Kasbiy psixologiya


Profilaktik faoliyat subyektlari va ular bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə90/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Profilaktik faoliyat subyektlari va ular bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari


Jinoyatchilikka qarshi kurash ishlarini tashkil etishda jinoyat va, umuman, barcha huquqbuzarliklarning o‘ziga xos ichki qonuniyatlarini
bilish orqali hamda har biriga alohida yondashgan holda ish olib borish talab etiladi. Bu profilaktika faoliyati subyektlarining ishlarini to‘g‘ri tashkil etishlariga ham yordam beradi.
Profilaktika inspektorlari kundalik faoliyati mobaynida doimo fuqa- rolar bilan munosabatga kirishadilar, ular bilan muloqot olib boradilar, ularning ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqadilar, ziddiyatli vaziyatlarni bartaraf etadilar, tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadilar.
Biriktirilgan hududda istiqomat qiladigan barcha fuqarolar profilaktik faoliyatning subyektlari hisoblanadilar. Ular tarkibini oddiy fuqarolar, voyaga yetmaganlar, o‘z xulq-atvori va faoliyatini o‘zgar- tirishga, tibbiy, ijtimoiy, pedagogik yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolar tashkil etadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda profilaktika inspek- torlari faoliyatining ba’zi yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Profilaktika inspektorlarining faoliyatini umumiy va yakka tartibdagi profilaktik faoliyat ko‘rinishlariga ajratish mumkin.
Umumiy profilaktik faoliyat yo‘nalishi huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini o‘rganish hisoblanadi. Umumiy profilaktik faoliyat huquqiy targ‘ibot va tashviqot ishlari nazarda tutadi.
Yakka tartibdagi profilaktik faoliyat bir maqsadga qaratilgan, ya’ni muayyan shaxs ongiga psixo-pedagogik ta’sir etish, mavjud salbiy xislatlarini (jamiyatga qarshi fikr va maqsadlar, salbiy odat va motivlar va boshqalar) yo‘qotish, bartaraf etish, irodaviy sifatlarini oshirish, shu bilan bir vaqtda qonunga itoatkorlik, ijobiy fazilatlar ko‘rinishidagi xulq- atvor ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Profilaktik faoliyat bilan shug‘ullanadigan xodim kasbiy faoli- yatining subyekti shaxs yoki guruh bo‘lib, u shaxsning huquqiy psixolo- giyasi va xatti-harakati qaysi yo‘nalishda shakllanayotganini bilishi kerak.
Shaxs psixologiyasining huquqiy tuzilishi asosini shaxsning qonunga itoatkorlik xulq-atvorga yo‘nalganligi tashkil qilib, o‘zida qonuniylikka undaydigan kuchni qamrab oladi. O‘lar quyidagilar:

  • ma’naviy va moddiy ehtiyojlar rivojlanishidagi uyg‘unlik, ya’ni kriminogen og‘ishlarning yo‘qligi (surunkali ichish, giyohvandlik, kleptomaniya, o‘g‘rilikka moyillikdan iborat ruhiy kasallik, jinsiy buzuqlik va h.k.);

  • huquqiy ong – huquqiy qarash, g‘oyalar, ishonchlar, adolat orzusi, qonuniylik, teng huquqlilik, huquqiy birlik, majburiyat va

hokazo.

  • huquqiy qarashlar – jamoa, guruhning bir a’zosi bo‘lgan inson jamiyat hayotida yuzaga keladigan huquqiy savollarga sinchkovlik va diqqat bilan qiziqishi va uni hal etishda qonuniylikka itoat etishi;

  • qonuniylikni va huquqiy tartib-intizomni mustahkamlashga ko‘- maklashish va qonuniy harakatlarni amalga oshirishdagi qiziqish va ehtiyojlar, ya’ni huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini qo‘llab- quvvatlash, oilada, ishda va atrofdagi kishilarni huquqiy norma va talablarga rioya etishni ta’minlash;

  • huquqiy motivlar – shaxsni qonuniy xatti-harakatlarini ifoda etishga undaydigan kuch.

Psixo-pedagogik ta’sir etish usullari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: ishontirish, rag‘batlantirish, majburlash, harakatni tashkil etish usullari.
Muloqot jarayonida psixo-pedagogik ta’sir etish prinsiplari:

  1. Ta’sir etish shaxsning muayyan o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.

  2. Psixologik ta’sir etish uchun inson psixikasining umumiy qonuniyatlarini va rivojlanish darajasini bilish kerak.

  3. Ta’sir etish jarayoni, uning elementlari, oqibatlarini oldindan rejalashtirish va bashorat qila olish shart.

  4. Shaxsning ijobiy ta’sirlanishi rag‘batlantirib borilishi kerak.

  5. Ta’sir etish inson huquqlarini poymol etishi kerak emas.

  6. Shaxsga ta’sir etish rejalashtirilganida barcha xatti-harakatlari tizimi aniqlanishi va hisobga olinishi kerak.

  7. Ta’sir etish jarayonida tashqi ta’sir etuvchi omillarni hisobga olish zarur.

  8. Ta’sir etish shaxsning hissiy holatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

  9. Ta’sir etish jarayonida ta’sir yo‘llanayotgan shaxsning psixologik faolligini ta’minlash zarur.

Maishiy turmush sohasidagi jinoyatlarning oldini olishda psixologik aspektlarni hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin