29
qilishi nazarda tutiladi. Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali har xil yoshdagi va
kasbdagi odamlarning psixik xususiyatlari to‘g‘risida malumotlar to‘plash mumkin.
Faoliyat mahsulotlarini o‘rganish inson ruhiyatini o‘rganish metodlari ichida
o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, inson ruhiyatini o‘rganish
yuqorida bayon qilingan metodlardan tashqari yana ayrim qo‘shimcha metodlardan
ham foydalaniladi. E’tirof etish joizki, qo‘llanilayotgan har bir metodning o‘ziga xos
ijobiy, afzal tomonlari bilan birgalikda qiyin va salbiy tomonlari ham mavjud. Shu
bois konkret shaxs ruhiyatini o‘rganish vaqtida yakka metodlar natijalari bilan
kifoyalanib qolish mumkin emas. Ruhiyatni tekshirishda atroflilik, dinamiklik,
ob’yektivlik, tekshiruvchining yosh xususiyatlarini inobatga olish va boshqa
tamoyillarga suyanish darkor. Shundagina shaxs haqida batafsil ma’lumotlarga ega
bo‘lishimiz mumkin.
“Har qanday yog‘ochdan san’at asarini yaratib bo‘lmaydi” - Pifagor.
Dostları ilə paylaş: