar. Ularning asosiy maqsadlari – qonunga xilof yo‘l bilan katta foyda olish. Zo‘rlik ishlatib amalga oshiriladigan jinoyatlarni ular g‘arazli maqsadlariga erishish, kapital to‘plash uchun sodir etadilar. Ularning nihoyatda katta daromadlari xorijiy banklardagi hisobvaraqlarda turadi, mamlakatdagi va xorijdagi katta ko‘chmas mulkka investitsiya qilinadi.
Jinoiy uyushma jamiyat farovonligiga asosiy xavfdir. U o‘sib kelayotgan avlodning ijtimoiylashuviga tahdid soladi, jamiyat negizlari va iqtisodiyotiga putur, tadbirkorlik va kredit-bank tizimiga zarar yetkazadi. U milliy daromadni stixiyali tarzda jinoiy uyushgan holda qayta taqsimlaydi, qonuniy iqtisodiy tuzilmalarga ulkan moddiy zarar yetkazadi.
Jinoiy uyushma jinoiy yo‘nalishga ega bo‘lgan quyidagi g‘ayri- ijtimoiy funksiyalarni shakllantiradi:

  • jinoiy uyushma faoliyatining strategiya va taktikasini ishlab chiqish;

  • jinoiy mafkurani targ‘ib qilish va tarqatish;

  • xavfsizlikni ta’minlash, «elita»ni qo‘riqlash, uning yuksak obro‘siga ko‘maklashish;

  • jinoiy yo‘nalishga ega bo‘lgan razvedka;

  • jinoiy yo‘l bilan topilgan boyliklarni legallashtirish;

  • uyushma a’zolarining individual talablari va manfaatlari amalga oshishiga ko‘maklashish.

Jinoiy uyushma asosiy e’tiborini xavfsizlikni ta’minlash, jinoiy tash- kilotning fosh etilishiga to‘sqinlik qiluvchi sharoitlarni yaratish, ijrochi- larni qonuniy (legal) himoya vositalari bilan ta’minlashga qaratadi.

  1. Yüklə 2,38 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin