Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə65/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Har qanday professional jinoyatchining davlat organlari, ayniqsa, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan aloqa qilishlari, munosabatda bo‘lishlari qat’iyan taqiqlanadi.

Bu qonunni joriy qilishdan asosiy maqsad jinoyatchilarning o‘z sheriklarini sotmasligini, ularning ishiga va g‘oyasiga sodiq qoldirishni ta’minlashdan iborat. Shunga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan qilingan har qanday aloqa xiyonat hisoblanadi. Bordi-yu, jinoyatchi davlat organlariga, qamoq joylaridagi ma’muriyatga biror-bir ma’lumot bersa, u jinoyatchilarning «qardoshlik» oilasidan chiqariladi va jinoyatchilar sudi tomonidan o‘limga hukm etiladi.
Bu qonunni amalga oshirish uchun maxsus «qasamyod» qabul qilish an’anasi qabul qilingan. Har qanday yosh, qobiliyatli o‘g‘ri ma’lum sinov tajribalaridan o‘tganidan so‘ng, jinoyatchilar dunyosiga qabul qilinishi oldidan «qasamyod» qabul qiladi. Bu «qasamyod»da, masalan,
«men, yosh patsan, o‘g‘rilar yo‘lini tanlar ekanman, mana shu yig‘inda ishtirok etayotgan o‘g‘rilar oldida butun umrim davomida sadoqatli o‘g‘ri bo‘lishga, chekistlar bilan hech qanday munosabatda bo‘lmaslikka qasam ichaman...», deyiladi.
Bu qasam jinoyatchilar dunyosi axloqiy yomonlik qonunlarining eng oliy cho‘qqilardan biri hisoblanadi.
Ana shunday qasamyod qilganlargagina o‘g‘rilar ishonadilar.
«Qasamyod»ni buzganlar, albatta o‘limga hukm etiladilar. Bu axloqiy
yomonlik tilsimotini ichki ishlar idoralarining har bir xodimi yaxshi bilmog‘i zarur.

  1. Har qanday jinoyatchi o‘z guruhi a’zolariga nisbatan halol va to‘g‘ri munosabatda bo‘lishi, xushmuomalalik bilan ish ko‘rishi lozim. Bu qonun teng toifadagi jinoyatchilarning bir-birlari bilan urishishini, har xil haqoratomuz so‘zlar aytib so‘kinishlarini taqiqlaydi. O‘g‘rilar

«odobi»da teng toifadagilar o‘rtasida «qo‘l siltash»ga ruxsat beriladi, xolos. Biroq, bu axloqiy talablar o‘zlaridan pastki tabaqadagilarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Yuqori tabaqadagilarning pastki tabaqadagilarni urishi, so‘kishiga ruxsat etiladi. Shuning uchun «qonundagi o‘g‘rilar» o‘zlarini jinoyatchilar dunyosining «knazlari» deb ataydilar.

  1. «Qonundagi o‘g‘ri»larning qamoq joylaridagi tartibni nazorat qilishi, jinoyatchilar orasida butunlay o‘z hokimiyatini o‘rnatishi va uning ishlashini ta’minlashi shart. Bu qonun qamoq joylarida

«qonundagi o‘g‘rilar» boshchiligidagi hokimiyatni o‘rnatib, jinoyatchilar dunyosining bir butunligini ta’minlash va ularni yangi a’zolar bilan to‘ldirish maqsadiga xizmat qiladi. Bu ishni amalga oshira olmagan
«qonundagi o‘g‘rilar» o‘g‘rilar yig‘ini oldida javobgar hisoblanadilar va tegishli jazoni oladilar.

  1. Har bir o‘g‘ri-jinoyatchining asosiy vazifalaridan biri jinoyat- chilar dunyosini yangidan-yangi a’zolar bilan to‘ldirish ishlari bilan muntazam ravishda shug‘ullanishdir. Bu qonun jinoyat qilishga moyil bo‘lgan yoshlar orasida «g‘oyaviy-mafkuraviy ish» olib borishni, ya’ni jinoyatchilar dunyosidagi erkinlik, chiroyli hayot, har xil qo‘shiqlar, tatuirovkalarni targ‘ib qilish, ularni narkotik moddalar iste’mol qilishga, spirtli ichimliklar ichishga va buzuq ayollar bilan jinsiy aloqa qilishga o‘rgatish; shantaj qilish, qo‘rqitish, ig‘vo qilish, qimor o‘yinlariga jalb qilish, qarzdor qilish orqali ularni jinoyatchilar dunyosiga jalb etib, o‘z saflarini kengaytirishni va jinoyatchilar avlodining uzluksiz davom etishini ta’minlashni talab qiladi.

  2. Har qanday professional jinoyatchining siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanishi, ya’ni partiyalarga a’zo bo‘lishi, gazeta o‘qishi, tergov va sud ishlarida guvoh sifatida, jabrlanuvchi tarzida qatnashishi taqiq- lanadi.

  3. Har bir professional jinoyatchi qimor o‘yinlarini yaxshi bilishi lozim. Qimor o‘yinlari jinoyatchilarning aqlini peshlashdan tashqari, jinoyatchilar dunyosining boshqa odamlar bilan til topishishining eng muhim usullaridan biri hisoblanadi. Bu o‘yinlar orqali ular boshqa jinoyatchilar ustidan o‘zlarining hukmronligini o‘rnatadilar, ya’ni

ularning mol-mulki, xotini, bola-chaqasini va hatto hayotini ham yutib oladilar. Yutqazib qo‘yganlarni o‘zlarining xizmatkoriga aylantiradilar va eng xavfli topshiriqlarni bajarishga majbur qiladilar.
Professional jinoyatchilarning axloqiy yomonlik qonunlari talabla- rini buzganlarga va bajarmaganlarga qarshi quyidagi jazolar qo‘llaniladi.


  1. Yüklə 2,38 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin