Kasbiy psixologiya


Jinoiy guruh va uyushgan jinoyatchilik psixologiyasi



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə72/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Jinoiy guruh va uyushgan jinoyatchilik psixologiyasi


Uyushgan jinoyatchilikka xos asosiy xususiyat yuksak darajadagi o‘zini o‘zi boshqarish va iyerarxik tuzilishga ega bo‘lishdir. U boshqaruv, rahbarlik, bo‘ysunish va jinoyatchilar o‘rtasida vazifalar taqsimlanishining uchta, bir qator hollarda esa undan ko‘proq darajalariga ega. Aksariyat hollarda ushbu jinoiy tashkilotlar piramidasimon tuzilishga ega bo‘ladi. Mazkur piramidaning cho‘qqisida asosiy yetakchi (lider), uning bevosita atrofida esa asosiy qarorlarni qabul qiladigan kichikroq guruh bo‘ladi.
Jinoiy guruh psixologiyasi jinoiy psixologiyaning maxsus bo‘limi sifatida tuzilmaning kelib chiqishi, tarkibi, unda vazifalar taqsimoti, shuningdek, boshqaruvning psixologik mexanizmlarini o‘rganadi.
O‘z vaqtida fosh etilmagan va jazolanmagan jinoyatchi juda xavflidir, chunki u surbetlashib boradi va mayda jinoyatlardan ko‘pincha katta jinoyatlarga o‘tadi, buning ustiga jazosiz qolish boshqa beqaror shaxslarda ham jinoiy maqsadlar shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi va jinoiy guruhlar tashkil etilishiga ko‘maklashadi. Jinoiy guruhning tashkil etilishi ijtimoiy xavfning nafaqat miqdor, balki sifat jihatdan kuchayishidir. Bir qator hollarda shaxs yolg‘iz o‘zi sof texnik jihatdan jinoiy harakatlarning butun rejasini amalga oshira olmasligini ham ta’kidlash joiz.
Jinoiy guruhni tahlil qilishda ishtirokchilari orasidan quyidagilari ajratiladi:

  • umuman guruh yoki uning ayrim qismlarining (ishtirokchilarining) tashkilotchisi;

  • «mas’ul» joydagi ijrochi;

  • ikkinchi darajali ijrochi;

  • muxolif, guruhning «bo‘sh bo‘g‘ini» (irodali inson bo‘lishi ham mumkin)

  • o‘zi ishtirok etayotgan jinoyatning sodir etilishiga qalban rozi bo‘lmagan subyekt. Ko‘pincha bu bo‘g‘in guruh ichida nizoli vaziyatni yuzaga keltiradi.

Jinoiy guruhlar uyushganlik darajasiga ko‘ra uyushgan jinoiy guruhlar, jinoiy tashkilotlar va jinoiy uyushmalarga bo‘linadi.
Jinoiy guruhning psixologik tuzilishi – qaror topgan, integrat- siyalashgan (birlashgan) munosabatlar – jinoiy guruh a’zolarining atrof muhit bilan munosabatlari. Integratsiyalashgan munosabatlarning psixologik tavsifi guruh ichida shakllangan (shaxslararo, gorizontal va vertikal) munosabatni bildiradi.
Uyushgan jinoiy guruhning integratsiyalashgan munosabatlari (masalan, huquqni muhofaza qilish organlari va hokimiyat organlari bilan munosabatlar) avvalo u jinoiy qilmishlarni sodir etadigan muhitga, uning shakllanishi va rivojlanishiga imkon bergan ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy- psixologik va boshqa shart-sharoitlarga (korrupsiya, xufiya iqtisodiyot va sh.k.) bog‘liq.
Integratsiyalashgan munosabatlar guruh a’zolarining funksional vazifalari tabaqalashuviga, ya’ni vazifalar taqsimotiga, jinoiy guruh
ishtirokchilari o‘rtasidagi jinoiy faoliyatning xususiyati bilan bog‘liq vazifalarga, iyerarxik pog‘onada egallab turgan mavqei, maqomi va shu kabilarga asoslanadi.
Jinoiy guruhning qanday faoliyat ko‘rsatishiga qarab inte- gratsiyalashgan munosabatlarning xususiyati haqida so‘z yuritish mumkin.
Jinoiy guruh faoliyatiga uning faoliyat sohasining zamon va makon- da asta-sekin kengayib borishi, sodir etilgan jinoyatlarning ko‘payishi, og‘irroq jinoyatlarga o‘tishi xosdir.
Jinoiy faoliyatning kengayishi jarayonida jinoiy guruh ichida psixologik va funksional tuzilmalarning shakllanishi yuz beradi. Guruh- ning rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning ichki psixologik tuzilishi ham shunchalik aniq ko‘rinishga ega bo‘ladi. Guruh jipslashib boradi, uning tarkibi barqarorlashadi, faoliyati maqsadga yo‘nalgan tus oladi, guruh a’zolari o‘rtasida vazifalar taqsimlanadi.
Jinoiy guruh rivojlanishining qonuniyatini ushbu guruh ishtirok- chilari o‘rtasidagi emotsional (hissiy) munosabatlarning asta-sekin birgalikdagi faoliyatga asoslangan sof ishga, funksional munosabatlarga aylanishi tashkil qiladi.
Uyushgan jinoiy guruhda ishga oid munosabatlar hal qiluvchi xususiyatga ega bo‘lib, hissiy, shaxsiy munosabatlar asta-sekin yo‘qolib boradi, bir qator hollarda esa bunday munosabatlar umuman bo‘lmasligi ham mumkin. Ishtirokchilari qarindoshlik rishtalari bilan bog‘liq bo‘lgan guruhlarda ham xuddi shunday jarayonlar ko‘zga tashlanadi.
Jinoiy guruh shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishining oxirgi qonu- niyati – unda doimo ikki qarama-qarshi kuch amal qilishidir. Biri jinoiy guruh a’zolarini yanada jipslashtirish va yaqinlashtirishga qaratilgan bo‘lsa, boshqasi ularni ajratishga qaratilgan.
Biroq jinoiy guruh muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgan davrda ruhiy jihatdan jipslashgan tuzilma sifatida namoyon bo‘ladi. U jinoyat- larni muvaffaqiyatli sodir etishda davom etayotgan, fosh bo‘lmay qolayotgan ekan, uning a’zolari o‘rtasida birlashish va jipslashish tamoyili ustunlik qiladi. Agar jinoiy guruh qandaydir muvaffaqiyat- sizlikka uchrasa hamda fosh bo‘lish va guruh a’zolarining javobgarlikka tortilish xavfi yuzaga kelsa, uning ajralish tamoyili kuchayadi, yashirin nizolar, ziddiyatlar ko‘rinadi, ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatlarda keskinlik ortadi.
Jinoyatning guruh tarkibida sodir etilishi jinoyat tarkibining aybni og‘irlashtiruvchi belgisi hisoblanadi. Odatda oddiy, uyushgan jinoiy guruhlar va jinoiy tashkilotlar ajratiladi.
Har bir jinoiy guruh unga xos bo‘lgan guruhiy tashkilot, guruhiy dinamika, a’zolarining guruhdagi vazifalarining va sotsiometrik maqomlarining funksional taqsimotiga ega bo‘lgan ijtimoiy guruh hisoblanadi hamda jinoiy faoliyatning jamoa subyektini tashkil etadi.
Bir necha shaxsdan tashkil topadigan oddiy jinoiy guruh qat’iy iyerarxik tashkilotga ega bo‘lmaydi, bunday guruhda yetakchilik qisqa muddatli xususiyatga ega bo‘lishi mumkin (kvartira o‘g‘rilari, ko‘cha talonchiligi, firibgarlar, voyaga yetmagan huquqbuzarlar guruhlari).

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin