Kasbiy psixologiya


Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishning psixologik muammolari



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə79/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishning psixologik muammolari


Jamiyatimizning bozor iqtisodiyoti munosabatlari va jinoyat qonuniga oid hozirgi liberallashtirish siyosatidan kelib chiqqan holda jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi uyushgan guruh qatnashchilariga jazo va boshqa jinoiy-huquqiy ta’sir choralari qo‘llashning ikki yo‘nalishini ajratish mumkin.
Birinchisi, jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi uyushgan guruh a’zolariga jazo tayinlash va ayrim moddalarga jazoni og‘irlashtiruvchi belgilarni kiritish.
Ikkinchisi, uyushgan guruhning ayrim a’zolari harakatiga yengil- lashtiruvchi holat tusini berish hamda rag‘batlantiruvchi normalarni qo‘llash.
Huquqshunos olimlar I. Ismailov va D. Buxarov bugungi kunda uyushgan jinoiy tuzilmalar faoliyatini va ular sodir etadigan jinoyat- larning oldini olish sohasidagi hamkorlik quyidagi to‘rt darajada amalga oshiriladi, deb ta’kidlaydilar:

  • ichki idoraviy hamkorlik;

  • idoralararo hamkorlik;

  • jamoatchilik bilan hamkorlik;

  • xalqaro hamkorlik.1

Jinoiy uyushma va uyushgan guruhlarning a’zolariga jazo va boshqa jinoiy-huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashdan asosiy maqsad – jinoyatchilikning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni tez hamda har tomonlama ko‘rib chiqib, aybdorlarni aniqlash va ularga qonunda belgilangan tartibda tegishli, odilona jazo tayinlashdan iborat.
Shu ma’noda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda psixologiya, sotsiologiya va iqtisodiyot sohasidagi olimlarning uyushgan jinoyatchi- likdek salbiy holat yuzasidan olib borgan tadqiqotlarining xulosalariga tayanish katta ahamiyatga ega. Chunki jamiyat hayotidagi mavjud iqtisodiy- ijtimoiy kamchiliklar, qayd etib o‘tganimizdek, uyushgan jinoyatchilikni yuzaga keltiradi va uning rivojlanishi uchun sharoit yaratib beruvchi omillardan biri sanaladi.
Ushbu ijtimoiy illatga qarshi olib boriladigan kurash strategiyasi bilan bog‘liq huquqiy, psixologik va profilaktik chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash zarur. Bunday tadbirlarning amalga oshishini ta’minlash esa mavjud xufiyona iqtisodiyot va iqtisodiyot bilan bog‘liq barcha jinoyatlarni atroflicha tahlil etish bilan uzviy bog‘liqdir.
Shuningdek, hozirgi kunda jamiyatning ijtimoiy tizimini ilmiy jihatdan baholash, aholining turli qatlamlari va guruhlariga nisbatan differensial siyosat yuritishni yo‘lga qo‘yish talab etiladi.
Shu ma’noda quyidagi toifadagi shaxslarga alohida e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiqdir:

  • shubhali tarzda daromad topayotgan va ko‘p miqdordagi mulk va moliyaviy mablag‘larga ega shaxslar;




1 Qarang: Исмаилов И., Бухаров Д. Уюшган жиноий тузилмалар шаклла- ниши ва фаолиятининг олдини олишда ҳамкорликни ташкил этиш (муаммо ва ечимлар). – Т., 2007. – Б. 11.

  • kam daromadli, umuman moddiy ta’minotga ega bo‘lmaganlar;

  • jinoiy va ma’naviy buzuq yo‘lga kirganlar (jinoyatni kasb qilib olganlar, bir necha bor sudlanganlar, ichkilikka ruju qo‘yganlar, giyohvand- lar, o‘zgalar hisobiga kun ko‘ruvchilar, daydilar va h.k.)1.

O‘tkazilgan tadqiqotlar va jinoyatchilikka qarshi kurash amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, oxirgi to‘qqiz yilda jinoyatchilik tarkibida bir guruh shaxslar sodir etgan jinoyatlar 15–16 % ni tashkil etgan bo‘lsa, talon- tarojlik jinoyatlari bo‘yicha bu ko‘rsatkich 28–30 % ni tashkil etadi. Jinoyatni bir-ikki marta oddiy ishtirokchilik asosida sodir etgan shaxslar, birinchidan, sodir etgan jinoyati uchun jazosiz yoki yengil jazo bilan cheklanib qolayotganidan; ikkinchidan, jinoyatdan o‘zlashtirilgan mablag‘ hisobiga «yaxshi hayot» kechirayotganligidan; uchinchidan, ortiqcha mablag‘ egasi bo‘layotganligidan; to‘rtinchidan, ayrimlari esa
«ruhlanib», bu «yutuqlarni» yanada mustahkamlash uchun asta-sekin jinoiy guruh faoliyatini kuchaytirish, kengaytirish, rejalashtirish, uni qurollantirish va boshqa jinoiy guruhlar bilan aloqa o‘rnatishga harakat qila boshlaydilar2.
Umuman olganda, uyushgan jinoyatchilikning oldini olish va uni bartaraf etish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim:

  • huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida o‘zaro hamkor- likning shakl va usullarini yaratish orqali ularning faoliyat yo‘nalishlarini tarmoqlararo tuziladigan muvofiqlashtiruvchi organ olib boradigan hamda ma’lum bir vaqt oralig‘iga mo‘ljallangan dastur asosida zarur vazifalarning bajarilishini belgilash;

  • uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishda maxsus tayyorgar- likdan o‘tgan shaxslarni jalb qilish;

  • uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi maxsus guruhlarni zarur moddiy-texnika vositalar bilan ta’minlash.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, jinoyat yo‘liga kirgan yoki jinoiy harakatlaridan pushaymon bo‘lib tuzalish yo‘liga o‘tmoqchi bo‘lganlarning ijobiy harakatlarini jazoni yengillashtirish yoki undan ozod qilish yo‘li bilan jinoyatlarning oldini olishga sharoit yaratish yoxud jinoyatni kasb qilib olgan va jinoiy faoliyat bilan doimiy shug‘ullanmoqchi bo‘lganlarning jazosini og‘irlashtirib, ularning yangi



1 Qarang: Криминология / Проф. З. С. Зариповнинг умумий таҳрири ости- да. – Т., 2007. – Б. 391.
2 Qarang: Исмоилов. И. Жиноятчиликда уюшганликнинг олдини олишни ҳуқуқий таъминлаш. – Т., 2007. – Б. 19.
jinoyatlar sodir etishiga to‘sqinlik qilish umumiy jinoyatchilikning oldini olishga o‘z hissasini qo‘shadi.



Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin