26
bildirgan mulohazalarida, asarlarida o‘z ifodasini topadi. Allomalar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar zamondoshlari,
izdoshlari, safdoshlarining ta’rifu - tavsiflari orqali
avloddan - avlodga o‘tadi. Xuddi shu ijtimoiy uzluksizlik natijasida ajdodlar bilan
avlodlar o‘rtasida vorislik hodisasi ijtimoiy psixologik voqelik vujudga keladi va
ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning
uyg‘unligini ta’minlaydi.
Anketa metodi
Umumiy psixologiyada keng qo‘llaniladigan metodlardan biri bo‘lib, unda
odamlarning psixologik xususiyatlari narsa va hodisalarga nisbatan munosabatlari
o‘rganiladi.
Anketa odatda 3 xil bo‘lib, birinchi xilida
anglashilgan motivlarni
aniqlashga mo‘ljallangan savollardan iborat bo‘ladi, ikkinchi xilida esa faqat
bittagina javob tanlash sharti bilan har bir savolga bir nechtadan tayyor javoblar
ham beriladi. Uchinchi xil anketada sinaluvchiga havola qilinganda kamida to‘rt-
besh to‘g‘ri javoblar ballar yordamida baholanadi. Anketa metodidan odamlarning
layoqatlarini muayyan sohaga qiziqishlari va qobiliyatlarini, o‘ziga, tengdoshlariga
katta va kichiklarga munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi.
Anketa
orqali shaxslarning xarakter xislatlari, xulq-atvorlarini tekshirish,
sirtdan turib
baholash mumkin.
Tarqatilgan anketalar yig‘ib olinib, elektron hisoblash mashinalari dasturiga
muvofiqlashtirib, atroflicha amaliy xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson
psixikasining ayrim tomonlarini o‘rganish uchun boy material to‘plash imkonini
beradi,
lekin unda olinadigan
Dostları ilə paylaş: