Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə98/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Birinchidan, so‘roq qilinayotgan shaxs voqea joyida bo‘lgan voqeaning mexanizmini namoyish qilish, voqeani xotirada qayta tiklash,
u haqida yanada to‘liq, har tomonlama va obyektiv ko‘rsatmalar berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ikkinchidan, voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘rish jarayonida tergovchi ko‘rsatmalarni faqat eshitibgina qolmay, balki ularni ifodalovchi harakat- larni bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi, ko‘rsatilgan buyumlar, bino, yer uchastkalarini tekshirilayotgan ko‘rsatmalarga taqqoslash asosida yaxshiroq tushunib oladi.
Uchinchidan, voqea sodir bo‘lgan joyda ko‘rsatmalarning qaytari- lishida va natijalarini qayd qilishda faqat aniq shaxsning ko‘rsatmalari ifodalanmay, balki boshqa qatnashchilarning harakatlari, xonadagi buyumlar, izlar shuningdek, real sharoit, vaziyat bilan olingan faktik holatlar ham qayd qilinadi.
Shu bilan birga, mazkur tergov harakatini o‘tkazishda albatta xolis guvohlarning ishtirok etishi talab qilinadi. Voqea sodir bo‘lgan joyda ko‘rsatmalarni tekshirish jarayonida faqat joyning, binoning, shaxs ko‘rsatgan yer maydonlarining o‘zigina tekshiriladi va qayd qilinadi. Agar ko‘rsatmada qayd etilgan joy ilgari tekshirilgan bo‘lsa, tekshiruv va tintuv vaqtida narsalarning holati o‘zgartirilgan, hatto ular tergov ishiga qo‘shib qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Bunday o‘zgarishlar psixologik nuqtai nazardan ko‘rsatmalarni to‘g‘ri berishga sharoit yaratadi. Shaxs so‘roq qilib bo‘linganidan keyingina uning ko‘rsatmalarini voqea joyida tekshirish mumkin.
Tergov harakatlarini ishlab chiqishda voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘rishning taxminiy 7 ta holati mavjud:

  1. voqea sodir bo‘lgan joyni umumiy holda ko‘rish;

  2. yon-atrofdagi joylarni ko‘rish;

  3. xonalarni ko‘rish;

  4. predmetlarni ko‘rish;

  5. xonadagi hujjatlarni ko‘rish;

  6. agar shaxs o‘lgan bo‘lsa, jasadni ko‘rish;

  7. pochta, telegraf, xatlarni ko‘rish.

Dastlabki tergov harakatlarini ishlab chiqishda tergovchi quyidagi uchta asosiy vazifani yechishga harakat qiladi:

  1. tergov jarayoniga aloqador bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish va hisobga olish;

  2. yig‘ilgan hujjatlarni fikran tahlil qilish va taxminiy xulosalarga kelish;

  3. voqea sodir bo‘lgan joydan yig‘ilgan materiallarni analitik nuqtai nazardan tahlil qilish.

Ko‘riladigan ishning samaradorligi va sifatini oshirishda, jinoyat- ning turini aniqlashda psixologiya fanining ahamiyati o‘ziga xosdir.
Ko‘rsatmalarni hodisa joyida tekshirishning psixologik funksiyasi ikki manbani o‘z ichiga oladi. Birinchisi, so‘roq qilinayotgan shaxsning ichki ruhiy holati, individual psixologik xususiyatlari, ikkinchisi, hodisa joyidan olingan ko‘rsatmalar va haqqoniy axborotlardan iboratdir.
Ko‘rsatmalarni hodisa joyida tekshirish ilgari berilgan ko‘rsatma- larni mazmunini aniqlashtiradi. Tergovchining so‘roq qilinayotganga beradigan savollari uning ruhiy-emotsional holatiga ta’sir qiladi va obyektlarni aniqlashga imkoniyat yaratadi, so‘roqdagi shaxsning yolg‘on gapirishiga yo‘l quymaydi, ko‘rsatmalarni oydinlashtiradi.


yangi dalillarni topish



Ko‘rsatmadagi




Jinoyatni

ziddiyatlarni

keltirib

topish, soxta

chiqargan

ko‘rsatmalarni

sabab va

fosh etish

sharoitni




aniqlash

Shunday ekan, voqea joyini ko‘zdan kechirish moddiy obyektlar, ularning belgilari hamda hodisani tergov qilish uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan, u yuz bergan va izlari topilgan makondagi o‘zaro aloqalarni aniqlash hamda bevosita tadqiq etishdir. Voqea joyini ko‘zdan kechirish yuz bergan jinoiy hodisa haqidagi ma’lumotlarni, jinoyat ishini ko‘rib chiqish uchun ahamiyatga ega masalalarni hal qilishda faol, maqsadli idrok etish, tahlil qilish va olingan axborotni sintezlash sifatida ta’rif- lanadi. Tergovchining voqea joyini ko‘zdan kechirish chog‘idagi


faoliyatini, shuningdek, har xil ma’lumotlarni qidirib topish va ishlatish hamda protsessual jihatdan qayd etish orqali jinoiy voqeaning fikriy modelini tuzish jarayoni sifatida ham ta’riflash mumkin.
Har bir jinoyat moddiy vaziyatda muayyan o‘zgarishlarga uchraydi va odamlarning ongida o‘z aksini topadi. Voqea joyidagi vaziyatning o‘zgarishi aniqlanishi, qayd etilishi, tekshirilishi va dalil sifatida foydalanishi mumkin.
Voqea joyini ko‘zdan kechirish odatda birlamchi tergov harakat- lariga kiradi, shaxsga qarshi o‘ta xavfli jinoyatlarga doir ishlarning aksariyati esa voqea joyini ko‘zdan kechirishdan boshlanadi. Bunda ishning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi ko‘p jihatdan to‘g‘ri tusmolning ilgari surilishiga bog‘liq. Boshqa tomondan, u ko‘p hollarda tergovning borishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, uni noto‘g‘ri yo‘ldan ketishiga yoki boshi berk ko‘chaga kirishiga olib keladi.
Voqea joyini ko‘zdan kechirish jinoyat izlarini, boshqa ashyoviy dalillarni topish, voqea holatlarini, shuningdek, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlarni aniqlash maqsadlarida o‘tkaziladigan mustaqil tergov harakati hisoblanadi. Shu bilan birga, ko‘zdan kechirish boshqa tergov harakatlari – ushlab turish, tintuv o‘tkazish, olib qo‘yish, tergov eksperimenti, ko‘rsatmalarni voqea joyida tekshirish kabilarning tarkibiy qismi bo‘lishi ham mumkin1.
Voqea joyini ko‘zdan kechirish almashtirib bo‘lmas tergov harakati hisoblanadi, chunki ko‘zdan kechirish chog‘ida olinadigan ma’lumotni aksariyat hollarda boshqa joydan topish, boshqa tergov harakatlarini o‘tkazish orqali olish mumkin bo‘lmaydi. Masalan, jinoyatchining oyoq va qo‘l izlari, uning buzish qurolini qo‘llash usullari ana shularga misol bo‘la oladi. Tergovchi voqea joyidagi obyektlarni o‘rganish jarayonida bilishning tergov yo‘nalishini belgilash va voqealarning haqiqiy xususiyatini aniqlash imkonini beradigan faktlar va holatlarni topishga qaratilgan turli xil shakl va usullaridan foydalanadi2.
Voqea joyidagi holatni idrok etish tergovchiga hodisaning manzarasini tasavvur qilish imkonini beradi, tusmollarni ilgari surish, boshqa tergov harakatlarini o‘tkazish uchun zarur empirik baza yaratadi.



1 Qarang: Чуфаровский Ю. Юридическая психология. – М., 2005. – С. 158.
2 Qarang: Шмидт А. А. Сущность и понятие осмотра места проис- шествия. Следственные действие (криминалистические и процессуальные аспекты). – Свердловск, 1999. – С. 89.
Albatta, hech qanday hujjat tahlili, bayonnomalar, chizmalar, fotosuratlar bevosita ko‘rishning o‘rnini bosa olmaydi, ana shuning uchun ham avvalgi yillarda sodir etilgan va ochilmagan jinoyatlar ishlash uchun qabul qilinganida, vaziyat katta o‘zgarishlarga uchragan hollarda ham voqea joyida bo‘lish va u bilan tanishish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Juda ko‘p hollarda voqea joyini ko‘zdan kechirish tergovning boshlang‘ich bosqichiga xos bo‘lgan noaniq tergov vaziyati sharoitida o‘tkaziladi. Bunda nima yuz bergani, ya’ni jinoyat, baxtsiz hodisa, uyushtirilgan voqea, agar jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, u qanday jinoyat, uni kim va nima uchun sodir etishi mumkinligi aniqlanadi.
Ko‘zdan kechirish tergov harakatining o‘ziga xosligini uning kechiktirib bo‘lmas xususiyatga egaligi ham tashkil etadi. Aksariyat boshqa dastlabki tergov harakatlaridan farqli ravishda voqea joyini ko‘zdan kechirish zudlik bilan o‘tkazilishi kerak. Har qanday kechikish vaziyatning o‘zgarishiga, iz va dalillar yo‘qolishiga, voqea shohidlari va guvohlari ish uchun muhim holatlarni unutishiga olib kelishi mumkin. Bunday sharoitda tergovchida ko‘zdan kechirishga, uning taktikasini o‘ylab ko‘rishga, maslahat olishiga yetarli vaqt bo‘lmaydi. U juda tez harakat qilish kerak, aks holda yo‘l qo‘ygan xatosini tuzatish qiyin kechadi, bu dalillar o‘rnini to‘ldirib bo‘lmas darajada yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Bularning bari tergovchida yuqori darajadagi mas’uliyat hissini yuzaga keltiradi, yosh, yetarli tajribaga ega bo‘lmagan xodimlarda esa ko‘pincha «xato qilishdan qo‘rqish» deb atash mumkin bo‘lgan o‘ziga xos holat yuzaga keladi. Bu ortiqcha hayajonlanish, o‘zini yo‘qotish, shoshma-shosharlik, oqilona faollikning, maqsadga muvofiq- likning pasayishida namoyon bo‘ladi, aniq fikriy faoliyat yurita olmaslikka, ko‘zdan kechirish ishtirokchilarining harakatlarini to‘g‘ri boshqarishda qobiliyatsizlikka olib keladi. Ayni vaqtda shu narsa yaxshi ma’lumki, malakali tergovchilar xuddi shunday murakkab vaziyatda nafaqat tez, balki maqsadga yo‘naltirilgan tarzda, butun diqqat-e’tiborini jamlagan holda harakat qiladilar. Ularning kuzatuvchanligi, fikriy faoliyati kuchayadi, ular ko‘zdan kechirishning borishiga mohirlik bilan rahbarlik qiladilar. Umuman olganda, bunday tergovchilarda barcha ma’naviy va jismoniy kuchlar safarbar etiladi1.
Voqea joyiga chiqish uchun tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida tergov- chining bo‘lg‘usi faoliyatga ruhiy jihatdan tayyorlanish zarurati yuzaga



1 Qarang: Глазырин Ф. В. Психология следственных действий. – Вол- гоград, 1993. – С. 7.
keladi. U voqeaning xususiyatiga qarab o‘z harakatlarining umumiy tartibini modellashtiradi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan to‘siqlarni bartaraf etish yo‘nalishlarini shakllantiradi.
Voqea joyini ko‘zdan kechirish ishtirokchilarining qarashlari psixologik jihatdan mos kelishi ham alohida ahamiyatga ega. Tergovchi hokimiyat vakolatiga ega bo‘lsa-da, shaxslararo munosabatlarning psixologik jihatlarini ham e’tibordan chetda qoldirmasligi kerak. Uning ko‘zdan kechirish ishtirokchilari bilan ish yuzasidan xushmuomala munosabatda bo‘lishi bir guruh shaxslar ishtirok etadigan voqea joyini ko‘zdan kechirishni muvaffaqiyatli o‘tkazishning muhim shartidir.
Puxta ishlangan dastlabki ruhiy, tashkiliy va texnikaviy tayyorgarlik voqea joyini ko‘zdan kechirish muvaffaqiyatli o‘tishining garovidir.
Voqea joyini ko‘zdan kechirish boshlanishidan avval tergovchi tashkiliy ishlarni (tezkor guruhni tanlab olish, ilmiy-texnikaviy vosita- larni tayyorlash va tekshirish, mutaxassislarni taklif etish, voqea joyini qo‘riqlash kabilarni) amalga oshirishi kerak. Tezkor guruh a’zolarining o‘z vazifalarini yaxshi bilishi, bir-birlari bilan aniq hamkorlik qilishi katta ahamiyatga ega. Tezkor guruhni tashkil qilishda ishtirokchilarining kasbiy mahorati va hayotiy tajribasini uyg‘unlashtirishning, o‘zaro psixologik mos kelishining (birga ishlashga, o‘zaro yordam berishga, har qanday vaziyatda og‘ir bo‘lishga, xayrixohlik, o‘zaro tutish, o‘zaro hurmatni saqlab qolishga tayyorlik, yuzaga kelgan nizolarni tez bartaraf eta olishning) maqsadga muvofiqligini yodda tutish zarur.
Voqea joyini ko‘zdan kechirish tergovchi oshkora, boshqa odamlar hozirligida harakat qiladigan kam sonli tergov harakatlari qatoriga kiradi. Bu ham muayyan ruhiy tayyorgarlikni, jumladan fikrni jamlay olish, og‘ir-vazmin bo‘lish, diqqatni jamlash va zarur bo‘lganida boshqa narsaga ko‘chira olish, ayni vaqtda voqea joyini ko‘zdan kechirish ishtirokchilarining harakatlariga rahbarlik qilish, zarur intizomni, hamkorlik muhitini saqlash mahoratini talab qiladi.

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin