Tintuv o‘tkazish voqea joyini ko‘zdan kechirishdan farqli o‘laroq, tergovchining izlov faoliyati tintuv vaqtida ko‘pincha qidirilayotgan narsalar topilishidan manfaatdor bo‘lmagan shaxslar bilan bevosita muloqot sharoitida, o‘zlarining protsessual maqomiga ko‘ra tergovchi- ning harakatlari samaradorligini, individual psixologik, kasbiy xislat- larini va uning shaxsiga xos boshqa jihatlarni baholash uchun bevosita imkoniyatga ega bo‘lgan shaxslarning ochiqchasiga ruhiy qarshilik ko‘rsatishi sharoitida amalga oshiriladi2.
Tintuv psixologik jihatdan murakkab va o‘ziga xos tergov harakati hisoblanadi. Uning asosiy elementlaridan birini tintuv qilinayotgan shaxsga nisbatan majburlov choralarining qo‘llanishi tashkil qiladi. Tintuv vaqtida tergovchi va unda ishtirok etayotgan boshqa mansabdor shaxslar jinoyatni tergov qilish uchun zarur ma’lumotlar topish maqsadida uy-joy, turli imoratlar, hududlarni, kiyim-kechak va hatto insonning badanini ko‘zdan kechiradilar va tekshiradilar.
1 Qarang: ВасильевВ.Л. Юридическая психология. – М., 2001. – С. 352–353.
2 Qarang: РомановВ. В. Юридическая психология. – М., 1998. – С. 358.
Tintuv yashirilgan (ko‘pincha bila turib ongli ravishda yashirilgan) obyektlarni qidirib topish bo‘lib, ko‘zdan kechirishdan farqli ravishda tergovchiga ushbu harakat oldiga qo‘yilgan maqsadning ma’lumligi, shu bilan birga, qidirilayotgan obyekt qayerda ekanligini aniqlash yo‘llarining nihoyatda noaniqligi bilan ajralib turadi.
Tintuv – shaxslarni, predmetlarni, xonalarni ongli ravishda yashi- ringan obyektlarni topishda faol va maqsadga yo‘naltirilgan holda idrok etilgan, keyinchalik to‘plangan ma’lumotlarni analiz va sintez qilishdan iborat bo‘lgan tergov harakati. Tintuv o‘tkazish tergovchidan turli-tuman psixologik sifatlar, professional bilim, qobiliyat va malakani talab qiladi. U tintuv uchun ko‘maklashadigan omil, vaziyatlardan foydalana bilishi shart. Muayyan maqsadni ko‘zlaydigan kuzatuv hamda tintuv o‘tkazilayotgan joyda holatni to‘g‘ri tahlil qilish, qidiriluvchi va yashirinuvchi shaxs psixologiyasidan boxabar bo‘lish, tintuv qilinayotgan shaxs xulq-atvorini kuzatish tergovchi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu nuqtai nazardan tintuv ko‘p tabaqali faoliyat bo‘lib, unda ishtirok etayotgan xodimlararo harakatlarni muvofiqlashtirib olish, umuman har tomonlama tayyorgarlik va ishlarni rejalashtirishni talab etadi. Shuning uchun tintuv qilinajak obyektning hamda tintuv tartibining loyihasini tuzib olish, unda har bir mansabdor shaxsning vazifalarini belgilab qo‘yish, tergov bo‘linmasi bilan aloqa yo‘sinini ko‘zda tutish, xolislar tanlashni avvaldan o‘ylash kerak.
Tintuv o‘tkazishga oid tashkiliy ishlar odatda tergovchi zimmasiga yuklanadi. U o‘z harakatlari va boshqa ishtirokchilarning harakatlari aniqligi, bir-birini to‘ldirishi, uzluksizligi va samaradorligini ta’minlashi lozim.
Jumladan, tergovchi tintuv vaqtini tayinlaydi, tergov harakati ishtirokchilarini jamlaydi, zarur texnik vositalarni tayyorlaydi, zarurat tug‘ilganda mutaxassislarni jalb etadi, tintuv qilinajak joy egalarining shaxslarini o‘rganishni uyushtiradi, tintuvning eng maqbul taktikasini belgilaydi.
Tintuv paytida ma’lumot olishning asosiy usullaridan biri kuzatish va uning natijalarini darhol tahlil qilish hisoblanadi. Ayniqsa, tintuv qilinayotgan shaxs xulq-atvori juda ko‘p narsalarni aytib berishi mumkin. Bunday kuzatishdan imkoni boricha to‘laroq va haqqoniyroq natijaga erishish uchun bevosita tintuv vaziyatida tintuv qilinayotgan
shaxs xulq-atvorining psixologik qonuniyatlaridan har tomonlama boxabar bo‘lish zarur.
Tintuv o‘tkazish uchun turli soha mutaxassislarini ham jalb etish kerak, ular har bir narsaning mohiyatini, qo‘llanish sohasini, undagi nuqsonlarni, o‘ziga xos alomatlarini ilg‘ab olishga qodirdirlar.
Tintuv o‘tkazish uchun xonalarni xonadon egasi foydalanadigan chiroq nuridan ortiqroq darajada yoritish, tevarak-atrofni yaxshiroq idrok qilish sharoitini yaratish maqsadga muvofiqdir. Bu tintuv qilinayotgan shaxs oddiy yorug‘likda ko‘rmay, payqamay qolgan, yo‘qotishga ulgurmagan belgi va izlarni topib olish imkonini yaratadi.
Ko‘pchilik paytlarda tintuv qaltis vaziyatlarda, asabiy taranglik, murakkab psixologik muhit, nafrat, qahr-g‘azab kuchaygan vaqtlarda o‘tadi. Tintuv jarayonida mojaroli vaziyat tug‘iladigan bo‘lsa, ta’sir ko‘rsatish metodlaridan biri – buyruqqa bo‘ysundirish ham qo‘llanishi mumkin. Bu o‘sha zahoti tintuv qilinayotganning xulqi, organizmining asab-gumoral regulatsiya jarayoni o‘zgarishiga olib keladi.
Tergovchining ikkinchi muhim vazifasi – tintuv jarayonida tintuv o‘tkazilayotgan shaxs bilan og‘zaki muomala (kontakt) o‘rnatishdan iborat. Tintuv paytida tintuv qilinayotgan shaxsni imkoni boricha suhbatga tortish, u yoki bu predmetlarning zarurati haqida savollar berish ham muhim ahamiyatga ega. Uning so‘zlari ichki holatini, tergovchining ayrim harakatlariga yoki so‘z borayotgan narsaga munosabatini sezdirib qo‘yadi. So‘z ohangi, gapirish uslubi kishining haqiqiy kechinmalari, munosabati to‘g‘risida nisbatan ko‘proq ma’lumotlarni berishi mumkin.
Tintuv qilinayotgan shaxsning turli xatti-harakatlari:
tintuv ishtirokchilari diqqatini ayrim joy va predmetlardan chalg‘itish, tintuvga xalaqit berish va uni to‘xtatishga urinish;
ba’zi narsalarni olib qo‘yish yoki ularga kishilarni yaqin- lashtirmaslikka intilish;
tintuvning besamaraligi, ayrim obyektlarning hech qanday ahamiyati yo‘qligiga ishontirish kabilarda namoyon bo‘lib, unga nisbatan sezgirlik bilan munosabatda bo‘lishni taqozo etadi.
Tergovchi tintuv mobaynida axloqiy-etik me’yorlar doirasidan chetga chiqmasligi, boshdan oxirigacha xushmuomalalik bilan ish ko‘rishi, qo‘pollik, haqorat, qo‘rqitishga yo‘l qo‘ymasligi zarur. Tergovchi uyi tintuv qilinayotgan shaxsga nisbatan nafrat, g‘azab, jirkanish hislarini yashira olishi, o‘zini tuta bilishi, ayniqsa, xatti-
harakatlari bilan oilaning boshqa a’zolari izzat-nafsiga tegmasligi darkor. Tintuv paytida hujjatlarni, tintuv qilinayotgan shaxsning shaxsiy hayotiga oid guvohnomalarni, yozishmalar, suratlar, kundaliklarni ko‘zdan kechirayotganda tergovchilik odobiga rioya qilish talab qilinadi. Psixologik xarakterga ega muammolar tintuv boshidanoq paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ayblanuvchi yoki gumonlanuvchining uyiga kirishda shunday usulni qo‘llash kerakki, qarshilik ko‘rsatish, jinoyat qurollarini, qimmatbaho buyumlarni, muhim daliliy ashyolarni
yashirish yoki yo‘q qilishga imkon qolmasin.
Tintuv o‘tkazilayotganda ayblanayotgan shaxsning ma’lumoti, madaniyati, kasbi, bilimi, aql-idroki, qobiliyatini e’tiborga olish muhim- dir, bu daliliy ashyolarni yashirish joyi va usulini chamalab olishda katta yordam beradi. Shuni ta’kidlash kerakki, qurolni olib qo‘yish maqsadida o‘tkaziladigan tintuvda tintuv o‘tkazayotgan kishilar hamda shu yerdagi boshqa odamlarning xavfsizligini ta’minlash eng asosiy shartlardan biridir, shuning uchun tergov harakati boshlanishi bilan shaxsiy tintuv o‘tkazilmog‘i talab qilinadi. Ayblanuvchi va uning oila a’zolarini jinoiy ishda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin bo‘lgan narsa va hujjatlarni topish maqsadida boshdan-oyoq tintib ko‘rishni esa tintuv jarayonining oxirida o‘tkazgan ma’qul.
Tintuv mobaynida ayblanuvchini fosh etadigan predmetlarning topilishi uni og‘ir psixologik ahvolga solib qo‘yadi, ko‘pgina psixologik jarayonlarni izdan chiqarib, sodir etilgan jinoyatga daxlsizligini tasdiq- lashga urinishdan iborat irodaviy harakatlarini sustlashtiradi. Ana shuni hisobga olgan holda tintuv payti topilmagan ma’lumotlarni yangi holatlar bilan mustahkamlab olish maqsadida tintuvdan keyin darhol so‘roq va yuzlashtirishni o‘tkazish yaxshi samara beradi.
Tintuv joyida qat’iy intizom o‘rnatilishi, asosiy ishdan diqqatni chalg‘ituvchi ortiqcha gap-so‘zlarga yo‘l qo‘ymaslik, bekordan-bekorga xonama-xona yurish taqiqlanishi zarur.
Tintuv sodir etilgan voqea-hodisa joyini ko‘zdan kechirishdan yana shunisi bilan farq qiladiki, uning obyekt geografiyasi juda ham kengdir. Tintuv o‘tkazishda organ xodimlarining harakati, e’tibori jinoyatchining ataylab yashirgan narsalarini topishga qaratiladi. Tintuv o‘tkazishdan avval tintuv o‘tkazuvchining bunga to‘liq asosi bo‘lishi kerak.
Tintuvning psixologik o‘ziga xosligi:
tintuvning majburlash xarakteriga egaligi;
tintuvda ziddiyatli holatlarning yuzaga kelishi;
tintuvda aniq stress holatlarining mavjudligi;
tintuvda muammoli holatlarning mavjudligi.
Tintuv o‘tkazish dastlabki tergovning kechiktirib bo‘lmaydigan harakatlaridan biri bo‘lib, u jinoyatni ochishda jinoyat izlarini topish va ularni yo‘q bo‘lib ketishining oldini olishga qaratilgan harakatdir. Har qanday tintuv harakatlari o‘tkazilishida qonun tergovchi uchun asos bo‘ladi.
Tintuv olib borish yashiruvchi va qidiruvchi shaxslar psixologiya- sidagi qarama-qarshiliklar kurashidan iborat. Tintuv psixologik jihatdan og‘ir va o‘ziga xos tergov harakatlari hisoblanadi.
Yashirilgan narsani topish uchun tergovchi ikki turdagi faoliyatni amalga oshirishi lozim:
muayyan obyekt qayerda ekanligini topishdan iborat qo‘yilgan vazifani fikran hal qilish, buning uchun yashirgan shaxsning fikriy jarayonlari va harakatlarining ehtimol tutilgan ketma-ketligini ochib berish;
tergovchining o‘zi yashirilgan narsani izlab topish borasida harakat qilishi.
Tintuv qilinayotgan shaxsning boyliklar yoki jinoyat qurollarini yashirish borasidagi harakatlarining fikriy modelini tuzish tintuvga tayyorgarlik ko‘rishning majburiy elementi hisoblanadi. Buning uchun refleksiya usulidan foydalanish, ya’ni tergovchi o‘zini tintuv qilina- yotgan shaxsning o‘rniga qo‘yib ko‘rishi (kasbi, ma’lumoti, xarakteri va odatlarini, qiziqishlari va boshqalarni inobatga olishi) lozim.
Tergovchi tintuv o‘tkazilayotgan shaxsning obyektni yashirish usuli va joyi haqidagi masalani hal qilish chog‘ida uning fikrlash yo‘llarini bilishi juda muhim. Odatda har qanday inson obyektni yashirish haqidagi masalani mavjud amaliy imkoniyatlar, obyektning xususiyatlari, kasb- kori, kasbiy bilimlari va nihoyat, o‘zining aniq ruhiy holatlarini inobatga olgan holda hal qiladi. Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqadiki, tintuv o‘tkaziladigan insonning shaxsini, hayotining barcha shart- sharoitlarini avvaldan o‘rganish nihoyatda muhimdir. To‘plangan ma’lumotlar ko‘p jihatdan refleksiv tafakkur – yashirilgan obyektlarni izlash usullarini aniqlash imkoniyatlarini oshiradi.
Tintuv tergovchining asoslantirilgan qarori bo‘yicha amalga oshiri- ladi. Qarorga tintuv nima sababdan va qayerda o‘tkazilishi, shuningdek, qaysi boyliklar, narsa va hujjatlar olib qo‘yilishi lozimligi ko‘rsatiladi. Qarorda (u tintilayotgan shaxsga ko‘rsatilgani bois) oshkor etilishi tergovning borishiga xalal berishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar bo‘lmasligi kerak. Tintuv faqat prokurorning ruxsati bilan amalga
oshiriladi. Kechiktirib bo‘lmas vaziyatlarda u bunday ruxsatsiz ham o‘tkazilishi mumkin, ammo bir sutka ichida bu haqda prokurorga xabar berilishi shart.
Tintuvga, bir tomondan, tergovchi va tintuvning boshqa ishtirokchi- lari, boshqa tomondan, tintilayotgan shaxs maqsadlarining qarama- qarshiligi xosdir. Tintuvning majburlash xususiyatiga egaligi hamda unda ishtirok etayotgan shaxslar maqsadlarining qarama-qarshiligi deyarli doimo nizoli vaziyatlarni keltirib chiqaradi.
Tintuv, tergov harakati sifatida, yorqin ifodalangan izlov xususi- yatiga ega. Demak, ichki ishlar organlari xodimlari ayblanuvchi tomoni- dan yashirilgan jinoyat qurollari, narsa va boyliklarni topishlari zarur. Tergovchi tintuv o‘tkazayotganida odatda uni o‘tkazishning shart- sharoitlari, olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan obyektlar, ularning qayerda ekanligi haqida juda cheklangan ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Ushbu omillar tergovchining yashirilgan narsalar qayerda ekanligi haqida axborot olishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tintuv o‘tkazish tergovchidan psixologik sifatlari, kasbiy bilim, uquv va ko‘nikmalarini namoyon etishini talab etadi. U tintuvning muvaffaqiyatiga yordam beradigan omillardan foydalanishi kerak. Ularga quyidagilar kiradi:
tintuv o‘tkazishga psixologik tayyorgarlik ko‘rish;
tintuv o‘tkazilayotgan joydagi vaziyatni maqsadli kuzatish va to‘g‘ri tahlil qilish;
tintilayotgan shaxsning xatti-harakatini kuzatish va hokazo.
Tintuvning ijobiy yoki salbiy natijasi ko‘pgina holatlarda ushbu tergov harakatiga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rilishiga bog‘liq. Tintuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish ushbu harakatning o‘z vaqtida boshlanishi, rejali o‘tkazilishi, ishtirokchilarda muvaffaqiyatga bo‘lgan ishonchni ta’minlaydi. Yomon tayyorgarlik ko‘rish tasodifiy, tartibsiz izlovlarga, tintuv o‘tkazayotgan shaxslar harakatining nomuvofiqligiga va oxir oqibatda muvaffaqiyatga ishonchsizlik hissi paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Tergovchi tintuvga tayyorgarlik qilayotganida quyidagi savollarga javob topishi tavsiya etiladi:
nimani izlash kerak, qidirilayotgan narsa qanday ko‘rinishga ega (shakli, rangi, hidi va h.k.);
qidirilayotgan obyekt nima; obyektning maydoni, relyefi, tuzilishi, xonalari, eshiklari va derazalarining soni hamda joylashuvi, mebel va uning joylashuvi va hokazo;
obyektda tintuv o‘tkazilayotgan paytda tintilayotgan shaxsdan
boshqa yana kim bo‘lishi mumkin;
obyektning sun’iy va tabiiy yoritilishi qanday;
obyektda telefon va boshqa aloqa vositalari (ratsiya, qo‘ng‘iroq, selektor va sh.k.) bormi;
tintilayotgan obyekt chizmasi va unda tintuv o‘tkazish tartibini, har bir mansabdor shaxs uchun vazifalarni aniq taqsimlagan holda tuzish;
shohidlarni tanlash masalasini oldindan o‘ylab ko‘rish;
tergov bo‘linmasi bilan aloqa usullarini (telefon, radio, selektor) nazarda tutish kerak.
Tergovchi yuqorida keltirilgan savollarga tintuv o‘tkazilguncha qanchalik batafsil javob bersa, tintuv o‘tkazish paytida kutilmagan holatlar shunchalik kam va uning muvaffaqiyatli o‘tishi uchun imkoniyat shunchalik ko‘p bo‘ladi.
Kuzatuv tintuv o‘tkazilayotgan obyektlardan tashqari, hayvonlar va qushlarning xatti-harakatini ham qamrab olishi mumkin. Ular ko‘pincha yashiringan inson yoki yashirilgan ashyolar qayerda ekanligidan xabar beradi. Ma’lumki, uy hayvonlarining ko‘pchiligi murdani sezib bezovtalanib qoladi, itlar ularning hududida begona odam bo‘lganida asabiylashadilar va hokazo.
Muayyan ish bilan band bo‘lgan insonning ko‘pgina xato va kamchiliklari tashqaridan ko‘proq sezilishini nazarda tutish lozim. O‘zini o‘zi nazorat qilish ruhiy harakat sifatida boshqa shaxsning faoliyatini nazorat qilishga qaraganda qiyinroq vazifa ekanligi bilan bog‘liq. Shu bois tintuv o‘tkazilayotganida qidirayotgan shaxsning kamchiliklarini qayd etadigan va ularni birovga sezdirmay, masalan, qidirayotgan shaxsga yaqinlashib, sezdirmasdan, ilgaridan kelishilgan usulda bildira- digan, qo‘shimcha tekshirish kerak bo‘lgan narsaga e’tiborini qarata- digan (qutini sug‘uradigan, eshigini ochadigan va h.k.) tashqi kuza- tuvchiga ega bo‘lgan ma’qul.
Tintuv samarasi tergovchida maqsadga qaratilgan harakat va barqaror diqqat bo‘lishini taqozo etadi. Diqqat deganda, psixologiyada ongning shaxs uchun ahamiyatga ega bo‘lgan muayyan obyektga qaratilganligi tushuniladi. Tintuv vaqtida diqqat ixtiyoriy, irodaviy xususiyatga ega bo‘ladi, tergovchi undan ko‘zlangan maqsadga erishish
uchun foydalangani bois, diqqatini saqlab qolish va boshqa ta’sir manbalariga chalg‘imaslik uchun jamlashga muayyan darajada harakat qiladi.
Diqqatni barqaror holda uzoq vaqt saqlashning ma’lum qiyinchi- liklari mavjud. Izlash ishlarining o‘ziga xos xususiyati, chalg‘ituvchi omillarning mavjudligi asta-sekin charchoq yig‘ilishiga, jumladan diqqat chalg‘ishiga olib keladi. Shu bois tintuv uzoq cho‘zilgan va qiyin kechgan hollarda muayyan vaqt oralig‘ida qisqa muddatli tanaffuslar qilgan ma’qul. Biroq tintuv jarayonida chalg‘imaslik, belgilangan aniq rejaga rioya etish muhim. Tintuv ishtirokchilari vaqti-vaqti bilan izlov ishining xususiyatini o‘zgartirib turishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi (masalan, tergovchi ayblanuvchining shaxsiy yozuvlarini ko‘zdan kechirgandan keyin mebel narsalari orasida mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan yashirin joylarni izlashga o‘tishi va h.k.).
Tintuv o‘tkazuvchi shaxslar jinoyatchilar maxfiy va turli buyumlar saqlanadigan joylar tayyorlashda ba’zan bir qator psixologik omillarni inobatga olishlarini nazarda tutishlari kerak. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
charchash va avtomatizm omillari paydo bo‘lishini hisobga olish. Masalan, qidirilayotgan hujjatni ko‘pincha kitob javonining o‘rtasida turgan kitob ichiga qo‘yadilar. Bunda kitoblar javonning u yoki bu chekkasidan boshlab ko‘zdan kechirilishi, javon o‘rtasiga borganda esa muayyan avtomatizm, charchoq paydo bo‘lishi, tergovchi kitobning har bir betini varaqlamasligiga umid qilinadi;
hazar qilishni nazarda tutish (yashirilayotgan narsalar go‘ng ichiga ko‘miladi, hojatxonaga tushiriladi va h.k.);
tergovchining odobi va boshqa olijanobliklariga umid qilinadi (obyektlar og‘ir bemor shaxsning krovatiga, go‘dak krovatiga, yaqin qarindoshlarining qabriga yashiriladi va h.k.);
narsani yashirishda atayin beparvolikka yo‘l qo‘yiladi (yuzada qoldiriladi);
boshqa maxfiy joylar yasash orqali e’tibor chalg‘itiladi. Bunda birinchi bo‘m-bo‘sh maxfiy joy topilganida qolgan xuddi shunday maxfiy joylar ko‘zdan kechirilmasligiga umid qilinadi;
qidirilayotgan obyektni olib qayta yashirish uchun e’tiborni chal- g‘itish maqsadida tintuv vaqtida nizo keltirib chiqarishga umid qilinadi.
Sanab o‘tilganlarni sinchiklab tahlil qilish tergovchiga tintuv o‘tka- zish vazifalarining birinchi qismini – tintilayotgan shaxsning harakat- larini fikran bilib olish masalasini muvaffaqiyatli hal qilishga olib keladi. Tintuv o‘tkazish uchun har bir buyumning mohiyatini, vazifasini yaxshiroq biladigan, buyumning vazifasidan og‘ishlarni sezadigan, uning xususiyatlarini aniqlay oladigan mutaxassislarni jalb qilish zarur. Masalan, adabiyotlarda tintuvda ishtirok etish uchun duradgor, quruvchi va santexnik taklif etilganligi bois maxfiy joy topilgan tintuv misoli keltiriladi. Tergovchining obyektlarni idrok etishi ushbu obyektlarning mutaxassislar tomonidan idrok etilishi bilan to‘ldirilgan. Ular u yoki bu ta’mirlash qancha vaqt ilgari va qaysi maqsadda o‘tkazilganligini aniq- lashga yordam berganlar, obyektlarning qismlari aslida qanday nisbatda
bo‘lganligini aniqlaganlar va hokazo.
Tintuv o‘tkazishda vaziyatni idrok qilish uchun tintuv o‘tkazila- yotgan kvartirada shaxs odatda foydalanadigan yoritishga qaraganda yaxshiroq sharoit yaratadigan yoritish moslamasi o‘rnatilgani ma’qul. Bu hol odatdagi yoritishdan tintilayotgan shaxs obyektni yashirayotganida ko‘rmagan belgi va izlarni aniqlashga imkon beradi.
Tergovchining tintuv o‘tkazishdagi faoliyati quyidagi psixologik tuzilishdan iborat:
kerakli axborotlarni yig‘ish;
yashiruvchining xayoliy modelini tuzish;
oldiga qo‘yilgan qidiruv tusmollarini idrok qilish.
Tintuv o‘tkazishda turli obyektlar axborot manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Masalan:
tintuv o‘tkazilayotgan xona;
alohida buyumlarning joylashishi;
tintuv o‘tkazilayotgan shaxsning xulqi;
qush va hayvonlarning o‘zini tutishi.
Tintuv o‘tkazilayotgan xonadagi vaziyat gumon qilinuvchi shaxs- ning qanday xususiyatlarga ega ekanligini o‘zida aks ettiradi. Masalan, uning ijtimoiy mavqe, madaniyat darajasi, didi, ehtiyojlari, qarashlari, qiziqishlari, moyilligi, xarakterning belgilari va hokazo.
Tintuv qilinayotgan xonadagi predmetlarning joylashishi ham axborot manbai bo‘lishi mumkin. Biz hayotda tipik holatlar to‘g‘risidagi alohida stereotiplarni qoidaga ko‘ra qo‘llaymiz. Masalan, u yoki bu kategoriyalarda kishilar xonadonidagi predmetlar soni, rassom, olimlar, sportchilar, musiqashunoslar, shahar va qishloqda yashovchilarda bu to‘la oqlangan. Shuning uchun ham gumonlanuvchi xonadonda uning
moddiy holatiga yoki yashash tarziga, qiziqishlariga to‘g‘ri kelmaydigan predmetlarning topilishi tergovchining diqqat va e’tiborini o‘ziga tortishi albatta tabiiydir.
Yashirilgan joy to‘g‘risida eng zo‘r manba gumonlanuvchining tintuv o‘tkazilayotgan vaqtdagi xulq-atvori va reaksiyasi hisoblanadi. Gumon qilinayotgan shaxsning ruhiy holati qidirilayotgan obyekt qayerda joylashganligini aniqlashda indikator bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, tintuv juda kuchli xavotirga olib keluvchi kuch hisoblanadi, shaxsda kuchli emotsional holatni yuzaga keltiradi, natijada uning reaksiyasi va xulq-atvori ham to‘liq o‘zgaradi. Ma’lumki, inson reaksiyasi ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlarga bo‘linadi. Ixtiyorsiz reaksiya boshqarilmaydi va quyidagilarda namoyon bo‘ladi: yuzning oqarib ketishi, qizarishi, qo‘lning qaltirashi, tez-tez nafas olish, terlab ketish, ovozining o‘zgarishi, harakat yo‘nalishining buzilishi, duduqlanishi va boshqalar. Ushbu qayd etilgan belgilarning tintuv o‘tka- zilayotgan shaxsda kuzatilishi tergovchining qidirilayotgan obyektga yaqinlashayotganini bildiradi.
Tergov amaliyotida shunday holatlar kuzatilganki, qush va uy hayvonlarning harakatlari murakkab va chigal jinoyatlarni ochishda katta yordam bergan.
Jinoyatchilar ko‘pchilik holatlarda tintuv o‘tkazilishini oldindan biladilar va shuning uchun ham jinoyat qurolini, predmetlarni, jinoiy yo‘l bilan topilgan qimmatbaho narsalarni ishonchli joylarga yashirishga harakat qiladilar. Tergovchi qidirilayotgan buyumni topish uchun yashiruvchi shaxsning psixologiyasiga kirishi lozim. Yashiruvchi shaxs psixologiyasining mohiyati tintuv o‘tkazayotgan shaxs yashirilgan buyumlarga yetib bormasligi sharoitini yaratishdan iborat bo‘ladi. Ushbu maqsad uchta o‘zaro bog‘liq vazifalarni hal qilishga, ya’ni maqsadga erishishga sharoit tug‘diradi.
Yashiruvchining predmet va obyektlarni yashirishda hal qiladigan vazifalari:
yashirish joyini tanlash;
yashirish joyini niqoblash;
tintuv va uni kuzatuv jarayonidagi xatti-harakati va xulqi yo‘nalishini tanlash.
Ko‘pchilik hollarda yashirish joyini tanlash jinoyatchining yashash sharoiti, masalan, uydagi xonalar, ularning soni, dala hovlisi, transportlar soni va boshqalar bilan chegaralanadi. Bundan kelib chiqadiki, bunday sharoitning ko‘pligi jinoyatdan qo‘lga kiritilgan buyumni yashirish joyini
tanlash imkonini yaratadi. Bundan tashqari, yashirish joyini tanlashga alohida subyektiv omillar ham ta’sir qiladi.
Yashirish joyini tanlashga ta’sir qiluvchi subyektiv omillar:
jinsi va yoshi;
professional bilimi va qobiliyati;
qiziqishi va mashg‘uloti;
yashirilayotgan obyektga nisbatan shaxsning munosabati;
harakatli belgilari;
madaniy va intellektual darajasi.
Erkaklardagi maxsus qiziqishlar, ya’ni bilimi, qobiliyati, texnik bilimlari elektr asbob-uskunalar korpusida, ayollardagi esa ko‘pchilik hollarda kundalik ehtiyoj predmetlari orasida, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari va tuzlangan meva-sabzavotlar ichida saqlashiga olib keladi.
Kriminalistik va psixo-yuridik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, yashirish joyini va usulini aniqlashga kasbiy bilim va qobiliyat katta ta’sir qiladi. Bizga ma’lumki, kasb shaxsning ko‘p tomonlarini, masalan, uning qiziqishlari, yo‘nalishlari, qarashlari, bilimlari, eslash qobiliyati, kuzatuvchanligi va boshqa tomonlarini belgilab beradi. Shunday holat mavjudki, yashirilgan joy qo‘g‘irchoq qush (chuchelo) bo‘lib chiqqan, bunga sabab yashiruvchi shaxs ovchilik bilan shug‘ullangan, lekin o‘zi santexnik bo‘lib ishlagan.
Yashirilayotgan obyektga nisbatan shaxsning munosabati, ya’ni jinoyatchi yashirilgan obyekt va qimmatbaho narsalarga hech qachon befarq bo‘lmaydi. Chunki yashirilgan predmet qanchalik katta miqdor- dagi qiymatni tashkil etsa, jinoyatchi shunchalik o‘ziga yaqin joyga yashiradi. Ya’ni xohlagan vaqtda uni ko‘rib turishiga imkoniyati bo‘lishi kerak yoki uning aksi, agar bu buyum jinoyat quroli bo‘lsa, jinoyatchi undan shunchalik tezroq qutulishga, ya’ni uni hech qachon ko‘rmaslikka harakat qiladi.
Shuningdek, xasis va birovga ishonmaydigan inson, shu vaqtning o‘zida qimmatbaho narsalarni o‘ziga yaqinroq joyga yashirishga harakat qiladi, ya’ni uning daxlsizligini tekshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Qo‘rqoq va xayolparast shaxs esa bunday predmetlarni yiroqroqqa yashi- rishga harakat qiladi.
Jinoyatchining madaniy va intellektual darajasi o‘ta muhim hisoblanib yuqorida qayd etilganlarning har biri bilan bevosita bog‘liq.
Ularning madaniy va intellektual darajasining yuqoriligi tintuv o‘tkazilishini qiyinlashtiradi. U jins bilan bog‘liq bo‘libgina qolmay, balki kasb bilan ham o‘zaro bog‘liqdir.
Jinoyatchining yashirish joylarini tayyorlashda hisobga oladigan psixologik omillari:
organ xodimining charchash vaqti;
organ xodimini iflos predmetlardan nari yurishi;
tergovchining tajribasizligi va e’tiborsizligi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, tergovchining charchog‘i uning diqqatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tintuv uzoq cho‘zilgan va katta jismoniy zo‘riqish bilan kechgan taqdirda dam olish uchun tanaffuslar qilish zarur. Shuni nazarda tutish kerakki, jinoyatchilar ko‘p hollarda aynan tergovchining charchashiga umid qilib ish ko‘radilar.