Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə53/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

To‘satdan yuzaga kelgan olomon birdan to‘planadi, voqea- hodisaning mohiyatini tushunishni xohlaydi. Ushbu turga to‘y-hasham, xudoyi, janozalardagi olomon – xalq kiradi.
Konvensial olomonga ommaviy sport tadbirlari, masalan, futbol uchrashuvlariga yig‘ilgan odamlar kiradi. Ushbu toifadagi olomonning
o‘ziga xosligi shundaki, ko‘p hollarda ularning axloqi ma’lum qolipdan chiqib ketadi. Bu ularning baqiriqlari, qayg‘urishlari, quvonganlarida ko‘rinadi.
Harakatdagi olomonga Donbasdagi shaxtyorlar harakatini, Bryansk va Brestdagi o‘qituvchilar harakatini misol qilishimiz mumkin. Harakatdagi olomonni, ko‘pincha, qo‘zg‘olonchi olomon deb atashadi, bunday olomon qo‘zg‘olon orqali o‘z niyatini amalga oshiradi.
Ashaddiy olomon hamma yoqni buzadi, sindiradi, o‘t yoqadi, bu bilan olomonning o‘zi ham vahimaga tushadi.
Olomon ham o‘z tarkibiga ega, masalan:

  1. adashib qo‘shilib qolgan shaxslar;

  2. ashaddiy harakatdagi shaxslar;

  3. olomon harakatini qo‘llab-quvvatlaydigan shaxslar;

  4. boshlovchilar (ya’ni, o‘t yoquvchilar.)

O‘t yoquvchilar olomonning xatti-harakatini, axloqini izdan chiqa- radi va bir yo‘nalishga qaratadi. Bunday shaxslar o‘zlari hech qanday yo‘lga yurmaydi, ishni boshlab keyin olomon orasidan qochadilar.
Olomonning xatti-harakatini qo‘llab-quvvatlab yuradigan shaxs- larning bevosita ishtiroki kam bo‘ladi.
Olomon tarkibidagi eng qo‘rqinchli shaxslar tajovuzkor shaxslardir, ular o‘z axloqini ko‘z-ko‘z qiladilar.
Ba’zi hollarda ayrim shaxslar o‘zlari bilmagan holda shu oqimga qo‘shilib ketadilar va olomonni to‘ldiradi. Ularning shunday ahvolga tushishiga sabab yolg‘on xabarga uchishidir.
Olomonning shakllanish bosqichlari:

  1. sharoitning yuzaga kelishi (sirkulatsiya);

  2. miyadagi qaynash;

  3. dushman obrazining shakllanishi;

  4. olomonning faollashuvi;

  5. jamiyatga qarshi harakatning avj olishi.

Sirkular, ya’ni aylanma reaksiya olomonning shakllanishiga olib keladi, bunda har xil imkoniyatlar, masalan, faktlar (dalillar), turli xabarlar yaratiladi.
Miyadagi qaynashda odamlar bir-biri bilan faqat xabar almashadi va eng asosiysi ma’lum bir fikrda turishadi. Shuning uchun ham boshqa xabarni (yangi) eshitganda o‘zlarini ma’lum ma’noda adashmagan deb hisoblaydilar.
Dushman obrazining shakllanishi shunday holatki, unda olomon faqat salbiy holatlarni tasavvur qilib, o‘zi noroziligini bildiradi. Bular- ning hammasi olomonning harakatini faollashtiradi.
Bunday tasavvurdagi obyektlar ommani birlashtiradi va bir butun qiladi. Oxirgi bosqich jamiyatga qarshi xatti-harakatni yuzaga keltirish va olomon faoliyatini faollashtirishdir.
Vahima, qo‘rquv va sarosimaga solish olomonning asosiy vazifalaridan bo‘lib, bunday holatlarda shaxslarning xatti-harakatida o‘zini o‘zi boshqarish oxirgi o‘ringa turishini, javobgarlik hissining yo‘qolishini kuzatish mumkin. Vahima, qo‘rquv va sarosima asosida mavjud yoki ehtimollik xavfi oldida ojizlik, uni yengib o‘tish o‘rniga undan qochish fikri paydo bo‘ladi. Vahima qo‘rquvning psixofiziologik mexanizmi bo‘lib, bosh miya po‘stlog‘ining katta maydonida induksion tormozlanish, anglash faolligining susayishiga olib keladi va tez emotsionallik holatini yuzaga keltiradi. Natijada shaxsda noadekvat (nomos) fikrlash, illyuzion (noto‘g‘ri) idrok qilish, kuchli emotsional qo‘zg‘alish oqibatida xavfni bo‘rttirish, kuchli ta’sirchanlik, beriluv- chanlik holatlarini kuzatish mumkin.
Vahima va qo‘rquv guruhiy va individual tarzda yuz beradi. Individual tarzda yuz beradigan vahima yoki qo‘rquv harakatlarning noadekvatligida, biror-bir xulosa, qarorga kelish, mavjud xavfdan qochish, undan kutilish uchun xavfsizlik choralarini ko‘ra olmaslik holatlarida namoyon bo‘ladi. Ommaviy tartibsizlik holatlaridagi vaziyat yetakchining individual vahima va sarosimaga bo‘lgan aks ta’siri bilan bevosita bog‘liqdir.
Vahima, sarosima, qo‘rquv asosan ikki turga bo‘linadi:

  • qaltis vaziyatlarda qo‘rqish natijasida o‘lim xavfini his etish;

  • muddatli xavotirlanishdan so‘ng kuchli zo‘riqish, asab tizimining buzilishi, diqqatning xavotir predmetiga yo‘nalganligi.

Ichki ishlar idoralari xodimlari vujudga kelishi mumkin bo‘lgan bunday salbiy hodisalarning oldini olish maqsadida oldindan profilaktik chora-tadbirlarni qo‘llashlari lozim. Ommaviy tartibsizliklar paytida ommani tarqatish uchun uni kichik guruhlarga ajratish, olomondagi ashaddiy ishtirokchilarni topish va ularni jazolash muhim ahamiyat kasb etadi.
Olomondagi jamiyatga qarshi harakatlarning oldini olishda ichki ishlar idoralari xodimlari ijtimoiy psixologiya va uning qonuniyatlarini yaxshi bilishlari, ya’ni ijtimoiy jarayonlar, jamoa va guruhlarining
psixologik xususiyatlarini, ularni harakatga keltiruvchi psixologik mexanizmlarni hisobga olishlari muhim ahamiyatga egadir. Bundan tashqari, jamiyatdagi ma’naviy-ruhiy muhitni o‘rganishlari, ijtimoiy psixologik munosabatlar tizimida jamoa va guruhlarning o‘rnini bilishlari zarur.



Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin