Terrorizmga qarshi kurashishning psixologik muammolari
Shuni ta’kidlash lozimki, terrorizm xavfini bartaraf etish mumkin, ushbu muammoni hal etib bo‘lmaydi, deb hisoblash noto‘g‘ri. Terrorizm ustidan g‘alaba qozonish jamiyatning barcha qatlamlari va guruhlarining harakatlarini birlashtirish orqali amalga oshiriladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari profilaktik chora-tadbirlarni olib borayotganda zamonaviy terrorizmning asosiy g‘oyalari va mafkurasini, mavqeini obro‘sizlantirishga qaratilgan harakatlarni tashkil etishlari kerak. Profilaktik faoliyat davomida shaxsning birdaniga terrorchi bo‘lib qolmasligi holatini hisobga olish lozim. Terrorchilik faoliyatga shaxslarni jalb qilish uzoq muddatli jarayondir. Odatda bu hol o‘ziga xos
psixologik tuzilishga ega bo‘lib, alohida guruhlar faoliyati bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ushbu guruhlarni aniqlash va faoliyatining oldini olish juda muhimdir.
Profilaktika faoliyati terrorchi guruh va tashkilotlarning shakllanishi va amal qilishining ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini hisobga olishni taqozo etadi. Bu guruhlarning psixologik tarkibi, bajarayotgan vazifa- larining taqsimlanishi, guruhlararo o‘zaro munosabatlarining xusu- siyatlarini bilish juda muhimdir. Bunday uyushgan jinoiy guruhlarni bo‘lib tashlash (ajratish) uchun ishlab chiqilgan taktik psixologik metodlarni qo‘llash muhimdir:
guruh liderlarini ajratish metodi;
guruh liderlarini obro‘sizlantirish metodi;
guruhni ichidan «buzish» metodi (portlash);
guruhning ichki munosabatlarida ziddiyatlarni keltirib chiqarish metodi;
«zaif bo‘g‘indan» foydalanish metodi va boshqalar.
Terrorchilar narsa va shaxslarni garovga olgan vaziyatlarda aniq kontrterror operatsiyalarni amalga oshirish psixologik jihatdan juda qiyindir. Bunday vaziyatlarda xodimlarning muvaffaqiyatli harakati garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarni to‘g‘ri olib borishiga bog‘liq.
Garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha olib boriladigan muzokaralarda psixologik nuqtai nazardan nimani hisobga olish zarur?
Jinoyatchi shaxsini chuqur o‘rganish. Bu jinoyatchi bitta yoki ko‘p bo‘lishidan qat’i nazar muvaffaqiyatli muzokara olib borishning birlamchi asosidir. Bu masalaning murakkabligini hisobga olgan holda jinoiy guruhning har bir qatnashchisi o‘rnini aniqlash, uning imkoniyatlari, boshqa qatnashchilarga ta’sirini o‘rganish muhimdir.
Jinoyatchilar bilan muzokara olib borish majburiy xarakterga ega. Bu fuqarolar erkinligi, sog‘lig‘i, hayotini himoya qilish zarurati hamda boshqa huquqiy himoya qadriyatlari bilan bog‘liq.
Jinoyatchilar bilan muzokaralar olib borishning yana bir muhim xususiyati bor: ular ko‘pincha kim bilan muzokara olib bormoqchi bo‘lsa, o‘sha odamni tanlaydilar. O‘rganilgan holatlar qolib, muzokaralar jinoyatchilar bilan aloqasi yo‘q vositachilar yordamida olib boriladi.
Barcha tugallangan muvaffaqiyatli muzokaralardan olingan asosiy xulosa shuki, jinoyatchi garovga olinganlarning sog‘lig‘i va hayotini kafolatlasa muzokara o‘tkazishdan ma’no bordir. Muzokara davomida
garovga olinganlarga nisbatan zo‘rlik ishlatilmasligi uchun jinoyatchilar- ning talabi albatta qondirilishiga ishontirish kerak.
Garovga olinganlarni qutqarish uchun muzokara olib borishda quyidagi psixologik omillar hisobga olish kerak:
garovga olgan jinoyatchining shaxsi;
garovga olishning odatiy motivlari;
garovga oluvchilarning o‘zini tutishini oldindan ko‘rish;
muzokaralar o‘tkazish jarayoni;
muzokara olib boruvchi va psixolog maslahatchini ta’minlash;
muzokara olib boruvchi, rahbar va qutqaruv guruhi o‘rtasidagi o‘zaro harakat.
Muzokara olib boruvchining muhim kasbiy sifatlari:
hissiy barqarorlik va chidamlilik;
eshitish qobiliyati va muloqotga kirishimlilik;
o‘zgalarni asoslarga tayangan holda ishontirish va mantiqiy hukm chiqarishni bilish;
suhbatdoshining ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar oson psixologik aloqa o‘rnata olishi;
sog‘lom tafakkur va nozik didga egaligi;
noaniq holatlarda harakat qila olishi va mas’uliyatni o‘z zimmasiga ola bilishi;
muzokaraga jiddiy yondashishi;
agar muzokaralar ijobiy natija bermasa va garovdagilarning hayoti xavf ostida bo‘lsa, kuch ishlatib bo‘lsa-da ozod etishga yordam bera olishi.
Nima uchun odamlar garovga olinadi? Odamlarni garovga olishning motivlari turlicha bo‘lib, ularning hammasi ham ayon bo‘lavermaydi. Siyosiy terrorizmda xususan jamoatchilikka hokimiyat aholini himoya qilishga qodir emasligini singdirish haqida gap boradi. Shu bilan birga, odamlarni garovga olish ommaviy axborot vositalarining e’tiborini jalb qiladi. Terrorchilar shunday nizolar sonining ortishi oxir-oqibat aholi- ning qo‘zg‘alishi va hukumatni ag‘darib tashlashiga olib keladi, deb umid qiladilar.
Lekin garovga olishning birlamchi motivi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, ularni keyinchalik ushlab turish motivi o‘zgarishi mumkin. Masalan, bankni talash paytida fosh qilingan jinoyatchi avvaliga katta miqdorda pul talab qilishi, keyinchalik esa o‘zining jismoniy xavfsizligi yoki sudning muruvvati kafolatlanishi bilan qoniqishi mumkin.
Terrorchilar dastlab zudlik bilan siyosiy o‘zgarishlar yoki boshqa shartlarni talab qilish, lekin oxir-oqibatda ushbu shartlar yuzasidan muzokaralarga rozilik berishi mumkin. Odamlarni garovga olishning dastlabki motivi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, ko‘pincha ma’lum vaqt o‘tganidan keyin garovga oluvchi o‘z da’volarini kamaytirishga rozi bo‘ladi.
Garovdagilarning o‘zi muzokaralarda muhim rol o‘ynaydi. Garchi ularning har biri o‘zini turlicha tutsa-da, ba’zan xatti-harakatlardagi
«Stokgolm sindromi» degan nom bilan ma’lum bo‘lgan umumiy qirralar aniqlanadi. Bu sindromning o‘ziga xos belgilar to‘plami quyidagicha: