Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə92/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Ommaviy ko‘rinishdagi tarbiyaviy ishlarning maqsadi, guruh yoki aniq shaxs bo‘lishidan qat’i nazar, profilaktik ta’sir etish hisoblanadi. Ularga xodimning aholi oldida, ommaviy axborot vositalari, ya’ni radio, televideniye va matbuotda chiqishlari (bunday chiqishlarda oilada, jamoat tashkilotlarida foydalanmagan va ta’sir etilmagan tarbiyaviy ishlardan foydalaniladi. Bunda doimo shuni ta’kidlash kerakki, tarbiya va profilaktik ishlarni amalga oshirish jarayonidagi kamchiliklar
o‘smirdan mas’uliyat hissini kamaytirmaydi, tarbiyachi tarbiya uchun javob bersa, jinoyatni kim sodir etgan bo‘lsa o‘sha javobgar bo‘ladi) va omma oldidagi suhbatlar, hududdagi ta’lim muassasalari va boshqa turli tashkilotlarda amalga oshiriladi.
Voyaga yetmagan huquqbuzarlar bilan profilaktik ishlarni amalga oshirish jarayonida ularning yoshga oid o‘ziga xos sifatlarni va oilaviy sharoitidagi ma’naviy qadriyatlarni shakllanganlik darajasini inobatga olishi kerak. Shuning uchun yuqorida ta’kidlanganidek, o‘smir va bolalarni o‘rab turgan mikromuhitdagi salbiy ta’sirlarni bartaraf etish zarur bo‘ladi. Voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibdagi profilaktik ishlarni amalga oshirishda huquqiy, ma’naviy, axloqiy, vatanparvarlik ruxida tarbiyalash orqali amalga oshiriladi.
Voyaga yetmaganlar bilan profilaktik ishlarni amalga oshirish usullari turlicha bo‘lib, ulardan suhbat usuli keng tarqalgan ommaviy usul hisoblanadi. O‘smir va bolalar bilan yakka tartibda profilaktik suhbatni amalga oshirish jarayonida ularning psixologik o‘ziga xosligini, ya’ni: ko‘ngli nozikligi, arzimagan narsaga xafa bo‘laverish, jizzakilik, qo‘rquv va tashvishga beriluvchanligi, g‘azablanganligi, qasoskorlik, tajovuzkorlik, taqlid qilishga moyilligi va boshqalarni hisobga olish darkor.
Voyaga yetmaganlar bilan ishlash jarayonida ishonch hissini uyg‘otish har bir profilaktika inspektorlaridan katta mas’uliyat talab etadi. Shu sababli suhbatni rasmiy ohungda emas, balki do‘stona munosabatlar orqali boshlash, hamda suhbatning asosiy mazmuniga birdan berilmaslik tavsiya etiladi. Suhbat mobaynida ishonch hissini uyg‘otish profilaktika inspektorining samimiy munosabati orqali boshlanadi, o‘smirning bergan savollariga oddiy harakat va so‘zlar yordamida munosabat bildirish unda yaxshi taassurot qoldiradi.
Profilaktika inspektori suhbat mobaynida o‘smirning ota-onasi yoki sinf rahbarini taklif etsa, uning tarbiyaviy ahamiyati yanada ko‘proq bo‘ladi. Bunday holatda profilaktika inspektori ko‘proq maslahatchi vazifasini bajaradi, ya’ni yaqinlariga farzandining o‘qish yoki ishlashga xohish-istagi yo‘qligini, jamiyatda qabul qilingan axloqiy normalarga zid bo‘lgan harakatlarni amalga oshirayotganligini misollar bilan keltirib o‘tadi, qonunlarni tushuntirib, izohlab beradi.
Profilaktika inspektori o‘smirning ota-onasi bilan hamkorlikdagi sa’y-harakatlari orqali unga tarbiyaviy ta’sir etishlari kerak. Ushbu tarbiyaviy jarayon, agar o‘smirning ota-onasining o‘zi nosog‘lom
turmush tarzini olib borayotgan bo‘lsa, tarbiyaviy jarayonni ancha murakkablashtiradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda profilaktika inspektorlari voyaga yetmaganlarni jamoat ishlariga, ijtimoiy zarur mashg‘ulotlarga ko‘proq jalb etishlari tavsiya etiladi, bunda o‘smirda ijobiy qiziqish va ehtiyojlar paydo bo‘ladi, ma’naviy-irodaviy sifatlar, kerakli va zarur odatlar shakllanadi.
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish bilan bog‘liq barcha choralar uning bosh vazifasini amalga oshirish –shaxs buzilishi boshlanishini to‘xtatishga, uning ayrim salbiy xususiyatlariga barham berishga, shuningdek kriminogen omillar ta’siriga chek qo‘yishga qaratilishi lozim. Profilaktika chora-tadbirlari tarbiyasi og‘ir o‘smirlar g‘ayriijtimoiy xulq-atvorining yanada xavfliroq shakllarga o‘tishini to‘xtatishlari, ular kelajakda to‘g‘ri yo‘lga kirib, faol hayotiy nuqtai nazarni egallashlarini ta’minlashi lozim.
Jiddiy kamchilik shundan iboratki, voyaga yetmaganlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoat tashkilotlarining profilaktik ta’siri doirasiga asosan huquqbuzarliklar sodir etganlaridan keyin tushadilar.
Muqaddam sudlanganlar bilan profilaktik ishlarni olib borishda quyidagi omillarni hisobga olish kerak:

  • muqaddam sudlanganlar shaxsini har tomonlama va sinchiklab o‘rganish (shaxsning ijobiy sifatlarni aniqlash maqsadida);

  • muqaddam sudlangan shaxslar o‘zini yaxshi tutishi uchun maxsus va pedagogik vaziyatlarni tashkil etgan holda ta’sir etishni amalga oshirish;

  • ma’naviy-moddiy rag‘batlantirish usulidan mehnat tarbiyasida foydalanish;

  • muqaddam sudlanganlarni to‘g‘ri yo‘lga solish usullarini tanlash;

  • muqaddam sudlangan shaxslarni mehnat faoliyatga jalb etish orqali to‘g‘ri hayotga yo‘naltirish.

Profilaktika inspektorlari jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatil- gan shaxslarning xulq-atvorini, yashash va ish joylarini muntazam nazorat qilib boradilar hamda ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilsa, bu haqida o‘z vaqtida tegishli choralarni ko‘radilar. Ular to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun boshqa xizmat xodimlari va jamoatchilik vakillari bilan uzviy hamkorlik qilish talab etiladi. Bundan tashqari, profilaktika inspektorlari kundalik ish jarayonida sudlangan- ligiga ko‘ra ma’muriy nazoratga olish kerak bo‘lgan shaxslarni aniqlash
choralarini ko‘radilar, ular haqida tegishli ma’lumotlarni to‘plab, hujjatlarini rasmiylashtiradilar. Jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan xavfli shaxslarning o‘z vaqtida nazoratga olinishi va tegishli profilaktik choralar ko‘rilishi muhim ahamiyatga ega. O‘z navbatida, profilaktika inspektorlari ma’muriy nazoratdagi shaxslarni ijtimoiy hayotga mosla- shishlarini ta’minlash maqsadida ijtimoiy ko‘nikma markazlari bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishlari maqsadga muvofiqdir.
Ichkilikbozlik va giyohvandlikning oldini olish bo‘yicha profilaktik faoliyatni amalga oshirishda nosog‘lom oilalar bilan profilaktik ishlarni olib borish va ichkilikbozlik hamda giyohvandlikka qarshi targ‘ibot va tashviqot ishlarni tashkillashtirish talab etiladi, bunda quyidagilarga e’tibor qaratish kerak:

  • sog‘lom turmush tarzi va uning afzalliklari haqida targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish;

  • ommaviy axborot vositalarini jalb etish;

  • ta’lim muassasalarda ichkilikbozlik va giyohvandlikka qarshi tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazish;

  • psixolog, pedagog, tibbiyot xodimlarini tadbirlarda ishtirok etishini ta’minlash;

  • huquqni muhofaza qilish organlarining huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirishdagi ishtirokini yo‘lga qo‘yish;

  • jamoatchilik fikrini ichkilikbozlik va giyohvandlikni qoralashga qarshi yo‘naltirish va uni shakllantirish, mazkur muammoga mahalla qo‘mitasi va jamoatchilikni jalb etish;

  • huquqiy talablar darajasini oshirish, giyohvand moddalarni tarqatuvchi shaxslarni aniqlash;

Giyohvandlikka ruju qo‘ygan shaxs ma’naviyatida jamiyat uchun xavfli illatlar shakllanadi. Eng avvalo, qonunbuzarlik uchun javobgar- likdan qochish maqsadida asta-sekin xufiya faoliyat yuritishga o‘tadi, bu esa ularning xavfliligini yanada oshiradi. Chunki giyohvandlarning jami- yat va davlat organlari nazoratida bo‘lmasligi ularning og‘ir jinoyatlar sodir etishiga olib keladi. Shu bilan birga, bu bosqichda giyohvandlar ruhiyatida yolg‘onchilik, odamovilik kabi illatlar shakllanadi.
Umuman olganda, ichkilikbozlik va giyohvandlikka qarshi kurashga psixologik tavsif berishda ijtimoiy turmush va ijtimoiy munosabatlarning o‘ziga xos jihatlarini imkon darajasida hisobga olish katta ahamiyatga egaligiga ham nazariy, ham amaliy jihatdan e’tibor qaratish lozim.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, jinoyatchilikning oldini olishda ichki ishlar organlari aniq va mas’uliyatli vazifalarni bajarishi bilan ajralib turadilar. Ular jinoyatchilikning oldini olishda o‘ziga xos subyekt sifatida turli yo‘nalishlarda profilaktik chora- tadbirlarni amalga oshiradilar.
Ta’kidlash joizki, ichki ishlar organlari jinoyatchilikning oldini olishda boshqa huquq-tartibot idoralari qatori maxsus profilaktika ishlarini tashkil etadilar va olib boradilar. Bu kriminogen vaziyatlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni hisobga olish hamda bartaraf qilish borasidagi ishlarni yo‘lga qo‘yish, jinoyat sodir etishga moyil shaxslar bilan yakka tartibda ish olib borish kabilarda namoyon bo‘ladi.
Shu bilan birga, muntazam ravishda jinoyatchilikka oid axborotlarni jamlash, tahlil qilish va hokimiyat organlari hamda jamoatchilikni bu haqda xabardor etish ham ichki ishlar organlarining vazifasiga kiradi. Bayon etilganlar ichki ishlar organlarining maxsus profilaktika chora-tadbirlari sifatida idrok qilinishi lozim. Shuningdek, ichki ishlar organlari tomonidan umumiy profilaktika ishlari tashkil etilishiga ham alohida e’tibor qaratiladi. Ushbu faoliyat yo‘nalishini amalga oshirishda jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Aynan shu hamkorlikni tashkil etish huquqbuzarliklarning oldini olish xizmati va profilaktika inspek- torlarining vakolat doirasiga kiradi. Profilaktika inspektorlari o‘z faoliyatlarini tashkil etishda mahalla yig‘inlari va ularning faollari bilan hamkorlikda profilaktika ishlarini tashkil etadilar. Bu esa u yoki bu aholi yashash joylarida, ishlab chiqarish korxonalarida, tashkilotlarda turli xil jinoyatlarning sodir bo‘lishiga sabab bo‘layotgan sharoitlarni aniqlash va, umuman, kriminogen vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olishda katta ahamiyat kasb etadi.



    1. Yüklə 2,38 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin