Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə58/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Shaxsni psixologik tiplashtirish mazkur hodisani bilish usullaridan biridir, ammo muayyan jinoyatchilarning shaxslarini o‘rganishda olingan ma’lumotlarni tegishlicha nazariy asoslash zarur.
Jinoyatchilikni ijtimoiy determinatsiyalash mexanizmi shaxsni o‘rganishda ikki xil yondashuvni – ijtimoiy-tipologik va ijtimoiy-rolli yondashuvlarni birlashtirishni talab qiladi. Ijtimoiy-tipologik yondashuvda avvalo shaxsning ijtimoiy o‘rni (pozitsiyasi), unga mos ijtimoiy qadriyatlar, me’yorlar, ularning idrok etilishi va bajarilishi tahlil qilinadi. Ikkinchi holda shaxsga faol arbob, ijtimoiy munosabatlarning subyekti sifatida qaraladi. Ijtimoiy-rolli yondashuv obyektiv jihatdan kriminogen xususiyatga ega bo‘lgan pozitsiya va funksiyalarni ko‘rishga imkon beradi, chunki ular shaxs zimmasiga amaldagi qonunlarga zid majburiyatlarni yuklaydi va shu bois u ushbu majburiyatlarni faqat jinoyatchilik sodir etib bajarishi mumkin bo‘ladi, shaxsga bir-birini istisno etuvchi talablar qo‘yadi, bu esa ijtimoiy-huquqiy nizolarni keltirib chiqaradi, shaxsni uning uchun zarur bo‘lgan ijobiy ta’sirlar majmui amal qiladigan doiradan chiqarib yuboradi.
Yuridik psixologiyadagi asosiy masalalardan biri, avvalo, shaxsning motivatsion sohasi tashqi muhitdagi muayyan omillar bilan o‘zaro aloqadorlikda ushbu shaxs uchun kriminogen vaziyat yaratishi mumkin bo‘lgan ichki shaxsiy shart-sharoitlarni ajratib olishdir.
Har bir insonga o‘z ehtiyojlarini qondirish, shaxsiy va umumiy maqsadlarga erishish uchun boshqa odamlar bilan birlashishga intilish xosdir. Qonunga itoatkor odamlar, qonunbuzarlardan farqli ravishda, noqulay vaziyatlarda guruhdan chiqish, o‘zlarini qanoatlantirmaydigan aloqadan qochishga qodirdirlar yoxud bunday holatlarga nisbatan o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishga harakat qiladilar.
Amaliyotning ko‘rsatishicha, jinoyatlarning har xil (g‘arazli, zo‘ravonlikka asoslangan, ehtiyotsizlik orqasida sodir etiladigan) turlariga jinoyatchilarning motivatsion sohasida bo‘ladigan turli buzilishlar xosdir.
Shaxsning aynan jinoiy harakatni sodir etishi ham tashqi vaziyat (obyektiv omil), ham ichki (subyektiv omil) maqsadlar bilan bog‘liq.
Jinoyatchilik sabablari majmuidagi muhim tarkibiy qismlardan biri iste’molning aholining to‘lovga qobiliyatli talabidan orqada qolishi bilan bog‘liq bo‘lgan ana shu iste’mol sohasi ishtirokchilari bo‘lmish odamlar talablarining qanoatlantirilmasligidir. Hozirgi kunda moddiy-tovar boyliklar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlar bilan ularni qondirish imko- niyatlari o‘rtasidagi uzilish ijtimoiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgani hammaga ma’lum. Bu o‘rinda jinoiy xulq shakllanishining kamida ikki variantini farqlash lozim.
U biz yuqorida ko‘rib chiqqan mehnat va taqsimot sohalaridagi ijtimoiy ziddiyatning ta’siriga o‘xshash tarzda yuz beradi, ya’ni iste’mol tovarlari va xizmatlarning taqchilligi aholining psixologiyasiga salbiy ta’sir etadi va noadekvat (nomos) ijtimoiy qarashlarni yuzaga keltiradi, bu esa aholining jinoiy faollik darajasida ko‘rinadi. Xizmat (ish) o‘rinlarining yetishmovchiligi jinoyatchilikning ortib borishiga olib keladi Maishiy xizmatlarning yaxshi rivojlanmaganligi odamlar o‘rta- sidagi munosabatlarda keskinlikning ortishiga, nizoli ijtimoiy-psixologik muhit shakllanishiga olib keladi. Tadqiqotlar natijalarining ko‘rsatishicha, maishiy xizmatlar kamroq rivojlangan hududlarda ushbu sohadagi nizolar boshqa joydagilardan ko‘proq bo‘ladi1.
Ta’kidlash lozimki, taqchillik jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishga shart-sharoit yaratuvchi omillardan biri hisoblanadi. Iste’mol sohasidagi taqchillik buyurtma qotilliklar, terrorchilik harakatlari, firibgarlik, odam savdosi, poraxo‘rlik, korrupsiya, narkobizneslarning tarqalishiga sharoit yaratadi2.
Shu ma’noda jinoyatchi shaxsi – individ sodir etgan muayyan turdagi jinoiy qilmishni keltirib chiqargan uning tipologik xislatlari majmui.





1 Алимов С., Антонов-Романовский Г. В. Криминологическое значение изучения конфликтов в основных сферах жизнедеятельности // Актуальные проблемы уголовного права и криминологии. – М., 1999. – С. 61–67.
2 Чуфаровский Ю. В. Юридическая психология. – М., 2003. – С. 120.
Jinoyat sodir etgan shaxsni o‘rganishda unda ustunlik qiluvchi, uning qadriyatlari, hayot-faoliyatining mazmuni, mayllari va qarashlarini aniqlash zarur.
Chunki, jinoyatchilar o‘zlarining g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarining asl mohiyatini ko‘proq yoki kamroq darajada anglagan holda, o‘zlarini oqlaydigan motivlar, bahonalar tizimini axtaradilar va jinoiy maqsadlariga erishishlariga xalal beruvchi qadriyatlarni rad etadilar. O‘z harakatlarini oqlash maqsadida javobgarlikdan bo‘yin tovlash, o‘zini ruhiy jihatdan himoyalash aksariyat jinoyatchilarga xos bo‘lgan psixologik xususiyatdir.
Oldindan rejalashtirilgan va sodir etilgan jinoyatni oqlash turli usullar bilan amalga oshiriladi:

  • jinoyat qurbonining aybdorligini bo‘rttirib ko‘rsatish;

  • ijtimoiy va huquqiy normalarni g‘ayriijtimoiy guruhlar (banda, o‘g‘rilar to‘dasi)ning qoidalariga qarshi qo‘yib qadrsizlantirish;

  • javobgarlikni boshqalarning gardaniga qo‘yish, yuzaga kelgan vaziyat bilan o‘zini oqlash va sh.k.

Ijtimoiy qadriyatlardan begonalashgani bois jinoyatchi ruhiy dekompensatsiyalar (ichki ruhiy muvozanat hosil qiluvchi soxta
«o‘rinbosar»lardan foydalanish) asosida o‘zining jinoiy xulqi sabablarini ichki salbiy xislatlarida emas, balki tashqi vaziyatlar, boshqa odamlarning xatti-harakatlaridan axtaradi.
Jinoyat motivlari jinoyatchining shaxsiy salbiy xislatlari – g‘araz, kek saqlash, rashk, shuhratparastlik, yolg‘on qarashlar tizimi (burch, o‘rtoqlik kabi xislatlarni noto‘g‘ri tushunish) orqali shakllanadi.
Aksariyat jinoyatchilar ko‘p narsaga da’vogar bo‘ladilar, ammo buni amalga oshirish imkoniyatlari juda kam bo‘ladi. Ushbu holat deyarli barcha jinoyatchilarning ichki shaxsiy nizolari asosida yuzaga keladi.
Ko‘pchilik holatlarda jinoyatchi shaxslarning qadriyatlar va normalar tizimi buzilganini, ya’ni voqelikni noto‘g‘ri idrok etishini kuzatish mumkin. Ularning xulqini bir daqiqalik, muayyan vaziyat bilan bog‘liq mayllar, eng quyi darajadagi ehtiyojlar egallab turadi.
Jinoyat sodir etgan shaxslarning ehtiyojlari asosan quyidagi xususiyatlarga ega:

  • ehtiyojlarning torligi, cheklanganligi, moddiy-utilitar xarakterga ega ekanligi;

  • ijtimoiy zarur ehtiyojlarning (mehnat, axloqiy xulqqa bo‘lgan ehtiyojlarning) rivojlanmaganligi;

  • shakli buzilgan, o‘rtacha standartdan va qondirishning qonuniy imkoniyatlaridan ortiq bo‘lgan ehtiyojlar;

  • buzilgan ehtiyojlar.

Shu ma’noda aksariyat huquqbuzar shaxslarda iste’molchilik gipertrofiyasi mavjuddir. Iste’molchilik gipertrofiyasi deganda talon- torojlik, poraxo‘rlik, o‘g‘rilik, talonchilik va bosqinchilikning asosiy shart-sharoitlaridan birini tushunish mumkin. Aksariyat odamlarning ijtimoiy buzilishi ularning yaratuvchilik xislatlarining buyumlarga egalik borasida ustunlik qiluvchi his-tuyg‘ulari tomonidan siqib chiqarilishida ko‘rinadi. Ularda «jamg‘arish instinkti» chegaraga ega bo‘lmaydi. Falokat to‘planadigan buyumlarda emas, balki iste’molchi odam ishlab chiqaruvchi shaxs sifatida passiv bo‘lib qolishi, g‘ayriijtimoiy, so‘ngra esa odatda jamiyatga qarshi (firibgar, poraxo‘r, mansabni suiiste’mol qiluvchi) bo‘lib qolishidadir.
Ba’zan salbiy xulqning muayyan shakllari shaxsning dastlabki ehtiyojlari bilan bog‘liq shart-sharoitlardan uzilgan holda yakka-yu yagona manfaatga aylanadi. Fitna, g‘iybat, tuhmat, boshqalarga ko‘ngilsizliklar yetkazish, janjallar – ko‘pincha shaxsning o‘zini qaror toptirish va ijtimoiy faolligini namoyon etishning buzilgan shakli sifatida yuzaga chiqadi.
Biroq, hattoki bir qarashda bema’ni tuyulgan jinoyatlar ham jinoyatchi uchun muayyan ma’noga, tegishli shaxsiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Har qanday jinoyat jinoyatchi shaxsining ehtiyoji, manfaat yoki qarashlari bilan muayyan tarzda bog‘liq bo‘ladi.
Ba’zi jinoyatlar odatdagi harakatlarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq. Ular ong osti va yarim avtomat xususiyatiga ega bo‘lib, javobgarlikni bekor qilmaydi, zero shakllanishi jarayonida to‘liq ongli nazorat bosqichidan o‘tgan bo‘ladi.
Aksariyat jinoyatchilarga o‘z-o‘zidan yuzaga keladigan mayllar, ularning tasodifiy vaziyatlarga bog‘liqligi xosdir. Bu esa ularda o‘zini o‘zi boshqarish va uyushgan qadriyatlar tizimi yo‘qligidan dalolat beradi. Har bir jinoyat nihoyatda individual va ko‘p omilli hodisadir. Jinoiy xulq genezisini nazariy qamrab olish uchun jinoiy xulqning eng ko‘p tarqalgan tiplarini tahlil qilish zarur. Jinoyatchi xulqining mexanizm- larini tushunish uchun «jinoyatchi shaxsining tipi» tushunchasidan kelib
chiqish zarur.
Jinoyatchi shaxsining tipi – shaxsning unga xos bo‘lgan jinoiy xulq usullari bilan bog‘liq barqaror jinoiy yo‘nalganligi. Jinoyatchi shaxsining
tuzilishi, albatta, jinoyatning dastlabki sababi emas. Uning dastlabki sababini jinoyatchining shakllanish shart-sharoitlari tashkil qiladi.



  1. Yüklə 2,38 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin