Kasbiy psixologiya


Profilaktik xizmat xodimlari faoliyatini takomillashtirishning psixologik muammolari



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə93/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Profilaktik xizmat xodimlari faoliyatini takomillashtirishning psixologik muammolari


Jinoyatchilikning oldini olish davlat tomonidan olib boriladigan ijti- moiy siyosatning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, o‘z mazmun va mohiyatiga ega. Shu bilan birga, bu faoliyat yo‘nalishi davlat va jamiyatda o‘ziga xos maxsus chora sifatida e’tirof etilgan.


Jinoyatchilikka qarshi doimiy ravishda kurash olib borish alohida yondashuvni talab etadi. Chunki ijtimoiy hayotda yuzaga keluvchi har
bir o‘zgarish jinoyatchilik bilan uzviy bog‘liqdir. Shundan kelib chiqqan holda jinoyatchilikning oldini olish faoliyatini ham ushbu jarayonlar bilan birdek bo‘lishini ta’minlash lozim. Binobarin, jinoyatlarning oldini olishda zarur bo‘lgan doimiy harakatdagi va o‘zaro hamjihat tizim orqali ish yuritish maqsadga muvofiqdir.
Jinoyatchilikning oldini olishda ichki ishlar organlari ham aniq va mas’uliyatli vazifalarni bajarishi bilan ajralib turadi. Ular jinoyatchi- likning oldini olishda o‘ziga xos subyekt sifatida turli yo‘nalishlarda profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.
Ta’kidlash joizki, ichki ishlar organlari jinoyatchilikning oldini olishda boshqa huquq-tartibot idoralari qatori asosan maxsus profilaktika ishlarini tashkil etadi va olib boradilar. Bu esa kriminogen holatlarni o‘z vaqtida aniqlash, ushbu kriminogen holatlarni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni hisobga olish hamda ularni bartaraf qilish borasidagi ishlarni yo‘lga qo‘yish, jinoyat sodir etishga moyil shaxslar bilan yakka tartibda ish olib borish kabilarda namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, muntazam ravishda jinoyatchilikka oid axborotlarni jamlash, tahlil qilish va hokimiyat organlari hamda jamoatchilikni bu haqda xabardor etish ham ichki ishlar organlarining vazifasiga kiradi.
Ichki ishlar organlari, aytib o‘tilganidek, davlatning huquqni muho- faza qilish organlari bilan o‘zaro hamkorlikda o‘z tarkibiga kiruvchi turli xizmat sohalari, bo‘lim va boshqarmalar bilan hamjihatlikda vakolatlari doirasiga kiruvchi boshqa vazifalarni ham bajaradilar.
Umuman olganda, jinoyatchilikning oldini olishda zarur huquqiy asoslar ushbu faoliyat yo‘nalishining umumiy jihatlarini muvofiqlashtirib boradi. Shu bois umumiy-huquqiy muvofiqlashtirishni tashkil etish maqsadida zarur darajadagi huquqiy asoslarni ishlab chiqish yo‘lga qo‘yiladi. Bu jinoyatchilikning oldini olishda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlaydi.
Ichki ishlar organi xodimi har yerda va har doim davlat xodimi hisoblanadi va qonunning, adolatning tantanasi uchun kurash olib boradi. Kasbiy ish faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga erishishi uchun har tomonlama obro‘ e’tiborga ega bo‘lishi uning faoliyat olib borish usuliga bog‘liq.

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin