Kasbiy psixologiya


Jinoyatchilarni qo‘lga olishda psixologik omillarni hisobga olish



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə107/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Jinoyatchilarni qo‘lga olishda psixologik omillarni hisobga olish


Qo‘lga olish – jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsga nisbatan uning jinoyatga aloqadorligini aniqlash hamda unga qamoq tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash masalasini hal qilish maqsadida qo‘llaniladigan qisqa muddatli majburlash chorasi.
Gumon qilinuvchini quyidagi asoslardan biri mavjud bo‘lgandagina qo‘lga olish mumkin:

  • agar shaxs jinoyat sodir etayotganida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qo‘lga tushgan bo‘lsa;

  • shohidlar, jumladan jabrlanuvchi bu shaxsni jinoyat sodir etgan shaxs sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatganlarida;

  • gumon qilinuvchining o‘zida yoki kiyimida, yonida yoki uyida jinoyatning aniq izlari topilganida.

Gumon qilinuvchini qo‘lga olish shaxsga majburiy (qonun doirasida) ta’sir ko‘rsatish, uning erkinligini cheklash bilan bog‘liq bo‘lgan tergov harakati.
Qo‘lga olish vaziyati odatda o‘zining jadalligi, holatlarning tez o‘zgarishi bilan ajralib turadi. U zudlik bilan mas’uliyatli qarorlar qabul
qilish, vaziyatni har tomonlama tahlil etish, vaqt tanqisligi sharoitida qat’iyat bilan harakat qilishni talab etadi.
Qo‘lga olishda ushlanayotgan shaxsning psixologik xususiyatlarini, uning muayyan vaziyatlarda ehtimol tutilgan harakatlarini inobatga olish zarur. Bularning bari muayyan kasbiy bilimlarga ega bo‘lishni, refleksiv, noodatiy vaziyatlarda to‘g‘ri fikr yuritishni, ushlanayotgan shaxs xatti- harakatlarini oldindan ko‘ra bilishni talab etadi. Bunda ushlanayotgan shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasi, jismoniy va hissiy-irodaviy xislatlari (tajovuzkorligi, dadilligi va shu kabilar) haqidagi ma’lumotlar muhimdir. Qo‘lga olinayotgan shaxsning ijtimoiy-psixologik xususiyat- lari – uning g‘ayriijtimoiyligi (retsidivligi), axloqsizligi, psixopatik jihatlari (affektivligi) va boshqalarning darajasini ham inobatga olish muhimdir. Ushbu holatlarni inobatga olgan holda ushlash joyi, vaqti va usuli haqida qaror qabul qilinadi. Ushlash ishtirokchilarining xavfsiz- ligini ta’minlash uchun choralar ko‘rilishi kerak.
Mazkur harakatni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun ushlanayotgan shaxsning ayni paytdagi ruhiy holatini ham hisobga olish lozim. Yuqori darajadagi xavflilik, zo‘riqish, umidsizlik, nafrat, affekt, stress, frustratsiya, shuningdek, alkogol va narkotiklardan mastlik keskin jismoniy harakatlar qilinishiga, tajovuzkor qarshilik ko‘rsatish yuzaga kelishiga sharoit yaratadi.
Tajovuzkor, qurollangan jinoyatchini ushlash favqulodda xususi- yatga ega bo‘lmagan hollarda (masalan, jinoyatchining yo‘li to‘silgan va u yashirinish va atrofdagilarga zarar yetkazish imkoniga ega bo‘lmasa) ushlashni haddan tashqari tezlashtirmaslik kerak – chorasizlik holatini cho‘zish ushlash uchun qulay ruhiy sharoit yaratadi.
Yashiringan jinoyatchilarga qaratilgan murojaat qisqa, xushmu- omala, xotirjam va ishonarli bo‘lishi kerak. Murojaat so‘ngida «ushlan- gan vaqtingizda sizga insoniy munosabatda bo‘linishini kafolatlayman» kabi jumlalar bo‘lishi kerak.
Yashiringan jinoyatchilarni ushlashda ko‘pincha ular bilan ruhiy ta’sir ko‘rsatadigan muzokaralarga kirishish zarurati yuzaga keladi.
Muzokara – jinoyatchilarni bundan buyon jinoiy harakatlardan voz kechishga ko‘ndirish maqsadida ularga qonuniy-ruhiy ta’sir ko‘rsatish. Muzokaralarda psixologik aloqa o‘rnatish eng qiyin vazifa hisoblanadi.
Mantiqiy dalillash bilan birga jinoyatchilarning hissiy-irodaviy o‘ziga xosliklariga ta’sir ko‘rsatish (qarindoshlik hissiyotlarini
qo‘zg‘atish, altruistik hissiyotlar, yengilishning muqarrarligi hislari va ш.k.) usullaridan ham jadal foydalaniladi.
Muzokaralar zarur hollarda jinoyatchilarni kuch ishlatib ushlashdan avval uni ruhiy toliqtirish maqsadida ham olib boriladi.
Muzokaralarni vakolatli shaxslar olib boradilar. Muzokarachining nutqi ravon, ishontirish va hissiy ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega, operativ va refleksiv tafakkuri rivojlangan, simpatiyasi – shaxsiy jozibasi bo‘lishi va maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi zarur.



Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin