Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə94/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Obro‘-etibor murakkab bo‘lgan ijtimoiy-psixologik ko‘rinishlar tarkibiga kiruvchi bilimdonlik, kasbiy qobiliyat va tajriba, xizmat vazifalarini bajarishda faoliyatni tashkillashtirishda ifodalanadi.
Xodimning ish uslubi, faoliyati, shaxsiy hayot kechirish tarzi ko‘pgina omillarga: asab tizimi, xarakteri, yo‘nalganligi, qiziqishlari, ehtiyojlari va boshqalarga bog‘liq.
Profilaktika inspektorining ish olib borish usuliga quyidagi talablar qo‘yiladi:

  • qonunchilikka rioya etish;

  • kasbiy yo‘nalganlik;

  • qaror qabul qilish uquvi;

  • doimo o‘z kasbiy mahoratini takomillashtirib borish.

Jinoyatchilikning oldini olish hamda unga qarshi kurashni tashkil etish o‘ziga xos va maqsad sari yo‘naltirilgan, bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni ifodalovchi bir butun tizimdan iboratdir.
Shuning uchun ham jinoyatlarning oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik borasida olib boriladigan profilaktik ishlarni tashkil etishda quyidagi bosqichlar orqali zarur tadbirlar amalga oshiriladi:

  • huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi sabab va omillarini tahlil qilish;

  • profilaktik tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirishni rejalashtirish;

  • profilaktik faoliyat olib borishda ishtirok etuvchi shaxslarning ishlarini muvofiqlashtirish;

  • rejalashtirilgan, maqsad qilib qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish va olingan natijalarni psixologik tahlil qilish.

Profilaktika faoliyatini umumiy, yaxlit tizimda tashkil etish, tabiiyki, jamoatchilik fikri va aholining tashabbuskorligini e’tibordan chetda qoldirmaslikni taqozo etadi.
Shu sababli profilaktik ishlarni olib borishda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir:

  • profilaktik faoliyatni olib borishda turli huquqbuzarliklar va salbiy xatti-harakatlarni yuzaga keltiruvchi omillarni hisobga olish;

  • shaxsning ma’naviy shakllanishida muhim o‘rin tutuvchi ijtimoiy hayot tarzi va muhit (oila, maktab, ish joyi, dam olish joylari va h.k.) o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish;

  • jinoiy xatti-harakatlar va kriminogen vaziyatlarga nisbatan turli ijtimoiy tuzilmalar faoliyatini profilaktik tadbirlarga jalb etish;

  • turli soha vakillarini o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tarbiyaviy chora-tadbirlarni belgilanish

Profilaktika inspektorining tarbiyaviy ta’sir bir qator omillarga bog‘liq bo‘ladi: tashqi qiyofasi; tashabbuskorlik; obro‘-e’tiborga egaligi; demokratiya; eshitish qobiliyati; vaziyatni haqqoniy baholash va qabul qilmoq; mas’uliyat.
Profilaktika inspektorlari aholi bilan hamkorlikda faoliyat olib borishda muloqotning quyidagi jihatlariga e’tibor berishlari lozim:

  • suhbatdoshiga tushunarli bo‘lgan so‘z va birikmalarni tanlash, uning fikrlarini diqqat bilan eshitish;

  • huquqbuzar bilan muloqot davrida aniq, qisqa va xushmuomalalik bilan suhbat olib borish;

  • suhbatdosh tomonidan berilayotgan axborotga qiziqish bilan munosabat bildirish. Agar xodimga berilayotgan axborot tushunarsiz bo‘lsa, u holda aytilgan fikrlarni va ba’zi jumlalarni takrorlash xushmuo- malalik bilan so‘raladi;

  • suhbat davomida salbiy ta’sir etuvchi omillarga e’tibor qaratmaslik (qo‘ng‘iroqlar, begonalarni yo‘lakda yurishi va boshqalar);

  • suhbatdoshning mimika, jestlar va reaksiyalariga e’tibor berish. Suhbatdosh fikrlarini tugatgan bo‘lsa, olingan ma’lumotlar umum-

lashtiriladi, tahlil qilinadi, aniq dalillar oydinlashtiriladi, zarur bo‘lgan vaqtda dalillar bilan hujumga o‘tiladi. Xodimga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri eshitish qobiliyatining shakllanganligi hisoblanadi.
Profilaktika xodimlari ishlash usullarini takomillashtirish uchun kuzatish texnikasini yaxshi egallagan bo‘lishlar lozim. Xodimlarning kuzatish texnikasini egallashlari shaxsning hayotiy tajribasi, odatlari, ruhiy holati, hissiy barqarorligi, o‘z harakatlarini nazorat qila olishi, madaniyat darajasi, xarakter sifatlarini bilishga xizmat qiladi.
Xodimning rivojlangan kasbiy kuzatuvchanligi rivojlangan kasbiy diqqatlilik, sezgi va tasavvur a’zolarining mashq qilish orqali rivojlanganligi, hal etilishi kerak bo‘lgan vazifalar uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarni tez, to‘liq va aniq esda olib qolish, xotirada yaxshi saqlash va to‘g‘ri bayon etish bo‘yicha mashq qilganlik hisoblanadi.
Kuzatishning predmeti xodim uchun insonning tashqi ko‘rinishi, xatti-harakati va uning fikr-mulohazasi bo‘lishi mumkin. Inson qiyofasi, mimikasi (harakatlar ifodasi) uning vaqtinchalik psixik holati va voqealikka munosabatini to‘liq yoki qisman ifodalaydi. Shu sababli insonning yuz ifodasi kuzatishning asosiy obyektlaridan biri hisoblanadi. Mimika esa to‘rt asosiy psixik holatlardan birini ifoda etadi, bular:
xursandchilik, norozilik (xafa bo‘lish, alam, uyat va h.k.), g‘azab va qo‘rquv.
Keskin, nosamimiy mimika, yuzning qizarishi yoki oqarib ketishi, lablarning titrashi kuchli hissiy bezovtalanishni namoyon etadi. Nosamimiy mimika (masalan, qayg‘uli voqealar aytilgandagi kulgu) bo‘layotgan hodisalarga nisbatan o‘zining aniq pozitsiyasining yo‘qligi, o‘ziga ishonchsizlik va haqiqiy munosabatini yashirishda namoyon bo‘ladi. Jazava holatidagi namoyishkorona mimika odatda suhbatdoshni o‘ziga jalb etishga, unda qandaydir taassurot qoldirishga e’tiborini qaratadi. Sodda, ifodasiz mimika depressiv (ruhiy siqilish), tushkunlik holatida kuzatiladi.
Tashqi ko‘rinishga oro berish (soch turmagi, kiyim-bosh, zeb- ziynat), insonning xatti-harakat motivlari, o‘ziga munosabati, estetik tasavvuri, yashash tarzini ifodalaydi. Tashqi ko‘rinishga haddan tashqari oro berish (masalan, erkaklarda uzuk, zanjir, bilak uzuk taqish) qarama- qarshi jinsga yuqori darajada qiziqish, o‘zini ko‘rsatishga moyillikni anglatadi.
Tashqi ko‘rinishni bezashning ba’zi ko‘rinishlari ba’zi urf-odatlar, qiziqishlar, muayyan guruhlarning ma’naviyatini bildiradi.
Profilaktika inspektori shaxs yuz a’zolarining barcha harakatlarini kuzatishi aloqa o‘rnatishni muvofiqlashtiradi yoki to‘sqinlik qiladi. Ko‘pgina holatlarda to‘sqinlik, qarshilik qilish insonda ichki qo‘zg‘alish, o‘z-o‘zini nazorat qilishining o‘sishi, tashqi nosamimiylik, harakat- larning erkin emasligida o‘z ifodasini topadi. Bunday qo‘zg‘alishlarni hech kim to‘liq bartaraf eta olmaydi. Agar fuqaro suhbat mobaynida o‘zining ichki his-hayajonidan qutila olmasa, bunday holat uning nimanidir yashirayotgani yoki biror narsadan qo‘rqayotganini anglatadi.
Qo‘llarning harakati alohida e’tiborga ega. Shu sababli ko‘pgina insonlar o‘zlariga ishonmaganlarida, xijolat bo‘lganida, jur’atsizlikda ongli yoki ongsiz ravishda qo‘llarini yashiradilar. Xodimga samarali kuzatish olib borish uchun kasbiy va hayotiy tajriba zarur bo‘ladi. Shu sababli fuqaroning xar bir xatti-harakati sinchkovlik bilan tahlil qilinishi kerak.
Nutqli muloqot faqatgina og‘zaki nutq emas, balki jestlar, intonat- siya, pauza va mimikalar yordamida ham amalga oshiriladi. Nutqiy harakat obyekti so‘z boyligi, nutqning grammatik tuzilishi, ko‘rinishlari (monologik va dialogik), intonatsiya, nutq tempi, artikulatsiya va boshqalar hisoblanadi.
Nutqiy harakatlarning ba’zi birlari shaxsning emotsional holatlarini namoyon etadi: hissiy qo‘zg‘alish (g‘azab, qo‘rquv, shubhalanish va h.k.), nutq tempining o‘zgarishi, duduqlanish, pauzaning uzayishi yoki torayishi bilan davom etadi. Kuchli asabiy- ruhiy zo‘riqish nutqiy faoliyatni sekinlashtirishi, yaxshi ma’lum bo‘lgan so‘z va iboralarni esdan chiqishi, ularni qaytarilishi, talaffuzdagi xatolarni keltirib chiqaradi.



Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin