kommunikativxislatlar birinchi darajali ahamiyatga egadir.
1 Qarang: ВасильевВ.Л.Юридическая психология. – М., 2005. – С. 331.
2 Qarang: ЧуфаровскийЮ. Юридическая психология. – М., 2005. – С. 152–153; Унинг ўзи. – С. 205–206.
Tergovchining asosiy vazifalaridan biri mavjud nizoli vaziyatni to‘g‘ri baholash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan psixologik (moti- vatsion, aqliy, tarbiyaviy, emotsional va boshq.) to‘siqlarni hushyorlik bilan bartaraf etish hisoblanadi va bu juda muhimdir. Bunda esa unga vaziyatni tizimli tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish va aniqlash- tirish ijobiy yordam berishi mumkin. Tergovchi unga ko‘rsatilayotgan psixologik qarshiliklarni inobatga olishi va unga tayyor turishi lozim, chunki ular xolisona tergov qilishga xalal beradi. Tergovchi muayyan usulni tanlar ekan, uning harakat strategiyasi ushbu vaziyatda eng yaxshi strategiya ekanligini ko‘rsatadigan asosga ega bo‘lishi, o‘z tanlovini mustahkamlashga, miqdorga oid ma’lumotlar bilan asoslashga harakat qilishi kerak.
Ta’kidlash lozimki, tergovga faqat kurash xos emas, haqiqiy tergovchi uchun yanada ko‘proq darajada so‘roq qilinayotgan shaxsga nozik psixologik ta’sir ko‘rsatish, muloqot maromini to‘g‘ri tanlash zarur. Chunki insonni inson tomonidan idrok qilinishi munosabat mexanizmini yaratadi. Bundan maqsad jinoyatni ochish va jinoyatchi- likning oldini olish uchun ushbu shaxsning ichki ruhiy-emotsional holatlarini va hatto harakat yo‘nalishini o‘zgartirishdir.
Yuridik adabiyotlarda tergovda «psixologik reagent»dan foydalanish bilan bog‘liq taktik usullar qo‘llashga yo‘l qo‘yilishi ko‘rsatilgan. Bunday reagentlar vazifasini narsa, inson, fakt, hodisa, xabar bajarishi mumkin. Psixologik reagentlar ulardan foydalanishning asl maqsadiga ko‘ra muayyan tarzda tizimlash-tiriladi (misol uchun tergovchining «bexoslik» omilini ishga solishi gumonlanayotgan shaxsda xuddi uning sherigi fosh etilganday taassurot tug‘dirishi mumkin). Bunda aybsiz odamga u farqsiz bo‘ladi, aybdor ongida esa u jinoyat bilan bog‘lanadi va tegishli shartsiz reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Ushbu reaksiya ko‘pincha tashqaridan, masalan, shaxs qo‘llarining qaltirashi, yuz mimikalari va ovoz tembrlarining o‘zgarishi va hokazo- larda ko‘rinib turadi1. Ayblanuvchining har bir ko‘rsatmasini diqqat bilan tekshirib ko‘rish, o‘z faoliyatini qonun va axloq normalari doirasida yuritish tergovchiga qo‘yiladigan asosiy talablardan biridir.
Tergov jarayonida maxsus bilimlarni ishlatishning eng muhim shakllaridan biri tergovchi tomonidan jinoyatlarni tergov qilganda, ya’ni jinoyat voqeasi va uni sodir etgan shaxslarni aniqlashda, bevosita tegishli
1 Qarang: Селиванов Н. Этико-тактические вопросы расследования. – М., 1999. – С. 55.
faktik ma’lumotlarga alohida diqqat-e’tiborni qaratish bo‘lib, ulardan unumli foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi.
Tergov harakatlarini olib borishda ko‘pgina holatlarda voqeadagi mujmallik va har xil subyektiv sabablar kriminalistikadan, sud tibbi- yotidan mutaxassislarni jalb qilishni taqozo etadi, ikkinchi tomondan mutaxassisning fikri shartdir. Bunday shaxslar shu sohada maxsus bilim, ko‘nikma va tajribaga ega bo‘ladilar.
Tergov jarayoni psixologik tahlil obyekti sifatda quyidagilarga bo‘linadi.
Umumiy tergov jarayoni. Bunda tergovchi har xil umum faoliyat orqali maqsadga erishadi. Buning uchun turli tusmollar, operatsiyalar o‘ylanadi va ko‘pgina shaxslar yordamida amalga oshiriladi. Guvoh va gumon qilinayotgan shaxslar bilan muloqotga kirishish orqali ma’lu- motlarni yig‘ishda ichki va tashqi bir-biriga mantiqiy bog‘liqlik yuzaga keladi, uning ehtimollik darajasi ham har xil bo‘ladi.
Alohida tergov harakati. Bu ma’lum bir vaqtda bir nechta subyekt bilan bog‘liq bo‘ladi. Ushbu tergov jarayoniga ochiq rivojlanuvchi tizim sifatida qarash mumkin, bunda har bir shaxs alohida vazifani bajaradi.
Tergov jarayonini olib borish faoliyati aniq shaxslarga qaratiladi. Tergov faoliyatining obyekti shaxslar va ularning xatti-harakatlari hisoblanadi. O‘rganilayotgan obyekt tergov jarayonida nafaqat o‘rganish obyekti, shuningdek tarbiya subyekti hamda ma’lumot olish manbai hamdir, uning (subyektning) hissiy-emotsional holati va xatti-harakati tergov jarayoniga ijobiy yoki salbiy ta’sir qiladi. Jinoyatchi shaxsining faoliyatini o‘rganish spiral shaklida deb qarash mumkin, chunki spiralni bir uchi topilgandan keyin uning oxirini topish osonroq bo‘ladi, ya’ni faktlar bir-biriga ulanadi. Bizga ma’lumki, sodir qilingan jinoyat izsiz qolmaydi, qandaydir darajada, qandaydir hajmda psixologik iz qoladi, bu iz orqali jinoyatning tuzilishini idrok qilish va xayoliy modelini yaratish mumkin.
Tergov ishlarini olib borishda tergovchi nazariy fikrlar asosida, yig‘ilgan faktlarga suyanib eng qulay yo‘l tanlaydi va yakuniy xulosaga keladi. O‘tmishdagi voqealarni xotirada tiklashda faqatgina birinchi bosqichda hayotiy nazariy bilimlarga tayanadi va taxminiy voqealarning modelini tizimlashtiradi, faktlarni bir-biriga bog‘laydi, ish davomida faktlarni to‘ldirib boradi.
Bunda bilish jarayonlari tergovchining amaliy faoliyatini ham qamrab oladi. U faoliyatida ko‘proq o‘z bilimi, ko‘nikmasi va tajribasiga suyanadi. Tergov faoliyati davomida butunlay shu muammo bilan
yashaydi, shu muammo bilan nafas oladi. Tergov jarayonida ma’lumot- larning ko‘payib yoki juda ham kamayib ketishi tergovchi ishini og‘irlashtiradi. Bir qarashda hamma faktlar ishga taalluqliga o‘xshaydi, amalda esa keyinchalik ko‘pi puchakka chiqib ketadi. Bunday dalillar tergovchining qanday qiyinchiliklar va qaysi yo‘llar bilan obyektivlik muammosini yechayotganini ko‘rsatadi. Tabiiyki, bunday vaziyatlar tergovchidan kuchli irodaviy xislatlarni talab etadi.
Tergov harakatini olib borishda tergovchining ruhiy holati ham ko‘p narsani belgilaydi. Jumladan:
jinoyat sodir bo‘lganidan keyin jabrlanuvchilarning hissiy- emotsional holati tergovchida ruhiy o‘zgarishlarni yuzaga keltirishi;
jinoyat sodir bo‘lganidan keyin shaxsni aniqlashdagi holatlar;
yomon holatni yuzaga keltiruvchi obyektlar (masalan, murda);
tergov faoliyatida kutilmaganda voqealarning birdan o‘zgarishi (ko‘rsatmalaridan voz kechish hollari).
Tergov faoliyatida voqealarning xayoliy modelini tiklashda tergov- chi ikkita yo‘lni tanlaydi:
obyektiv borliqni qabul qilish (ya’ni xonalarni, narsalarni ko‘rish va hujjatlarni tekshirish);
og‘zaki, yozma xabar va dalillarni qabul qilish.
Dastlabki tergov faoliyatini olib borishda tergovchining quyidagi xususiyatlari muhim ahamiyatga ega:
o‘zi hissiyotini boshqara bilishi;
tergov davomida gumon qilinayotgan shaxsning ruhiy-emotsional holatini tushunishi;
shaxsning to‘liq gapirishi uchun sharoit yaratib berishi va uni eshita bilishi.
Tergov faoliyatida har xil soha kishilarini tergov qilish jarayonida tergovchi kerakli, zarur ma’lumotlarni oladi, lekin bu ma’lumotlar ham- ma vaqt ham aniq va ravshan bo‘lavermaydi. Shuning uchun ham turli voqea-hodisalar bilan taqqoslash, umumlashtirish, tajribali xodimlardan maslahat so‘rash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ishning samarali bo‘lishi hamda muvaffaqiyatli yakun topishiga olib keladi.