Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Jamoadan tashqari axloq subyektlari va ularning psixologik tavsifni aytib bering.
Mish-mishlar tarqalishining psixologik sabablari qanday namoyon bo‘ladi?
Mish-mishlar qanday ijtimoiy psixologik tavsifga ega?
Olomon psixologiyasi va olomon turlariga izoh bering.
Olomon harakatida qanday psixologik mexanizm va ko‘rinishlar mavjud?
Olomon ta’sirida shaxslar psixikasida qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?
Olomon va guruhli ekssesslarning farqi nimada?
Favqulodda holatlarda olomonning axloqi to‘g‘risida fikr bildiring.
bob.
HUQUQBUZAR SHAXS PSIXOLOGIYASI
Jinoiy xulq va unda «normadan chetga chiqish» tushunchasi
Inson xulqi murakkab va ko‘p qirrali hodisa bo‘lib, uni o‘rganishda tizimli yondashuv va ehtimol tutilgan jarayonlar haqidagi zamonaviy tasavvurlarga ega bo‘lish talab qilinadi. Har bir axloqiy hodisaning mohiyati uning shaxs xulqining umumiy tuzilishidagi o‘rni bilan bog‘liq. Individual rivojlanish jarayonida axloqiy tizimlar individual axloqiy strategiyaning murakkab majmuiga aylanadi va shaxsning axloqiy tipini hosil qiladi.
An’anaga ko‘ra, g‘ayriijtimoiy xulq sabablari ikki guruhga – ijtimoiy va biologik sabablarga ajratiladi. Biroq, axloq-odob me’yorlari (qoida)dan og‘uvchi xulqning ko‘plab ko‘rinishlarini tahlil qilish mazkur muammoni boshqacharoq, ya’ni tizimli-integratsiyalashgan (birlashgan) holda o‘rganish zarur, degan xulosaga olib keladi.
Ijtimoiylik yoki biologiklik omillariga «ruhiylik» nomli tizim hosil qiluvchi omilni kiritish hamda inson xulqining sababiy bog‘lanishlari (determinatsiyasi) bilan bog‘liq barcha muammolar majmuini ijtimoiy- psixologik-biologik sabablar deb atash zarur. Bunda «psixologik» jihatning o‘rtada joylashgani uning ham ijtimoiy, ham biologik omil uchun birlashtiruvchi funksiyaga egaligini anglatadi.
G‘ayriijtimoiy xulq sabablari haqida so‘z borar ekan, avvalo, muammoni tahlil qilishning asosiy prinsiplarini keltirib o‘tamiz.
G‘ayriijtimoiy xulq, normadagi xulq kabi, ko‘p omillidir, u bir yoki hatto bir qancha sabablarning oqibati emas. Biroq, alohida olingan individual axloqiy ko‘rinishning ko‘p omillar bilan bog‘liqligi va ehtimolli xususiyati uni o‘rganib bo‘lmasligini bildirmaydi. Bu o‘rinda shaxsning tipik individual-psixologik xususiyatlari va axloqiy qarashlarini aniqlash ustun ahamiyatga ega. Ijtimoiy va biologik omillar o‘z-o‘zicha emas, balki jinoyatchi xulqining tipini hosil qiluvchi uning shaxsiy-psixologik xislatlarida birlashgan holda g‘ayriijtimoiy xulqning aniqlovchilariga aylanadi.
G‘ayriijtimoiy xulq ijtimoiy ijobiy xulqdan yo‘nalishining mazmuni bo‘yicha ham, psixoregulyatsion xususiyatlari bo‘yicha ham
ajralib turadi. Shaxs xulqi uning ehtiyojlari, anglangan va anglanmagan mayllari tizimi, oldiga maqsad qo‘yish va unga erishish xususiyatlari bilan ajralib turadi. Agar uni sxema tarzida tasvirlaydigan bo‘lsak, quyidagicha ko‘rinish hosil qiladi.
Aksariyat jinoyatchilarning xulqiga ijtimoiy qadriyatlarga moslasha olmaslik (dezadaptatsiya) va o‘zini o‘zi boshqarishdagi nuqsonlar xosdir. Individning o‘zini o‘zi boshqarish imkoniyatlari past darajada bo‘lganida, g‘ayriijtimoiy mayllari, odatlari nafaqat nazorat qilinmaydi, balki ularning o‘zlari xulqning maqsad hosil qiluvchi mexanizmlariga aylanadi.
G‘ayriijtimoiy xulq individning o‘z ijtimoiy mas’uliyatini himoya qilish (o‘zini oqlash) motivatsiyasi, umum qabul qilingan ijtimoiy qadriyatlarning qadrsizlanishi asosida amalga oshiriladi. Inson xulqi uning ehtiyojlari va yo‘nalganlik sohasi, qabul qilgan qadriyatlar tizimi, umuminsoniy madaniyatdan bahramandlik darajasi bilan bog‘liqdir. Inson hayvondan farqli ravishda qandaydir yagona xulq tizimlariga mahkum emas, u ko‘p funksiyalidir. Uning xulqini aniq instinktiv (tug‘ma) mayllari emas, balki ijtimoiylashuv darajasi yuzaga keltiradi.
G‘ayriijtimoiy xulq – mojaroli xulq bo‘lib, doimo jamiyatda, ijtimoiy guruhlarda, shaxs bilan ijtimoiy guruh, ayrim shaxslar o‘rtasida va, nihoyat, shaxsning o‘zidagi ichki ziddiyatlarga asoslangan. Inson xulqidagi tashqi holatlar tizimi unda shakllangan ichki ruhiy shart- sharoitlar tizimi orqali namoyon bo‘ladi. Ushbu ichki ruhiy shart- sharoitlarga quyidagilar kiradi:
qadriyatlar tizimi;
axloqiy yo‘nalganlik;
xatti-harakatning umumlashgan usullari;
o‘zini o‘zi tartibga solishning psixodinamik xususiyatlari.
Inson xulqida na obyektiv, na subyektiv omillarni alohida ajratish mumkin. Ijtimoiy omillar odamlar xulqiga bevosita ichki shaxsiy,
individual-psixologik hodisalar orqali ta’sir ko‘rsatadi (va bu, ba’zan
«jinoiy tabiat» illuziyasini yuzaga keltiradi).
Shaxs qanchalik kam ijtimoiylashgan bo‘lsa (bu, odatda, jino- yatchi shaxsning o‘ziga xos xususiyatidir), biologik omillarning ustun (dominanta) bo‘lish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi. Inson ongining rivojlanishi qanchalik cheklangan bo‘lsa, uning xulqida iyerarxik jihatdan quyi turadigan motivatsiya darajalari shunchalik katta rol o‘ynaydi.
Kriminolog olim Z.S.Zaripov va I. Ismailovlar jinoiy xulq shakllanish jarayonini quyidagi toifalarga ajratishadi: a) shaxs ehtiyoji va manfaatlari buzilishi bilan bog‘liq jinoiy xulq shakllanish jarayoni; b) shaxs ehtiyoji (manfaati) va imkoniyati o‘rtasidagi farq (qarama- qarshilik) bilan bog‘liq jarayonlar; v) shaxs ma’naviy va huquqiy tasavvurining, qadriyatlar va ijtimoiy yo‘nalishining buzilishi bilan bog‘liq jarayonlar; g) qaror qabul qilish va amalga oshirishdagi nuqson va kamchiliklar bilan bog‘liq jarayonlar1.
Jinoiy xatti-harakat jarayoni quyidagi asosiy qismlarni o‘z ichiga oladi: motivatsiya, qaror qabul qilish va uni amalga oshirish. Har qanday ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xatti- harakat bu shaxsdagi o‘ziga xos xususiyatlar bilan tashqi muhitning o‘rtasidagi aloqaning natijasi degan fikrga asoslangan holda muayyan jinoiy xatti-harakat jarayonini quyidagicha tasvirlasa bo‘ladi:
Dostları ilə paylaş: |