Kasbiy psixologiya


Voqea sodir etilgan joyni ko‘zdan kechirish psixologiyasi



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə97/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Voqea sodir etilgan joyni ko‘zdan kechirish psixologiyasi


Yuridik psixologiyada voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘rish ma’lumot to‘plash jarayoni bo‘lib, ularni analiz, sintez qilish, taqqoslash va umum- lashtirish orqali zarur ma’lumotlarni yig‘ish, demakdir.
Yurisprudensiyada esa voqea sodir bo‘lgan joy – jinoyat, baxtsiz hodisa, tabiiy ofat yoki hodisa alomatlari bor deb qaraladigan joy. Ko‘rsatmalarni voqea joyida tekshirish, ba’zi bir o‘xshashliklar mavjud bo‘lishiga qaramay, so‘roq qilish, voqea sodir bo‘lgan joyni tekshirish, jinoyatchini tanish uchun ko‘rsatish, tergov eksperimenti kabi tergov harakatlaridan mohiyati jihatidan farq qiladi.
Voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish alohida tergov harakati bo‘lib, jinoyat izlarini, boshqa daliliy ashyolarni izlab topish, voqea tafsilotini hamda ushbu jinoiy ishga aloqador boshqa tafsilotlarni aniq- lashga qaratilgan bo‘ladi. Ayni chog‘da ko‘zdan kechirish boshqa tergov harakatlari: hibsga olish, daliliy ashyoni topish, tergov eksperimenti, ko‘rsatmani voqea joyida tekshirish kabi jarayonlarning tarkibiy qismi hamdir.
Voqea joyini ko‘zdan kechirish tergov harakatlarining eng muhim, asosiy shartlaridan biri aynan shu paytda olinadigan taassurotlar, ma’lumotlarning o‘rnini boshqa tergov harakatlari yordamida to‘ldirib bo‘lmasligidir. Jinoyatchining qo‘l va oyoq izlari, foydalanilgan quroli haqidagi ma’lumotlar bunga misol bo‘la oladi. Voqea joyidagi taassu- rotlar tergovchilarga tafsilotlarni to‘g‘ri tasavvur qilish imkonini beradi.
Voqea joyini ko‘zdan kechirish harakati zudlik bilan o‘tkazilishi shart. Ushbu harakatni kechiktirish yoki ortga surish shart-sharoitning o‘zgarishi, izlar va daliliy ashyolarning g‘oyib bo‘lishi, hodisani ko‘rgan va guvohlarning muhim holatlarni unutib qo‘yishlariga olib kelish ehtimolini tug‘diradi. Agar tergovchi voqea joyini bevosita ko‘zdan kechirib, daliliy ashyolarni topib, natijasini protokolga qayd etsa, tezkor xodim tergovchi ruxsati bilan jinoyatni ochishga qaratilgan tezkor- qidiruv ishlari bilan shug‘ullanadi, mutaxassis yoki ekspert-kriminalist tergovchiga izlarni topish, aks ettirish va nusxa ko‘chirishda yordam beradi,
Bu tadbirlar ko‘zdan kechirish bilan bir paytning o‘zida o‘tkazilishi, keyinroq asliga to‘g‘riligini tekshirib ko‘rish imkoni saqlanishi lozim.
Ko‘zdan kechirish mobaynida ma’lumotlarning kamligi yoki tanqisligi sharoitida qiyin masalalarni fikran hal etishga to‘g‘ri keladi. Tergovchi bunday vaziyatda qo‘lga kiritilgan faktlar, ayrim tafsilotlarga tayanadi, o‘z bilimlari, professional va hayotiy tajribasidan ko‘pincha hissiy (intuitiv) ehtimollik va taxminlar darajasida foydalanadi. Ayniqsa, guvohlarsiz sodir etilgan qotillik jinoyatlarini ochishda tergovchining ijodiy tasavvuri va sezish qobiliyatining foydasi kattadir.
Tergov sezish qobiliyati ma’lumotlar qariyb yo‘q bo‘lgan bir vaziyatda vazifani tez va bevosita hal etishga oid tajriba hamda bilimlar- dan orttirilgan aql-idrok qobiliyatidir. Turli tusmollar (versiya)ning tekshirib ko‘rilishi jarayonida dastlabki faraz puch bo‘lib chiqishi mumkin. Bu psixologik nuqtai nazardan ikkita oqibatni keltirib chiqaradi. Avvalo yetishmayotgan ma’lumotlarni qidirishga kirishiladi. Shunday holatlar ham bo‘ladiki, yangi ma’lumotlar topilmaydi, ayni chog‘da masalaning yechimi mavjud faktlar ichida yashiringan, deb o‘ylashlariga asos bo‘ladi. Bunday holatlarda ilgari yaratilgan tafsilotlar tizimini alohida qismlarga ajratish hamda ularning har birini ilgari e’tiborga olinmagan aloqadorlikda qaytadan mushohada qilib ko‘rish zarur. Ikkinchidan, ana shu holatda obyektni yangi aloqadorlik zanjirida ko‘rib chiqish, uning yangi belgilarini ochishda tafakkurning asosiy hissasi ko‘zga tashlanadi. Yangicha aloqadorlikda o‘sha predmetlarning o‘zi yangi mazmun kasb etadi. Bu tahlil asosida yangi tafsilotlar tizimi paydo bo‘ladi, shuningdek boshqa taxminlar tug‘iladi.
Jinoyatning qay yo‘sinda sodir etilgani, jinoyatchining qay jinsga mansubligini ham voqea joyini ko‘zdan kechirish paytida tusmollab bilish mumkin. Voqea joyida jinoyatchining yoshi, jinoyatchilarning kasb-kori, professional malakasi, bilim va ko‘nikmalari aynan aks etadi (misol uchun slesar seyfni buzishga, elektromontyor ogohlantiruvchi signalizatsiyani o‘chirib qo‘yishga ustasi farang bo‘ladi).
Voqea joyini ko‘zdan kechirish jarayonida o‘tkaziladigan psixologik tahlil sodir etilgan jinoyat motivi xususida xulosa chiqarish imkonini tug‘diradi. Jinoyat xarakter chizgilari (ochko‘zlik, shafqatsizlik), iroda- viy xususiyatlar (janggarilik, qo‘rqoqlik)ni aks ettirishi mumkin. Voqea joyidagi tafsilotlar ba’zan subyekt tomonidan jinoyat sodir etilayotgan paytdagi uning ayrim psixologik, xususan hissiy (emotsional) holatini ham namoyon etadi.
Shuningdek, tergov harakatida jinoyat izining qalbaki ekanligini ko‘yidagi holatlarda kuzatish mumkin:

  • jinoyat izining ochiq-oydin qoldirib ketilishi;

  • jinoyat sodir bo‘lgan joyda har xil izlarni qoldirish;

  • jinoyat sodir etilgan joyda jinoyat izlari bekitilganining aniq ko‘rinib turishi bilan izohlash mumkin.

Tergov harakatlarini ishlab chiqishda voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘rish kengroq maqsadlarga xizmat qiladi.

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin