Kasbiy psixologiya


Ichki ishlar idoralari xodimlari shaxsining bilish faoliyatiga psixologik tavsif



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə14/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Ichki ishlar idoralari xodimlari shaxsining bilish faoliyatiga psixologik tavsif


Ichki ishlar idoralari xodimlarining bilish faoliyati boshqa kasb kishilarnikiga qaraganda chuqurligi, keng qamrovliligi, tezkorligi, aniq maqsadga qaratilganligi, mantiqiyligi, maxsusligi bilan farq qiladi. Quyida bularning barchasiga batafsil to‘xtalamiz.
Diqqat va uning ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida tutgan o‘rni. Diqqat kishi faoliyatining barcha turlari, eng avvalo, mehnat va o‘quv faoliyati samaradorligining muhim va zarur shartidir. Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlanganligi, yo‘naltirilganligidan iboratdir. Tevarak-atrofdagi ko‘plab ta’sirlar orasidan kishi hamisha nimanidir idrok etadi, nimanidir faraz qiladi, nima haqidadir fikr yuritadi, o‘ylaydi. Ongning bu xossasi diqqat kabi xususiyat bilan o‘zaro bog‘liq. Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy faoliyatida bilish jarayonlarining ahamiyati beqiyosdir. Biz quyida bilish jarayonlariga va uning ichki ishlar idoralari faoliyatidagi o‘rniga to‘xtalamiz.
Diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo‘naltiril- ganligi va bir narsaga qaratilganligidir.
E’tiborni ma’lum obyektga qaratish uchun irodaviy kuch-g‘ayrat sarflash zarurati yuzaga kelganda, binobarin, qiyinchiliklar paydo bo‘lganida, bilishga oid qiziqish susayganida va shuningdek, to‘siqlar mavjud bo‘lgan kezlarda diqqat aniq-ravshan namoyon bo‘ladi.
Hosil bo‘lish xususiyati va amal qilish usullariga ko‘ra diqqatning uchta asosiy turi mavjud:

  • ixtiyorsiz diqqat;

  • ixtiyoriy diqqat;

  • ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat

Ixtiyorsiz diqqat kishining niyatlari va maqsadlaridan mustasno tarzda hosil bo‘ladi va qo‘llab-quvvatlanadi. Ixtiyorsiz diqqatning paydo bo‘lishi jismoniy, psixofiziologik va psixik omillar bilan belgilanadi. Individning ehtiyojlariga mos keladigan, uning uchun ahamiyatiga ega bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar ixtiyorsiz diqqatni qo‘zg‘aydi. Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning roli benihoya kattadir. Nimaiki qiziqarli, maroqli, hissiyotga boy, zavqli bo‘lsa, diqqatning uzoq vaqt mobaynida to‘planib turishini taqozo etadi. Ixtiyorsiz diqqat shaxsning umumiy yo‘nalganligiga ham bog‘liqdir.
Ixtiyoriy diqqat ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan diqqat-e’tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida hosil bo‘ladi. Ixtiyoriy diqqat, agar kishi o‘z oldiga ma’lum bir vazifa qo‘ygan va harakat dasturini ongli tarzda ishlab chiqqan bo‘lsa, yuz beradi.
Ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatda shaxs uchun diqqatning ixtiyoriy to‘planganligidagi kabi, faqat uning mazmuni va jarayonining qiziqarli hamda ahamiyatli bo‘lishi natijasida qiziqib, kirishib ketish xususiyatida namoyon bo‘ladi. Diqqatning jamlanishi, jalb qilinishi ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqatda unumli va sermahsul hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat sharoitiga o‘tish uchun ish jarayonini faollashtirish talab etiladi. Ish jarayonini xotira qonuniyatlarini yaxshi bilgan holda, uning yordamidan foydalanib amalga oshirish talab etiladi. Bular mantiqan tushunish va qiziqish uyg‘otish qonuniyatlari hisoblanadi1.

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin