Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə78/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

To‘liq tuzilish – kommunikativ aloqalarning bunday turida guruhning har bir a’zosi boshqa a’zolari bilan aloqa o‘rnatishi mumkin.

Aylana tuzilishi – axborot aylana bo‘ylab bir yoki ikki yo‘nalishda harakatlanadi.
aylana

Uzilgan aylana – axborot guruhning bir a’zosidan boshqasiga o‘tadi, ammo uchinchi a’zosi ikkinchisiga axborotni kim berganligini, ikkinchisi esa zanjirning to‘rtinchi bo‘g‘inida kim turganligini bilmaydi.


Uzilgan aylana



O‘zakdan ajralgan aloqada tashkilotchi guruhning faqat bir a’zosi bilan aloqada bo‘ladi. Guruh a’zolari o‘zaro aloqa qilmaydilar va bir-birlarini bilmaydilar.


O‘zakli aylana – tashkilotchi guruhning faqat bir a’zosi bilan aloqada bo‘ladi. Guruhning bu a’zosi esa, o‘z navbatida, qolgan barcha a’zolar bilan aloqada bo‘ladi.


Aralash tuzilma – tashkilotchi guruh a’zolariga axborot berish uchun aloqaning ikki yoki undan ortiq turlaridan foydalanadi.


Murakkab tuzilma – tashkilotchi ikki yoki undan ortiq kichik guruhga rahbarlik qiladi, bu guruhlar esa, o‘z navbatida, kommunikativ tuzilishga ega bo‘ladi.


Ko‘p blokli tuzilma – guruh yetakchisi mamlakatning turli mintaqalarida jinoyatlar sodir etadigan yoki jinoiy faoliyatning ayrim turlariga ixtisoslashadigan bir necha jinoiy guruhlarga, himoya va ta’minot bloklariga ega bo‘ladi.

Tashkilotchi faqat asosiy yo‘nalishlar (molni o‘tkazish, transport, buxgalteriya, muayyan hududdagi jinoiy faoliyatning aniq bir turiga mas’ul shaxslar) rahbarlari bilan aloqada bo‘ladi. Bu rahbarlar, o‘z navbatida, odatda ijrochilar bilan bevosita aloqalarga ega bo‘lgan vositachilardan foydalangan holda u yoki bu kommunikativ tuzilmani o‘rnatadilar.


Shuni aytib o‘tish joizki, uyushgan guruh yetakchisi ishtirok- chilikning boshqa (oddiy va murakkab) shakllaridagi guruh rahbaridan (tashkilotchisidan, yo‘lboshchisidan) farq qiladi. Uyushgan guruh yetakchisi barcha faoliyat ustidan nazorat olib boradi, jinoyat sodir etishga rozilik beradi yoki bermaydi, jinoiy rejalarni ko‘pincha o‘zi tuzadi, jinoyat sodir etish vaqtini belgilaydi, jinoiy faoliyat orqali topilgan moddiy boyliklarni taqsimlaydi, guruh ichida «norasmiy» tartib- qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladi, uni buzganlarga nisbatan chora ko‘radi. Jinoiy uyushma tarkibiga kiradigan uyushgan guruhlarda yetakchi har bir jinoyatdan tushgan «daromad»dan uyushma a’zolariga hissa berib turadi hamda uyushma ko‘rsatmalarining bajarilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, yetakchi bevosita guruh yig‘iladigan joyni tayinlashi mumkin.

  1. Yüklə 2,38 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin