Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə55/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Shaxsning xususiyatlari





1 Qarang: Зарипов З.С., Исмаилов И. Криминология. – Т., 1996. – Б. 130.
Rus olimi G. A. Avanesov inson xatti-harakatiga salbiy ta’sir etuvchi quyidagi biologik shart-sharoitlarni ajratadi:

  • jinsiy buzilish va jinoyatlarning sababiga aylanadigan biologik ehtiyojlar patologiyasi;

  • asab tizimining qo‘zg‘aluvchanligini kuchaytiradigan, noadekvat reaksiyani keltirib chiqaradigan va harakatlarni ijtimoiy nazorat qilishni qiyinlashtiradigan asab-ruhiy kasalliklar (psixopatiyalar, nevrosteniyalar, kasallik va sog‘liq chegarasidagi holatlar);

  • turli xil psixosomatik, allergik, zaharvandlik bilan bog‘liq kasalliklarga olib keladigan va qo‘shimcha jinoiy omil bo‘lib xizmat qiladigan psixofiziologik zo‘riqishlar1.

Ruhiy anomaliya (normadan og‘ish)lar esa irsiy (genetik) ildizlarga ega bo‘lib, asabiy-ruhiy buzilishlar faqat noqulay muhit ta’siridagina jinoiy xulqning sababi bo‘lishi mumkin.
XX asrning 20-yillaridayoq psixiatrlar (Antonyan Y. M., Borodin S. A., Vinogradov M. V., Golub S. A. va boshq.) jinoiy xulq turi bilan ruhiy anomaliya o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligini ta’kidlaganlar. Masalan, rus olimi Y. M. Antonyanning fikricha, «...aqli ojizlar, kunda- lik hayotga moslasha olmaydiganlar o‘zlarining tuban ehtiyojlarini qondirish maqsadida o‘g‘rilik, ba’zan esa qotillik jinoyatlarini sodir etadilar. Beqaror va tashqi muhit ta’siriga tez beriluvchan ixtiyorsiz psixopatlar odatdagi o‘g‘rilar safini oson to‘ldiradilar; ma’nosiz ruhiy his-tuyg‘ular va kuchli tuban mayllarga ega bo‘lgan psixopatlardan esa banditlar, g‘arazli qotillar boshqalarga qaraganda osonroq hosil bo‘ladi; patologik qo‘zg‘aluvchanligi bilan ajralib turadigan psixopatlar arzimagan narsa tufayli atrofdagilar bilan oson aytishib qoladilar, jamoat tartibini buzadilar»2 .
Ruhiy anomaliyalarga chalingan shaxslarning ulushi (koeffitsiyenti) barcha jinoyatchiliklarning taxminan 70 % ini tashkil qiladi.
Ma’lum bo‘lishicha, ruhiy anomaliya holatida shaxslar tomonidan jismoniy kuch ishlatish (odam o‘ldirish, nomusga tegish, tan jarohati





1 Qarang: Аванесов Г. А. Криминология и социальная профилактика. – М., 1999. – С. 226–230.
2 Qarang: Антонян Ю. М. Преступность и психические аномалии. – М., 1990. – С. 67.
yetkazish) va bezorilik jinoyatlari sodir etilgan. Masalan, aqli raso deb tan olingan va odam o‘ldirish, nomusga tegish, tan jarohati yetkazish jinoyatlarini sodir etgan voyaga yetmaganlar sud-psixiatriya eksper- tizasidan o‘tkazilganda ularning har besh nafaridan uch nafarida aqli raso bo‘lgan holda o‘z jinoiy qilmishlariga yo‘l ochuvchi turli anomaliya holatlari borligi aniqlangan. Ichki ishlar organlarining tegishli xizmat sohalari hisobida turgan voyaga yetmaganlar sodir yetgan huquqbuzar- liklarning1 23–43 % ini ruhiyatida turli darajadagi ruhiy kamchiliklar mavjud bo‘lgan yoshlar amalga oshirganlar. Jismoniy kuch ishlatish orqali og‘ir turdagi jinoyat2 sodir etganlarning umumiy miqdorida anomaliya holatlarining mavjudligi tahlil etilganda 33 % shaxslarda anomaliya holatlari, 19 % da markaziy asab tizimining organik jarohati, 18 % da bosh miya jarohati, 17 % da surunkali alkogolizm alomat- larining mavjudligi aniqlangan3.
Shu ma’noda, aksariyat jinoyatchi shaxslarning xulqida janjal- kashlik, tez ta’sirlanish, salbiy mayllarning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi, o‘z xulqini ijobiy qadriyatlar va motivatsiyalar bilan boshqarish mexanizmining sustligini kuzatish mumkin. Mazkur axloqiy ko‘rinishlarning bari genetik anomaliyalar – Klayn Felter sindromi (ortiqcha X-xromosoma – 47/XXY sindrom yoki ortiqcha Y-xromosoma – 47/XYY sindrom) deb nomlanadi. Bunda ortiqcha X-xromosoma haddan tashqari tajovuzkorlik bilan, ortiqcha Y-xromosoma esa maqsad



1 Huquqbuzarlik – jamiyatda o‘rnatilgan va qonun asosida belgilangan tartib yoki umuman ijtimoiy yashash qoidalarini buzish. O‘z xususiyatlariga ko‘ra huquqbuzarlik – jinoyat, nojuya harakat, intizomni buzish shaklida bo‘ladi. Ko‘p hollarda huquqbuzarlik qonunbuzarlik so‘zi bilan hamohang bayon etiladi. Barcha huquqbuzarliklar jinoyat emas. Shu bilan birga, qonunbuzarliklarning barchasi ham jinoyat bo‘lmasligi mumkin. Jinoyat deb aytish uchun uning o‘ziga xos belgilari bo‘lishi zarur // Юридик энциклопедия / Проф. У.Таджихановнинг умумий таҳрири остида. – Т., 2001. – Б. 652.
2 O‘zR JKning 14-moddasiga asosan, JK bilan taqiqlangan aybli, ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb hisoblanadi. Jinoyat boshqa qoidabuzarliklardan o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Bu qilmishning ijtimoiy xavfliligidir.Chunki jinoyat natijasida jamiyat va shaxs uchun ham moddiy, ham ma’naviy zarar yetkaziladi. Shuning uchun jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi jinoiy oqibatda aks etadi // Юридик энциклопедия / Проф. У.Таджихановнинг умумий таҳрири остида. – Т., 2001. – Б. 156.
3 Криминология: Дарслик / Проф. З.С.Зариповнинг умумий таҳрири остида. – Т., 2007. – Б. 91.
qo‘yish va unga erishish sohasidagi og‘ish (anomaliya)lar, xulqning irodaviy boshqaruvidagi buzilishlar bilan izohlanadi1.
Hozirgi genetikaning yutuqlari individ psixikasining faqat «muhit» bilan bog‘liqligi haqidagi ilgari shakllangan tasavvurlarga o‘zgartishlar kiritmoqda. Biologik va ijtimoiy jihatlar inson xulqining murakkab tizimli bioijtimoiy omilini hosil qiladi.
Shunday qilib, inson xulqi yagona bioijtimoiy omil bilan bog‘liqdir. Biologik jihatdan meros sifatida olingan inson xislatlari muayyan ijtimoiy sharoitlarda uning ruhiy xislatlari rivojlanishi uchun shart- sharoit hisoblanadi.
Har bir jinoyat g‘ayriijtimoiy yo‘nalishdagi boshqaruv mexa- nizmlarga ega xulq natijasidir. Xo‘sh, bu subyektiv ruhiy omil jinoyatni keltirib chiqarishga sabab bo‘ladimi?
Albatta, ruhiy omillar jinoyat sodir etilishida birinchi o‘ringa chiqadi va bu ularning birinchi sababi ekanligi xususidagi fikrni yuzaga keltiradi. Aslida, ruhiy omillarning o‘zi jinoyatchi shaxsi shakllanishining haqiqiy sharoitlarida yuzaga keladi.
Inson xulqida tashqi omillar tizimi ichki shart-sharoitlar tizimi bilan belgilanadi. Shu bois har bir jinoyatda obyektiv va subyektiv omillarning birligi ko‘rinadi. Hech bir tashqi omil ham, hech bir ichki holat ham o‘z- o‘zicha axloqiy aktni yuzaga keltirmaydi.
Shu ma’noda, aksariyat jinoyatchilarda o‘z-o‘zidan yuzaga keladigan mayllarning tasodifiy vaziyatlarga bog‘liqligi xosdir. Shaxsning o‘zini o‘zi boshqarish tizimining tarqoqligi aksariyat jinoyatchilarni bir-biridan ajratib turuvchi asosiy psixologik jihatlardan biridir. Jinoyatchilarning ayrim xudbinona intilishlari g‘ayriijtimoiy tus olganda ularning axloqiy tizimini ong osti mayllari darajasida boshqaradi.
Yaqin o‘tmishda bo‘lgan freydizmning asossiz tanqid qilinishi bizda
«ong osti» tushunchasiga salbiy munosabatni yuzaga keltirdi. Hozirgi ilmiy psixologiya «ong osti omilini» «o‘z» o‘rniga qaytardi.
Biroq «ong osti omilining taqiqlanganligi» fikri hali bizning huquqshunoslikda hukmronlik qilishda davom etmoqda. Huquqshunoslik dastlabki bosqichlarida faqat ongga asoslanadi. Biroq, ushbu cheklangan konsepsiya asosida shaxsning aksariyat vaziyat va impulslar bilan bog‘liq harakatlarining ma’nosi va g‘ayriqonuniy mohiyatini tushunib bo‘lmaydi. Garchi ushbu harakatlar mexanizmini ifodalash uchun soxta



1 Qarang: Еникеев М.И. Юридическая психология. – СПб., 2005. – С. 55.
ilmiy surrogat – «motivsiz jinoyat» tushunchasi o‘ylab topilgan bo‘lsa- da, bu vaziyatdan chiqish yo‘li emas, chunki sababsiz hodisalar sodir bo‘lmaydi.
Ruhiy boshqaruvlarning ong osti mexanizmlari barcha maqsadli harakatlarda, axloqiy qarashlarning keng miqyosli tizimida namoyon bo‘ladi. Ong darajasi qanchalik past bo‘lsa (aksariyat jinoyatchilarga ana shu belgi xos), xulqni tartibga solishning ong osti mexanizmlari shunchalik katta rol o‘ynaydi.
Insonning asosiy axloqiy fondi umum qabul qilgan me’yorlarga aylanib ulgurgan. Muayyan shaxs xulqining mustahkamlangan, umumlashgan usullari uning tabiatiga xos xislatlardir.
Ijtimoiylashgan shaxs barcha vaziyat va sharoitlarda barqaror va yaxlitdir. Jinoyatchi shaxs esa vaziyatga tobedir. Shu bilan birga, ashaddiy jinoyatchilarga xos barqaror g‘ayriijtimoiy yo‘nalganlik ularda tegishli ustunlik qiluvchi kriminogen motivlar, jamiyat uchun xavfli anglangan, ularning hayoti va faoliyatidagi boshqa barcha ko‘rinishlarni o‘ziga bo‘ysundiruvchi intilishlar borligidan dalolat beradi.
O‘z navbatida, shaxs, o‘zining ruhiy xislatlariga ko‘ra jinoyatchining ijtimoiy roliga muqarrar mahkum etilishi mumkin emas. Biroq, har bir jinoyatda uning subyektiv tomoni sifatida jinoyatchi shaxsning ruhiy holatlari doimo namoyon bo‘ladi.
Jinoyatchilar bir-birlaridan hamda ijtimoiy hayotga moslashgan, qonunga itoatkor odamlardan «jinoiy jihatlari» bilan emas, balki hayoti va faoliyatining turli sharoitlarida shakllangan fe’li-atvoriga xos salbiy jihatlari bilan farq qiladilar.
«Jinoiy ruhiyat» ham, «jinoiy vorisiylik» ham mavjud emas. Ayni vaqtda ruhiyat ham, uning tabiiy shart-sharoitlari ham har qanday axloqiy aktga, jumladan g‘ayriqonuniy harakatlarga «daxldordir».
Ijtimoiy qarashlari qat’iy bo‘lmagan insonda hatto uning tabiiy mayllari ham g‘ayriijtimoiy axloq shakllarida, ya’ni jinsiy instinkt – nomusga tegishda; faol mudofaa refleksi – shaxsga tajovuz qilishda; o‘zini saqlash instinkti – dezertirlikda namoyon bo‘lishi mumkin. Huquqiy belgilariga ko‘ra bir xil jinoiy qilmish turli ruhiy omillardan kelib chiqishi mumkin. Masalan, o‘g‘rilik jinoyati aybdorning shaxsiy yo‘nalishi bilan ham, irodasining sustligi va ishonuvchanligi bilan ham, patologik xususiyati bilan ham sodir etilishi mumkin.
Insonning jinoiy qilmishida namoyon bo‘ladigan shaxsiy xislatlari
«huquqiy ongdagi qandaydir umumiy nuqsonlar»dan emas, balki aniq
axloqiy-psixologik qusurlari (baxillik, shafqatsizlik, ijtimoiy nega- tivizm)dan dalolat beradi.
Rus olimi A. R. Ratinovning o‘tkazgan tadqiqotida jinoyatchilar va qonunga itoatkor fuqarolar o‘rtasidagi jiddiy psixologik farqlar borligi kuzatilgan. Ya’ni shkalali tahlilda tekshiriluvchilarning qonunga itoatkor guruhi barcha asosiy qadriyatlarga ijtimoiy-ijobiy munosabatini, o‘z hayotining mazmunini baholashi bo‘yicha jinoyatchilardan ancha ustun ekanligi ma’lum bo‘lgan. Jinoyatchilar bilan qonunga itoatkor shaxslar o‘rtasidagi farqlar ijtimoiy muhit, faoliyat, badiiy zavq, nikoh, sevgi, farzandlar, oila kabi qadriyatlarda yorqin ko‘rinadi1.
Ayrim huquqshunoslar aksariyat jinoyatlarni o‘z-o‘zidan jinoyatni keltirib chiqaradigan, uning amalga oshishi uchun sharoit yaratadigan kriminogen vaziyat bilan bog‘laydilar.

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin