Jinoiy guruhlar shakllanishining psixologik sabab va sharoitlari nimalardan iborat?
Jinoiy guruhlar va jinoiy guruh yetakchilarining tipologiyasi qanday ko‘rinishlarga ega?
Jinoiy harakat usullari va ularni niqoblash qanday amalga oshiriladi?
Jinoiy guruh a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro muloqotning psixologik tavsiflang.
Jinoiy hamkorlikning psixologik xususiyatlari nimalardan iborat?
Jinoiy guruhlarni ochish va fosh etishning psixologik asoslari nimalardan iborat?
Jinoiy guruhlarga ta’sir etishning psixologik usullarini aytib bering.
bob.
TERRORIZM PSIXOLOGIYASI
Zamonaviy terrorizmning psixologik xususiyatlari
Bugunga kelib terrorizm umumbashariy xavfga aylandi. Uni jinoiy xatti-harakatning muayyan ko‘rinishi sifatida yuridik jihatdan tasniflash zaruratidan tashqari, tarixiy ildizlarini, yuzaga kelishining ijtimoiy- psixologik sabab va oqibatlarini o‘rganish, nihoyat, siyosiy jihatdan tahlil qilish ehtiyoji tug‘ilmoqda.
Terrorizm degan dahshatli ajdarho sayyoramizning turli mintaqa- larida bosh ko‘tarayotgani, bu ofat umumbashariy sivilizatsiya uchun katta xatar ekani bugungi kunda hech kimga sir emas.
Ushbu illatning o‘z vaqtida tushunib yetgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov inson, oila, jamiyat va davlat manfaatlarini jinoiy tajovuzlardan, ayniqsa, uyushgan jinoyatchilikning xavfli ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan terrorchilik tajovuzlaridan himoya qilishga katta e’tibor qaratmoqda. Jumladan, u «keyingi yillarda jahonning turli hududlarida ro‘y berayotgan terrorchilikning yovuz ko‘rinishlari tobora kuchayib bormoqda… Xalqaro terrorizmning o‘ta- ketgan yovuz kirdikorlari dunyodagi barcha sog‘lom fikrli kishilarning qahr-u g‘azabini uyg‘otdi, unga nisbatan befarq bo‘lish mutlaqo mumkin emasligini ko‘rsatdi»1, deb ta’kidlaydi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o‘zining deyarli har bir nutqida bu global muammoga jiddiy e’tibor berib o‘tadi. Masalan, «yurtimizda chet eldagi markazlar tomonidan moliyaviy ta’minlangan va boshqarilgan terrorchi to‘dalar Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining tog‘li tumanlari orqali suqilib kirgan tahlikali kunlarni ham eslashimiz lozim. Agarki ana shu yovuz niyatli kuchlarning qabih va uzoqni ko‘zlagan buzg‘unchilik maqsadlari amalga oshganida bormi, mamlakatimiz fuqarolar urushi olovi ichida
1Каримов И.А. Ўзбекистоннинг 16 йиллик мустақил тараққиёт йўли. –Т., 2007. – Б. 9.
qolib ketgan va uning oqibatlari, hech shubhasiz, butun O‘rta Osiyodagi vaziyatni portlatib yuborgan bo‘lur edi»3.
Dinni niqob qilib, turli qo‘poruvchiliklar, zo‘ravonliklar sodir etayotgan kuchlar muayyan markazlar tomonidan bajarilmoqda. Buni so‘ngi yillarda nafaqat yurtimizda, balki AQSh, Rossiya, Jazoir, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda yuz berayotgan voqealar ham ko‘rsatib turibdi. Diniy- ekstremistik tashkilotlar so‘zda bir qarashda ijobiydek tuyuladigan maqsadlarni ilgari surgani bilan, ularning asl niyati hokimiyatni egallashdir. Bu yo‘lda ular har qanday vahshiyona usullardan tap tortishmayapti. Kerak bo‘lganda millatchilik, etnik nizolardan ham ustunlik bilan foydalanishmoqda. Bunday xatti-harakatlar xalq, shaxs erkinligiga daxl qilishi, urush va zo‘ravonlikni keltirib chiqarishi oqibatida minglab begunoh odamlar jafo chekishi, qirilib ketishi mumkin. Ammo hech qanday dinni, e’tiqodni zulm-zo‘ravonlik yordamida qurol kuchi bilan yoyish mumkin emas. Ma’naviy qadriyatlar haqida gap ketganida qurol hal qiluvchi rol o‘ynamaydi1.
Bugungi kunda jamiyatimizga xavf solayotgan hodisalar ichida terrorizm xavfi alohida o‘rin tutadi. Terrorizm eng murakkab va xavfli holatlarni o‘z ichiga qamrab, odamlarda yovuzlik va qo‘rquv hissini paydo qiladi.
«Terrorizm» lotincha so‘z bo‘lib, «dahshat» degan ma’noni anglatadi. Terrorizm O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155- moddasida nazarda tutilgan va portlatishlar, o‘t qo‘yishlar yoki odamlarning halok bo‘lishi, katta mulkiy zarar keltirish yoxud ijtimoiy xavfli oqibatlarga olib kelish xavfini tug‘diruvchi boshqa harakatlar sodir etishdan iborat bo‘lgan va jamoatchilik xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyat. Mazkur harakatlarning jamoat xavfsizligini buzish, aholini qo‘rqitish yoxud hokimiyat organlarining qaror qabul qilishiga ta’sir o‘tkazish maqsadida amalga oshirilganligiga, shuningdek, ana shu maqsadlarda amalga oshirilish xavfi mavjudligi ushbu jinoyatning muhim jihatlarini tashkil etadi2.
1 Qarang: Баймуханов З. Дин – бузғунчиликка қарши // Қалқон. – 2006. –№5. – Б. 28–29.
2 Qarang: Юридик энциклопедия / проф. У. Таджиханов таҳрири остида – Т., 2001. – Б. 434.
Terrorizm va xalqaro terrorizm uyushgan jinoiy guruh sifatida hududiy va millatlararo muammolarni yuzaga keltiradi. Bugungi kunga kelib siyosiy ekstremistlar, kriminal ishga qo‘l urgan biznesmenlar va jinoiy jazoni o‘tab qaytgan ba’zi bir shaxslar jamiyatga, aniqrog‘i odamlar taqdiriga katta xavf tug‘dirmoqdalar.
Hozirgi vaqtda terrorchi shaxs va terrorchilik xatti-harakatlarini yuzaga keltiruvchi psixologik mexanizmlar to‘liq o‘rganilmagan, shuning uchun terrorizmga qarshi kurashish va uning oldini olishda psixologik bilimlar muhim o‘rin egallaydi.
Zamonaviy terrorizmning psixologik o‘ziga xos belgilari:
terror – psixologik ta’sir etish vositasi;
terrorchilik aktlar oldindan puxta rejalashtiriladi va vahshiyona amalga oshiriladi;
terror umuminsoniy qonuniyatlarni inkor etadi;
o‘z qarashlarini ochiq-oydin oshkora etadi;
terrorchilik zamonaviy ommaviy axborot vositalari bilan qurollangan.
Terror psixologik ta’sir etish vositalaridan biridir. Uning o‘ziga xos jihatlaridan biri insonlar ongida qo‘rquv hissini paydo qilish, jamiyatda murakkab vaziyatlarni yuzaga keltirishdan iborat. Odamlar ongida qo‘rquv hissini paydo qilish uning asosiy mohiyati sanaladi. Ularning asosiy obyekti kim terror qurboni bo‘lgani emas, balki kimning tirik qolganidir. Terrorchilikning asosiy maqsadi odam o‘ldirish emas, tirik qolgan shaxslarni ruhan sindirishdir. Shu nuqtai nazardan terrorchilik faqat moddiy va siyosiy zarar yetkazadi.
Terrorchilik aktini sodir etish bu oddiy ish bo‘lmay, u yashirincha, puxta va mukammal ravishda amalga oshiriladi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun oylab, yillab tayyorgarlik ko‘riladi.
Terror umuminsoniy qonuniyatlarni inkor etadi, insonlarning huquq va erkinliklarini tan olmaydi. Terrorchilar o‘z xatti-harakatlarini ochiq oydin oshkor qiladilar. Terrorchilik jamiyatga nooshkora e’lon qilingan udum, uning asosida qadrsizlangan inson hayoti mavjuddir.
Hozirgi kunga kelib terrorchilik zamonaviy ommaviy axborot vositalari bilan to‘liq qurollangan. Ba’zi holatlarda ommaviy axborot vositalari orqali ular insonlar ongiga kuchli psixologik ta’sir ko‘rsatadilar.
Terrorchilik faoliyatida katta auditoriyalarga, keng ommaga ta’sir o‘tkazish muhim o‘rin egallaydi. Shu bilan birga, zamonaviy
terrorchilikda ijtimoiy xavfli bo‘lgan quyidagi sifatlar aniq namoyon bo‘ladi:
insonlarning ommaviy qurbon bo‘lishi, moddiy zarar keltirishi, uning oshkorona va hamda vahshiyona tus olishi;
terrorchilik tizimining moddiy-texnik jihatdan qo‘llab- quvvatlashning yuqori darajasi;
xalqaro terrorchilik tizimlarining foydali qazilmalar hamda energiya manbalariga egalik qilish uchun intilishi;
xalqaro va millat darajasidagi terrorchilik tizimlari o‘rtasida qat’iy aloqa, shu bilan birga, odam savdosi, qurol-yarog‘, psixotrop moddalar va narkotik vositalar bilan, noqonuniy jinoiy uyushmalar bilan aloqadorligi;
yollanma shaxslardan faol foydalanishi;
yadro quroli, ximik, biologik va boshqa ommaviy qirg‘in qurol- lariga ega bo‘lishga intilish, terrorchilarning ushbu qurollardan jinoiy faoliyatlarida foydalanish xavfi;
yangi terrorchilik ko‘rinishlarining paydo bo‘lishi (muhim sanalgan davlat va jamiyatdagi kompyuter boshqaruv tizimini blokirovka qilish);
ijtimoiy tashkilotlar qaramog‘i ostida harakat qilishi, ya’ni janggarilarni tayyorlash uchun o‘quv markazlari va lagerlar, qurol-yarog‘ va oziq-ovqat uchun omborxonalar tashkil etish, terrorchilik aktlarini sodir etish uchun firma, bank va fond tashkilotlari xizmatidan foyda- lanish va boshqalar1.
Bundan ko‘rinib turibdiki, terrorchilik faoliyati va u amalga oshirishi mumkin bo‘lgan qilmishlar jamiyat uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.
Xalqaro terrorizmga qarshi kurashishda samarali usullarni ishlab chiqish va uni tatbiq etish uchun uning kelib chiqishi va namoyon bo‘lishi haqida tasavvurga ega bo‘lish kerak:
terrorchilik aktlari sodir etiladigan joylarini oldindan ko‘ra bilish juda qiyin, ba’zan umuman aniqlab bo‘lmaydi, biroq jinoyatchilar yuqori darajada natijaga erishish uchun obyekt tanlaydilar;
terrorchi shaxsining sifatlarini odatda aniqlab bo‘lmaydi (o‘z joniga qasd qiladi, u voqea joyidan qochib ketganida ham noma’lum bo‘lib qoladi);
1 Qarang: Основы противодействия терроризму / Под ред. Я. Д. Вишнякова. – М., 2006. – С. 27–28.
xalqaro terrorizm jahon bo‘ylab rivojlanmoqda, shuning uchun terrorchilarning hujum qilish obyekti aholi, ma’muriy binolar va qurilmalar bo‘lib, ular nafaqat terrorchilik aktlari olib borilayotgan davlat hududida, balki boshqa davlatlarda ham o‘z aksini topadi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda shunday xulosaga kelish mumkinki, terrorizmga qarshi kurash kompleks tarzda amalga oshirilishi (terrorchi guruhlar va a’zolarining yo‘nalganlik darajasini aniqlash, terrorchilarning xalqaro aloqalarini buzish, sodir etilishi mumkin bo‘lgan terrorchilik aktlariga tayyorgarlik haqidagi ma’lumotga o‘z vaqtida ega bo‘lish, aybdorlarni ushlash va ularni huquqni muhofaza qilish organlari ixtiyoriga topshirish) lozim. Terrorchilik aktlarini sodir etuvchining shaxsi, sodir etilishi vaqti va joyining noma’lumligida asosiy diqqat- e’tiborni akt sodir etilishi mumkin bo‘lgan obyektlarga va ular tomonidan foydalanish mumkin bo‘lgan vositalarga qaratish kerak.
Turli ko‘rinishdagi jinoyatlarga qarshi kompleks tarzda olib boriladigan kurashda asosiy e’tiborni jinoyatlarni keltirib chiqaruvchi shart-sharoit va sabablarga qaratish lozim. Zamonaviy xalqaro va milliy terrorizmda bunday ta’sir etish ba’zi bir qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Terrorchi shaxsining zamonaviy sifatlari o‘ziga xos xususiyatga ega.
Bu odatda diniy fanatlar, zamonaviy sivilizatsiya va madaniyatga bo‘lgan munosabat, boshqa e’tiqodlarga va boshqacha fikrlovchilarga g‘arazlik bilan qarashda namoyon bo‘ladi. Terrorchilik aktini sodir etishga chog‘langan shaxs ma’lumki o‘zini o‘zi qurbon qilishga tayyor bo‘ladi. Bunday insonlarning shaxsiga ta’sir etish juda ham qiyindir. Ularni qayta tarbiyalashning umuman iloji yo‘q. Terrorchi shaxsni individual tarbiyalash mumkin, buni esa insoniy, barcha madaniy qadriyatlar o‘z aksini topgan demokratik davlatda amalga oshirish mumkin.
Terrorizm ma’lum sabab va vaziyatlarga ko‘ra paydo bo‘ladi. Bu sabablar shaxsiy (fanatik tarbiya bazasi asosida) motivlar bo‘yicha, ya’ni yaqin qarindoshlaridan (turmush o‘rtog‘i, otasi, akasi) birining o‘limi yoki qamalishi, urush davrida uyining buzilishi yoki moddiy boyligini yo‘qotishi, mahalliy rahbarning qattiqqo‘lligi natijasida (agar ular boshqa millat va boshqa e’tiqodda bo‘lsa) namoyon bo‘ladi.