Kasbiy psixologiya


Professional jinoyatchilar va retsidivistlarning psixologik xususiyatlari



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə64/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Professional jinoyatchilar va retsidivistlarning psixologik xususiyatlari


Professional jinoyatchilik odatda doimiy ravishda g‘ayriqonuniy daromad olish bilan chambarchas bog‘lanadi. Biroq, professional jinoyatchilikni faqat «daromad» tushunchasi bilan emas, balki yaxshi ishlangan, yo‘nalish, izga tushgan usullar bilan amalga oshiriladigan barqaror, doimiy mashg‘ulot sifatida tushuniladigan «professionalizm» degan psixologik tushuncha bilan ham bog‘lash lozim.
Masalan, o‘g‘rilik kasbga aylanganida u bilan har qanday kasb bilan bo‘ladigan hodisa ro‘y beradi: mehnat taqsimoti yuzaga keladi, kasb
turmush tarziga aylanadi. Professional jinoyatchi o‘z ishini yaxshi biladi va butun intilishlarini unga bo‘ysundiradi, shuningdek jinoiy ixtisoslashuvi bilan ajralib turadi.
Professional jinoyatchilar o‘z hayotlarida bir necha marta aybli ijtimoiy xavfli qilmish sodir etib, muayyan bilim va tajriba to‘plagan, faqat jinoyat sodir etish tufayli qo‘lga kiritilgan moddiy ne’matlar evaziga yashashga o‘rgangan kishilardir.
Professional jinoyatchilar ruhiy olamining mohiyati va xususiyatlari ularning axloqiy yomonlik qonunlarida o‘z ifodasini topgan. Jinoyatchilar dunyosining axloqiy yomonlik qonunlariga quyidagilar kiradi:

  1. Har bir jinoyatchining, jinoyatchilar guruhi a’zolarining asosiy vazifasi, burchi «o‘g‘rilar g‘oyasi»ga sadoqat bilan xizmat qilishdir. Ushbu qonun har bir jinoyatchidan:

    1. jinoyat sodir etish hayotining bosh maqsadini tashkil etishini;

    2. to‘plagan mablag‘larini o‘g‘rilarning umumiy pul mablag‘lari jamg‘armasi (obshak)ga topshirishni, oshiqchasini esa har xil ko‘ngilxushlikka, qimorbozlikka sarflashini;

    3. maxfiylik qoidalariga qat’iy amal qilishni, har qanday ahvolda ham, ya’ni qiynoqqa solinganda, narkotik moddalar ta’sirida, aqldan ozganda ham «o‘g‘rilar birodarligi» g‘oyalariga sodiq qolib, ularni sotmaslikni, huquqni muhofaza qiluvchilarga hech qanday ma’lumotlarni oshkor qilmaslikni;

    4. jamiyat uchun foydali mehnat qilmaslikni, ya’ni umumiy foydali mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish – «frayer uchun ishlash»ni eng iflos, hazar qilinadigan ish deb bilishni;

    5. oila qurmaslik, qarindoshlar bilan aloqada bo‘lmaslikni talab qiladi. Bu axloqiy yomonlik talablarini buzganlar qattiq jazolanadilar.

Jinoyatchilar dunyosining axloqiy yomonlik qonunlari jinoyat- chining o‘z onasi bilan normal insoniy munosabatda bo‘lishgagina monelik qilmaydi. Biroq, jinoyatchining badaniga yozilgan «Ne zabudu mat rodnuyu» degan tatuirovkaning onaga bo‘lgan mehr-muhabbatni ifodalashga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu tatuirovka ularning faqat jinoyatchilar guruhiga bo‘lgan muhabbatini, sadoqatini ifodalab, jinoyatchilar dunyosini «rodnaya mat» – «jonajon ona» deb bilishlarini ifodalaydi, xolos.
Jinoyatchilar dunyosining axloqiy yomonlik qonunlari jinoyat- chilarga ishq-muhabbat, jinsiy hayot borasida faqat «shalavalar» – buzuq ayollar bilan ishqiy-intim munosabatda bo‘lishlariga, ba’zida er-xotin
bo‘lishlariga ruxsat beradi. Bunda professional jinoyatchining xotini boshqa jinoyatchilarni ham intim jihatdan ta’minlab yurishi kerakligi, ayniqsa, «qonuniy eri» qamoqqa tushsa, uning boshqa jinoyatchilar ixtiyoriga o‘tib ketishi, ayni vaqtda qamoqdagi eridan xabar olib turishi talab qilinadi.
Bunday «shalava» xotinlar garchand o‘z erki bilan o‘g‘rilarning xotini bo‘lgan bo‘lsa-da, o‘g‘rilar dunyosiga kirgandan keyin ular bu hayotdan o‘z ixtiyorlari bilan chiqib keta olmaydilar va bir umr o‘g‘rilar dunyosining qul xotiniga aylanib qoladilar. Har qanday xiyonat, jinoyatchilar dunyosidan chiqib ketishga urinish uning uchun fojiali tugashi muqarrar bo‘ladi.
Hozirgi zamon jinoyatchilari bola-chaqa masalasida ham axloqiy tarbiyani jinoyatchilar dunyosining axloqiy yomonlik qonunlari asosida olib borishga harakat qiladilar. Ayniqsa, professional jinoyatchining bolasi jinoyat sodir etsa, u bola va uning otasi katta nufuzga ega bo‘lib, unga ishonch bildiriladi. Bundan asosiy maqsad ana shu jinoyatchilar ichidan «qonundagi o‘g‘rilarni» tarbiyalab yetishtirish hisoblanadi.


  1. Yüklə 2,38 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin