Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə84/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Asirdagilar o‘zlarini garovga olganlarga qiyoslay boshlaydilar. Hech bo‘lmaganda, bu avvaliga himoya mexanizmi bo‘lib, u agar harakatlar birgalikda bo‘lsa va ijobiy qabul qilinsa, jinoyatchi qurbonga zarar yetkazmaydi, degan yanglish g‘oyaga asoslanadi. Asir amalda chin dildan garovga oluvchining homiyligiga erishishga harakat qiladi.
Qurbon ko‘pincha qutqaruvchilar ko‘rayotgan choralar unga zarar yetkazishi ehtimoli borligini tushunadi. Qutqarishga urinish vaziyatni tubdan o‘zgartirishi, barqaror vaziyat o‘ta xavfliga aylanishi mumkin. Agar garovdagi odam qutqaruvchilar o‘qiga uchramasa, garovga oluvchining o‘qiga duchor bo‘lishi mumkin.
Asirda uzoq vaqt bo‘lish qurbonning jinoyatchini odam sifatida bilib olishiga olib keladi. Uning muammolari va intilishlari ma’lum bo‘ladi. Bu, ayniqsa, asir o‘zini garovga oluvchining nuqtai nazarini, hokimiyatdan noroziligi sabablarini bilgan siyosiy va mafkuraviy vaziyatlarda juda yaxshi ish beradi. Shunda qurbon jinoyatchining yo‘li yagona to‘g‘ri yo‘l deb o‘ylashi mumkin.
Asir hissiy tomondan vaziyatdan uzoqlashadi, bu narsa u bilan sodir bo‘lmasligi kerak, buning hammasi tush, deb o‘ylaydi. U foydasiz, lekin vaqtni oluvchi «og‘ir ishda» qatnasha turib vaziyatni esdan chiqarishga urinishi mumkin. O‘zini garovga oluvchi bilan bir xil deb o‘ylashi nati- jasida qutqaruvchilar va ularning intiluvchanligini haqiqatan ham bo‘lib o‘tayotgan voqeada qoralashi mumkin.
Muzokara olib borish nuqtai nazaridan bu sindrom bir vaqtning o‘zida ham ijobiy, ham salbiy tomonlarga ega. Ijobiy tomoni shundan iboratki, «Stokgolm» sindromi qanchalik kuchli bo‘lsa, garovga oluvchi garovdagilarni o‘ldirishi ehtimoli shunchalik kam bo‘ladi. Boshqa tomondan garovga olinganlardan kelayotgan xabar ishonchli bo‘lmasligi mumkin.
Odamlar garovga olinganda ularning hayotini saqlab qolish, garovga oluvchilarni ushlash va mulkni qaytarish yoki muhofaza qilish asosiy vazifa hisoblanadi.
Oziq-ovqat mahsulotlari muzokara predmeti bo‘lishi mumkin. Faqat so‘rashayotgan narsanigina berish kerak. Agar buterbrod so‘rashsa, faqat buterbrod berish, unga ichimlikni yoki boshqa narsani qo‘shish kerak emas.
Ichimliklar ham muzokara predmeti bo‘lishi mumkin. Qoida tariqasida, bu alkogolli ichimliklarga tegishli emas. Bordi-yu, ishonchli manba orqali alkogol garovga oluvchini bo‘shashtirishi va yumshatishi ma’lum bo‘lsa, uni berishga tavakkal qilib ko‘rish mumkin. Agar aksincha, alkogol uni asabiy va janggari qilib qo‘yishi ma’lum bo‘lsa, hech qanday holatda unga ichimlik berish kerak emas.
Garovdagilarni ozod qilish hamisha muzokara predmetidir. Garovga oluvchilarga ozodlik berish ham shunday predmet bo‘lishi mumkin. Ularni ozod qilishga faqat garovdagilar qo‘yib yuborilgandan keyingina va’da bergan ma’qul.
Sotib olish eng ko‘p tarqalgan talablardan biridir. Bu tajriba ko‘pincha garovga oluvchi shaxs o‘rab olinganda qo‘llaniladi.
Garovdagilarni boshqa shaxslarga almashish ko‘p sabablarga ko‘ra qoniqarsiz taktikadir. Garovdagi odamni huquqni muhofaza qilish idoralari xodimiga almashtirish keskinlikni kuchaytiradi, chunki u garovga oluvchi uchun katta xavf tug‘diradi. Bundan tashqari, garovga oluvchi uchun oddiy fuqarodan ko‘ra huquq-tartibot xodimini o‘ldirish ko‘proq obro‘ keltiradi.
Garovdagilarni garovga oluvchining oila a’zolariga ham almashtirmaslik kerak. U «o‘z-o‘zini o‘ldirish uchun odam to‘plash» maqsadida qarindoshlari va do‘stlarini talab qilayotgan bo‘lishi mumkin. Almashuvni amalga oshirish ancha qiyin jarayon, chunki siz garovga oluvchiga yana bir kishini garovga berib, evaziga hech nima olmaslik tavakkali xavfi ostida qolasiz. Bundan tashqari, har bir almashilgan
garovga olinuvchi bilan siz «Stokgolm sindromi» bilan bog‘liq bo‘lgan ustunlikni yo‘qotasiz.
Qanday qilib bo‘lsa ham muzokaralarni cho‘zish kerak. Vaqt garovdagilar sog‘-salomat va ziyon yetmay ozod qilinishiga xizmat qiladi. Buning quyidagi sabablari bor:

  1. oziq-ovqat, ichimlik suvi, uyqu va shu kabilarga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi;

  2. xatar kamayib boradi;

  3. odamlarning ko‘pchiligi hissiyotlarini jilovlay boshlaydi;

  4. «Stokgolm sindromi» shakllana boshlaydi;

  5. garovdagilarda qochib ketishga ko‘proq imkoniyat paydo bo‘ladi;

  6. olingan ma’lumotlar ishni yaxshiroq bilib qaror qabul qilishga imkon beradi;

  7. muzokara olib boruvchi va garovga oluvchi o‘rtasida yaxshi munosabat va ishonchlar muhit o‘rnatilishi mumkin;

  8. garovga oluvchining talablari kamayishi mumkin;

  9. nizo o‘z-o‘zidan barham topishi mumkin. Ba’zan garovga oluvchilar evaziga hech nima talab qilmay, o‘z asirlarini shunchaki qo‘yib yuborganlar.

Garchi vaqt shubhasiz muzokaralarga qulaylik tug‘dirsa-da, salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Muzokara olib boruvchi va qutqaruvchilar charchoq ta’siriga tushib qolishlari natijasida xatolar qilishlari, nizoni tugatish istagida huquq-tartibot kuchlari voqealarni tezlashtirishni xohlab qolishlari, masalan, ular tegishli ehtiyot choralarini ko‘rmay, garovga oluvchilarga yaqinlashishi yoki o‘zlari yashiringan joyda hushyorlikni yo‘qotishlari mumkin.
Muloqot o‘rnatish uchun vaqtni aniq belgilab olish, garovga oluvchiga tinchlanishi uchun vaqt berish lozim. Vaqtidan oldin qilingan aloqa stress holatini keltirib chiqarishi hamda uni o‘ylab ko‘rilmagan va tajovuzkor talablarga undashi mumkin. Agar unda tinchlanish va vaziyatni real baholash uchun vaqt bo‘lsa, uning talablari mulohazaliroq bo‘ladi.
Aloqaga kirishishda megafon va boshqa ovoz kuchaytirgichlar o‘zaro ishonch muhiti hamda yaxshi munosabat o‘rnatishda samara bermasligi mumkin. Yuzma-yuz muloqot garovga oluvchining ruhiy holati haqida yaxshiroq mulohaza yuritishga imkon beradi. Muzokara olib boruvchini ko‘rish imkoni ham munosabatlarni yaxshilashi mumkin. Yuzma-yuz muloqotning asosiy kamchiligi muzokara olib boruvchi duch keladigan xavfning kattaligidir. Faqat boshqa aloqa vositalari orqali
aloqa o‘rnatilgandan keyingina yuzma-yuz muzokara olib borishga kirishish, ya’ni muzokara himoya to‘siqlari mavjud bo‘lganda olib borilishi kerak.
Yuzma-yuz muzokara olib borish jarayonida qo‘yidagi tavsiyalarga amal qilish kerak:

  1. Avvalo insonlarni garovga olgan odam Sizga hech qanday zarar yetkazmasligi to‘g‘risida so‘z bersin.

  2. Sizga nisbatan qurol o‘qtalgan holatda gaplashmang va undan qurolni tushirib muloqotga kirishishni so‘rang.

  3. Yuzma-yuz gaplashish uchun biroz vaqt talab qilinadi, jinoyatchi shaxs bilan tegishli munosabatlar o‘rnatilib, o‘zaro ishonch va muhit paydo bo‘lganidan keyin muzokaraga kirishing.

  4. Hech qachon bir nechta jinoyatchi bilan yuzma-yuz va aynan bir vaqtda suhbat olib bormang.

  5. Muzokara davomida, vaziyat taqozo etsa, qochish imkoniyati va sharoit hisobga oling.

  6. Muzokara vaqtida garovga olgan odamga hech qachon orqa o‘girmang.

  7. Odamlarni garovga olgan shaxsning ko‘ziga doimo tik qarang.

  8. Odamlarni garovga olgan shaxsning oldiga borish yoki yaqinlashishdan avval uning tashqi ko‘rinishi va qiyofasini tezda ko‘zdan kechiring.

  9. «Xavfsizlik doirasini» baholang, jinoyatchining shu doiraga kirishi natijasida yuzaga keladigan xavfni va himoyani chamalang.

Telefon orqali muloqot olib borish muloqot olib borayotgan shaxs uchun maksimal darajada xavfsizlikni ta’minlaydi va muloqot olib borilishini soddalashtiradi.

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin