Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə68/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

«Obro‘lilar». Bular jinoyatchi unsurlar o‘rtasida katta obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan professional jinoyatchilar hisoblanib, «qonundagi o‘g‘rilar»dan keyin turuvchi toifani tashkil qiladi.
Bu toifadagi jinoyatchilar ham ikki guruhga ajraladi. Birinchi guruhga «qonundagi o‘g‘rilarga» yaqin bo‘lgan, ular bilan bevosita bog‘langan «obro‘lilar» kirsa; ikkinchi guruhga o‘zlarining moddiy imkoniyatlariga ko‘ra mustaqil bo‘lgan «obro‘lilar» kiradi. Bu
«obro‘lilar»ning o‘z odamlari, qo‘riqchilari, maslahatchilari bo‘ladi. Bunday «obro‘lilar» odatda qallob, tamagir bo‘ladilar va ular bilan
«qonundagi o‘g‘rilar» hisoblashishga, kelishishga majbur bo‘ladilar.
«Obro‘lilar» «qonundagi o‘g‘rilar» amal qiladigan axloqiy qoidalarni, burch va vazifalarni deyarli bajarsalar-da, biroq ba’zi jihatlari bilan farq qiladilar. «Obro‘lilar» o‘g‘rilar yig‘inini chaqirishga, ozodlikdan mahrum etilgan joylarda umumiy pul jamg‘armasini tashkil etishga yoki tashkil etilgan «kassa»dagi mablag‘larni sarflashga, o‘g‘rilar yig‘inida hal qiluvchi ovoz bilan qatnashishga, «qonundagi o‘g‘rilar» vakolatlaridan foydalanib, har xil qarorlar qabul qilishga, sudyalik funksiyasini bajarishga haqli emaslar.
«Ishbilarmonlar» va «sexoviklar». Bu guruhdagilarga iqtisod va xo‘jalik yuritishda jinoyat sodir etganlar kiradi.
«Ishbilarmonlar»ga olibsotarlar, mansabdor jinoyatchilar,
«valutachilar» kirsa, «sexoviklar»ga xususiy tadbirkorlik bilan yashirincha, davlat hisobidan o‘tmagan holda mahsulot ishlab chiqaruvchi jinoyatchilar kiradi. Nima bo‘lganda ham mahsulotni ishlab chiqarish va tezlikda sotib katta foyda olish ularning asosiy qonuni hisoblanadi.





1 Qarang: Гуров А. И. Профессиональная преступность: прошлое и современность. – М., 1990. – С. 175–176.
«Qimorbozlar» qimor o‘yinlari bilan shug‘ullanuvchi professional jinoyatchilar bo‘lib, bu toifadagi jinoyatchilar firibgarlar faoliyatining davomchilari sifatida kelib chiqqan. Ularning asosiy vazifalaridan biri jinoyatchilar dunyosining pul jamg‘armalarini to‘ldirish hisoblanadi.
«Tilyog‘lamachilar» jinoyatchilar dunyosining eng pastki tabaqasiga mansub bo‘lgan jinoyatchilar jumlasiga kirib, o‘g‘rilar boshliqlarining xizmatkorlari vazifasini bajaradilar, ya’ni ularning har xil topshiriqlarini bajaruvchi mayda jinoyatchilar hisoblanadilar. Masalan, chaqimchilik, vositachilik, aloqachilik, pul mablag‘larini yig‘ish kabi vazifalarni bajaradilar. «Tilyog‘lamachilar» ozodlikda bo‘lganida, o‘zlari jinoyatchi guruhlarga boshchilik qilishi, o‘z odamlariga ega bo‘lishi mumkin, biroq
«obro‘li»ga qat’iyan bo‘ysungan holda ish ko‘radi, qamoqxonalarda esa xizmatkorlik vazifasini o‘taydi.
«Erkaklar» va «bolalar, yigitchalar». «Erkaklar» asosan xo‘jalik jinoyati bo‘yicha ozodlikdan mahrum qilinganlar bo‘lib, ular umuman yaxshi ishlaydilar, kun tartibini bajaruvchan, ma’muriyat bilan yaxshi munosabatda bo‘lib, «qonundagi o‘g‘rilar» bilan aloqasini uzib, tezlikda ozodlikka chiqishga harakat qiladilar. Yana shuni alohida qayd qilish kerakki, qattiq, alohida rejimdagi turmada o‘tirgan «erkaklar» o‘zlarining qadri-sha’nini himoya qilish uchun birlashib «qonundagi o‘g‘rilar» va ularning gumashtalariga qarshi kurashadilar. Ular o‘zlarini «banditlar» deb atagan holda «qonundagi o‘g‘rilar»ning yetakchilarini topib, ko‘pchilik oldida nomusiga tegish – besoqolbozlik qilish orqali
«qonundagi o‘g‘rilar»ni sharmanda qilib, obro‘sini tushiradilar.
«Bolalar, yigitchalar» qaroqchiligi, o‘g‘riligi uchun ozodlikdan mahrum qilingan yosh jinoyatchilar bo‘lib, ular asosan jinoyatchilar dunyosida yaxshi obro‘ga ega bo‘lish uchun «qonundagi o‘g‘ri»larga yaqin bo‘lishga, ular o‘rnatgan axloq qoidalarini bajarishga harakat qiladilar.
«Qonundagi o‘g‘ri»larni qo‘llab-quvvatlovchilarning axloq me’yorlariga quyidagilar kiradi:

  • ozodlikdan mahrum etilganlar orasida mustaqil bo‘lish, ya’ni hech kimga bo‘ysunmaslik, ularning axloqiy qoidalarini bajarish;

  • o‘z haq-huquqlarini boshqa jinoyatchi guruhlar poymol qilsalar, ularning ustidan «qonundagi o‘g‘ri»larga arz qilish;

  • jamoat joylarini supurib-sidirish, tozalash ishlaridan bosh tortish;

  • taqiqlangan predmetlarga ega bo‘lishga harakat qilish va h.k.

«Sho‘rpeshonalar va pastkashlar». Bularga besoqolbozlar, bachcha- bozlar, balog‘at yoshiga yetmaganlarni zo‘rlab nomusiga tekkanlar va shu qilmishlari uchun ozodlikdan mahrum etilib, qamoqda o‘tirganlar kiradi. Ular odatda ana shu qilmishlari uchun qamoqxonadagi o‘g‘ri- jinoyatchilarning ham tegishli jazosiga duchor bo‘ladilar, ya’ni zo‘rlanadilar. Bundaylardan ko‘pchilik jinoyatchilar hazar qiladilar.
O‘g‘rilar cho‘ntakkesarlar, uy o‘g‘rilari, do‘kon o‘g‘rilari, avtomobil o‘g‘rilari, antikvariat o‘g‘rilari kabi bir necha guruhlarga bo‘linadilar.
Firibgarlar esa shulerlardan, folbinlardan, «qo‘g‘irchoqboz»lardan, yolg‘onchi olib-sotarlardan tashkil topadi va ularning har bir toifasining o‘ziga xos axloqiy qonunlari bo‘ladi.
Jinoyatchilar dunyosidagi qonunlar biror joyda yozilgan, tasdiqlangan yoki ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ularni qonun deb hisoblash mumkin emas, ularni faqat jinoyatchilarning
«axloq qoidalari» deb atash mumkin.

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin