Voqea joyini ko‘zdan kechirish – tergovchi, surishtiruv organining xodimi, mutaxassislar va shohidlardan iborat bo‘lgan hamda tergovchi rahbarlik qiladigan murakkab, keng qamrovli faoliyat turi. Tergov- chining faoliyati bir qator operatsiyalardan tashkil topadi hamda bilish, izlash, tashkil qilish va ishonch hosil qilish elementlarida amalga oshadi. Ularni qisqacha tavsiflab o‘tamiz.
Faoliyatningbilishelementiquyidagilarni o‘z ichiga oladi: – vaziyatni, faktlar va hodisalarni idrok etish;
ular o‘rtasidagi sababiy aloqani aniqlash;
taxminlar, tusmollarni ilgari surish.
Faoliyatning qidirish elementi – jinoyatchining harakatlari tufayli kelib chiqqan o‘zgarishlarni izlash va topish; izlar, ashyoviy dalillarni olish.
Tergovchi faoliyatiningtashkiliy elementiko‘zdan kechirish vaqtida tezkor guruhga rahbarlik qilish harakatlarini (voqea joyining qo‘riqlanishini tashkil qilish, jabrlanuvchiga ko‘maklashish, vazifalarni ko‘zdan kechirish ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash kabilarni) o‘z ichiga oladi.
Tergovchi faoliyatining dalillash elementi o‘z ichiga ko‘zdan kechirish davomida topilgan izlar, ashyoviy dalillarni, aniqlangan faktlarni qayd etish, tasdiqlash va mustahkamlashni oladi.
Tergovchi voqea joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasini tuzadi, chizmalar tayyorlaydi; o‘zi yoki mutaxassis yordamida fotosurat, kino- surat, audio-video yozuvga olishni amalga oshiradi. Ko‘pincha voqea joyidagi barcha narsalar keltirilgan inventar ro‘yxatga o‘xshash bayonnomalar uchraydi. Tergovchi bu tariqa harakat qilganida ayrim holatlarning ahamiyati haqida o‘ylab o‘tirmaydi, qamrab olish mumkin bo‘lmagan narsani qamrab olishga harakat qiladi. Muvaffaqiyatsizlikka mahkum bo‘lgan bunday harakat ko‘zdan kechirish doirasini aniqlash, ushbu ish bo‘yicha muhim belgilarga e’tiborni qaratishga xalal beradi.
Tergovchining voqea joyini ko‘zdan kechirish chog‘idagi faoliyatining yuqorida sanab o‘tilgan tomonlarini ajratish muayyan darajada shartli xususiyatga ega. Amaliyotda tergovchining voqea joyini ko‘zdan kechirish jarayonidagi faoliyati doimo yaxlit birlikni tashkil qiladi.
Rus olimi V. L. Vasilyevning yozishicha, voqea joyini muvaf- faqiyatli ko‘zdan kechirish uchun quyidagi uchta vazifani aynan bayon etilgan ketma-ketlikda bajarish tavsiya etiladi.
Birinchi vazifa – tergov qilinayotgan hodisaga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamma ma’lumotlarni to‘plash. Bu bosqichda faqat bir tusmolga to‘g‘ri keladigan ma’lumotlarni to‘plash bilan cheklanmaslik kerak.
Ikkinchivazifa – to‘plangan axborotni tahlil qilish va shu asosda yuz bergan voqeani izohlaydigan tusmollarni yaratishga urinib ko‘rish.
Uchinchi vazifa – ilgari surilgan har bir tusmolni voqea joyidagi barcha holatlar bilan qiyoslashdan iborat. Bunday qiyoslash davomida barcha ziddiyatlar xolisona ta’kidlab o‘tilish lozim.
Agar ikkinchi vazifani bajarishda loaqal bitta, yetarlicha asoslangan tusmolni ilgari surish imkoni bo‘lmasa, tergovchi shoshilganligini tan olishi va birinchi vazifani (axborot to‘plash vazifasini) bajarishga qaytishi lozim.
Ilgari surilgan har bir tusmolni tekshirish chog‘ida ziddiyatlar aniqlansa, yana birinchi vazifani bajarishga qaytish, so‘ngra esa ikkinchi vazifaga o‘tish zarur1.
Voqea joyini ko‘zdan kechirish nafaqat jinoyat hodisalari haqida, balki shaxsning ko‘plab (jismoniy, biologik, psixologik) xususiyatlari to‘g‘risida ham ma’lumotlar olishga imkon beradi. Jinoyat insonning maqsadga qaratilgan ongli faoliyati turlaridan biri sifatida huquqbuzar shaxsining ko‘pgina xususiyatlarini aks ettiradi. Shu bois jinoyat sodir etilganida dalillar muqarrar ravishda yuzaga keladi, ularning yuzaga kelish jarayonining o‘zi esa qonuniy xususiyatga ega.
Voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov harakatiga psixologik tavsif berar ekanmiz, bu maxsus uyushtirilgan, reja asosida olib boriladigan kompleks tadbir bo‘lib, bunda asosiy vazifani tergovchi o‘ynaydi.