Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə91/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Maishiy turmush sohasidagi munosabatlar asosida sodir etiladigan jinoyatlarning umumiy profilaktikasi aholi orasida targ‘ibot va tashviqot ishlari orqali ta’sir etish hisoblanadi. Fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirish jarayoni tizimli amalga oshirishni talab etadi. Buning uchun ko‘rgazmali targ‘ibot vositalaridan, turli-tuman ijtimoiy ta’sir etish
vositasidan keng foydalaniladi. Targ‘ibot va tashviqot ishlari huquqiy va ma’naviy-axloqiy mavzulardagi ma’ruza, uchrashuvlar, yashash joylarida mahalla fuqarolik jamoalari faollari ishtirokidagi muhokamalar, televideniye va radio ko‘rsatuvlarda ishtirok etish hamda chiqishlar orqali amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi profilaktika ishlari profilaktika xodimlari tomoni- dan amalga oshirilib, unda maishiy turmush sohasidagi jinoyatlarning oldini olish hamda ogohlantirish maqsadida va amalga oshishi mumkin bo‘lgan salbiy xatti-harakatlarni bartaraf etishga yo‘naltirilgandir. Yakka tartibdagi profilaktik ishlarni amalga oshirishning quyidagi elementlari mavjud:

  • shaxslarni o‘rganish va ma’lumotlarni tekshirish hamda ularni operativ-profilaktik hisobga qo‘yish;

  • maishiy turmush sohasidagi qonunga xilof xatti-harakatlarni o‘rganib, shaxslarga ta’sir etish;

  • hisobga olingan shaxslarni doimiy ravishda yashash sharoiti va fe’l-atvorini kuzatib borish;

  • maishiy sohadagi nizoli vaziyatlar paydo bo‘lishiga omil bo‘luvchi ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish va uning huquqbuzarlikka ko‘chishining oldini olish;

  • jabrlanuvchilarga profilaktik ta’sir etish (viktimologik effektga erishish yo‘lida shaxslarning sun’iy ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga keltiruvchilar orasida);

  • vaqti-vaqti bilan yakka tartibdagi profilaktik tadbirlar natijalarini tekshirish va ularni psixologik tahlil qilish.

Maishiy turmush sohasida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishda yashash joylarida tashkil etiladigan tarbiyaviy ishlar muhim o‘rin tutadi va bunda dam olish jarayonlarini samarali tomonga burish lozim. Bu tadbirlarni ham umumijtimoiy chora sifatida asosan joylardagi hokimiyatlar faoliyatlari bilan uzviy bog‘liq tarzda kompleks yondashuv asosida amalga oshirish talab etiladi.
Aholining huquqiy jihatdan o‘zini tutish samaradorligini oshirishda omma o‘rtasida g‘oyaviy, mehnat va ma’naviy tarbiyaning o‘zaro birligini ta’minlash lozim. Bunda asosiy e’tibor asosan maishiy turmushda jinoyat sodir etishga moyil shaxslarga qaratilmog‘i zarur. Aynan shu kabi shaxslarda o‘zgalarning huquq va manfaatlariga hurmat bilan qarashni hamda jismoniy kuch ishlatishdek g‘ayriqonuniy xatti-
harakatlar bilan nizolarni hal etmaslik odatlarini shakllantirish katta ahamiyatga ega.
Voyaga yetmaganlar orasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish ishlarini tashkil etishning ijtimoiy- psixologik asoslari:

  • oiladagi ko‘ngilsiz voqealarning oldini olish;

  • maktabdagi ko‘ngilsiz voqealarning oldini olish;

  • o‘smirga ba’zi guruhlarning salbiy ta’sir etishi;

  • tarbiyasi qiyin o‘smirda o‘zini o‘zi tarbiyalash va o‘zini ko‘rsatishning paydo bo‘lishi.

Voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha inspektor profilaktik ishlari turli usullarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Tarbiyaviy ta’sir etish usullari yakka, guruhiy va ommaviy ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Yakka tartibda amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlar voyaga yetmaganlar bilan ishlashning asosiy ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Unga ko‘ra, voyaga yetmaganlarni hisobga olish, uni ichki ishlar organlari bo‘limlariga chaqirish, ishga joylashtirish, o‘quv muassasalariga qaytarish, maxsus o‘quv maskanlariga joylashtirish, sport va boshqa seksiya, to‘garaklarga jalb etish va rasmiy ogohlantirish kabi harakatlar amalga oshiriladi.
Nosog‘lom oilalar va norasmiy voyaga yetmaganlar guruhi guruhiy ko‘rinishdagi tarbiyaviy ishlarni olib borishda profilaktik tadbirlarning obyekti hisoblanadi.
Umumiy profilaktika choralari asosan beqaror oilalarning salbiy ta’sirini neytrallashtirish, muhtoj o‘smirlarga davlat va jamoat yordamini ko‘rsatish (vasiylik va homiylik o‘rnatish, mehribonlik uyi, maktab- internatga yuborish, o‘qishga yoki ishga joylashtirish), voyaga yetma- ganlarga ta’lim-tarbiya berish bilan shug‘ullanuvchi muassasalar faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish, o‘smirlarning dam olishini oqilona tashkil etish, voyaga yetmaganlar qonun hujjatlariga rioya etishi ustidan nazorat olib borish va hokazolarni nazarda tutadi.

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin