Kasbiy psixologiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/54
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Касбий психология Ўқув қўлланма (1)

Test metodi 
Ilmiy psixologik manbalarda qayd qilinishiga ko‘ra, intellekt - lotincha 
so‘zdan olingan bo‘lib, u odatda aql - idrok, anglash, tushunish, fahmlash degan 
ma’noni anglatadi. Bizningcha, intellekt shaxsning muayyan darajada mustahkam, 
barqaror aqliy qobiliyatlari majmuasi tuzilishidan iboratdir. 
O‘z davrida AQSHlik psixolog F.Frimer intellekt oltita tarkibdan iborat, 
degan g‘oyani ilga suradi va ularni quyidagicha tartibda joylashuvini ko‘rsatib 
o‘tadi: 
-
sonli operatsiyalariga nisbatan qobiliyatlilik; 
-
lug‘at boyligi ko‘lami; 
-
geometrik shakllar o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqli tomonlarini ajratishga 
nisbatan uquvchanlik; 
-
shaxs nutqining tezligi yoki sur’ati; 
-
shaxsning fikrlashga, mulohaza yuritishga nisbatan qobiliyatliligi; 
-
xotiraning mahsuldorligi yoki noyob xislatliligi. 
Yana bir salohiyatli psixolog L.Tyorstoun umumiy intellektning turli 
jabhalarini tadqiq qilib, ularni umumlashtirib «birlamchi aqliy potensiyalar» deb 
ataydi. Muallif yetti xildagi potensiyalar o‘zaro farqlanishini ta’kidlab o‘tadi: 
-
insonning hisoblash qobiliyati ko‘rsatkichi; 
-
og‘zaki so‘zni ixcham ifodalash ko‘rsatkichi, nutq yordami bilan tez o‘qish 
hadisini egallaganligi; 
-
og‘zaki ma’lumotlarni to‘la idrok qilish yoki idrok qilingan so‘zlarni 
tushunish, anglash; 
-
fazoviy operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati yoki shaxsning chamalash 
qobiliyati (uquvchanligi); 
-
xotiraning mustahkamligi yoki uning barqarorligi; 
-
fikrlashga, munozara yuritishga qobiliyatlilik; 
-
shaxs idrok qilishining tezligi yoki uning sur’ati. 


21 
Fransuz psixologi T.Ribo idrok ko‘lamining kengayishi, bilimlarning 
ko‘payishi, diqqatni bir vaqtning o‘zida bir necha ob’yektga qarata olish - inson 
intellekti taraqqiyotiga olib keladi va u uch bosqichdan iborat bo‘lishi mumkin 
ekanligini ta’kidlaydi: 
- shaxs imitatsiyasi yoki uning tashqi taqlidi, 
- inson identifikatsiyasi (o‘quvchining bilimlarini o‘ziga singdirish jarayoni, 
uning shaxsiy fazilatlari va xususiyatlarini o‘zlashtirib borish va boshqalar), 
- refleksiya (inson o‘zini - o‘zi anglash hamda bo‘lg‘usi faoliyatni amalga 
oshirish, muayyan rejalar tuzish, ularni maqsadga muvofiq hayot va faoliyatga 
tatbiq etish imkoniyatlari tug‘ilishi kabilar). 
Sh.Byuler intellektual taraqqiyot quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lishi shart 
deb hisoblaydi: 
- sinkretizm (tushunchalarni bir - biridan ajrata olmaslik holati); 
- agglyutinizm (maktab yoshiga yaqin bolalarda fantaziyaning kuchayishi, vaqtni 
noadekvat, noto‘g‘ri idrok qilish, har bir obrazlarni muayyan bo‘laklariga binoan 
bir umumiyatga yaxlitlash, birlashtirish); 
- xayolot (ijodiy xayol) yordamida inson o‘zi tug‘ilib o‘sgan Vataniga biron - bir 
jihatdan yordam berishi; 
- realiya (realizm, ya’ni atrof muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan yaqqol 
tuzilmani yaratish, turmush tajribalariga mumkin qadar yaqinlashib kelishdan 
iborat fikrlashning ko‘rinishi singari). 
Jahon psixologlari to‘plagan ilmiy materiallarni umumlashtirib, intellekt 
muammosini tadqiq qilishda diqqat - e’tiborni quyidagi omillarga qaratish lozim
deb hisoblaymiz: 
-
intellektning yosh davr xususiyatlariga bog‘liqligi; 
-
jins xususiyatiga va farzand dunyoga kelish tartibiga aloqadorligi; 
-
millat, etnos, elat va xalqqa taalluqliligi ; 
-
oilaning ijtimoiy - iqtisodiy statusi bilan uyg‘unlashuvi; 
-
ota - onalarning ma’lumotliligi, ijtimoiy kelib chiqishi; 
-
biologik shartlangan shaxs fazilatlari, sifatlari, xislatlari qanchalik rol 


22 
o‘ynashi va hokazolar. 
Uzluksiz ravishda o‘tkazilgan izlanishlar natijasida psixologiya fanida bir 
qator ilmiy nazariyalar (konsepsiyalar) vujudga keldiki, ularni har qaysisi intellekt 
muammosini o‘ziga xos tarzda tushuntirishga va talqin qilishga olib keladi: 
-
muammo yechimi uslubi va strategiyasi; 
-
intellektual operatsiyalar tizimi yoki tuzilmasi; 
-
vaziyatlarga nisbatan alohida yondashishning samaradorligi yoki 
mahsuldorligi (ma’naviy, miqdoriy va mantiqiy jabhalar), uning 
funktsional tomonlari, yo‘nalishlari; 
-
alohida, yakkahol yondashish, bilish jarayonining shaxsdan faollikni 
taqozo etish xususiyati, holati; 
-
kognitiv uslub shakllanishi imkoniyati va boshqalar. 
Shaxsiy kuzatishlarimizga qaraganda, intellekt taraqqiyoti mana bunday 
omillar bilan uzviy bog‘liq ekanligi ko‘zga yaqqol tashlanadi: 
-
bilish, o‘qish motivlarining anglashilgan hamda yuksak regulyativ 
darajalarining mavjudligi, barqarorligi, puxtaligi; 
-
yangilikni qidirish, muammo yechimini topish, muayyan vositalar 
tanlash hamda tadqiqiy ijodiy faollik namoyon bo‘lishi; 
-
mustaqil yechishlarga erishish ehtimollik darajasining yuksakligi; 
-
ilgarilab ketib yechish imkonining mavjudligi va «aytib berish», luqma 
tashlash jarayonida erkinlik, qo‘rqinch hissining yo‘qligi; 
-
yuksak nafosat va did timsoli hamda namunasini yaratishga nisbatan 
qobiliyatlilik, ularni baholash va o‘lchash funksiyasining tug‘ilishi, uning 
boshqaruvchanligi. 
Insoniyatning tarixiy rivojlanish jarayonida intellekt deb atalmish fenomenni 
o‘rganish borasida ko‘pgina ishlar qilingan. Shulardan biri intellektni o‘rganish 
testlaridir. Ko‘pgina mumtoz testlar shaxsning intellekt darajasini aniqlashda 
muhim rol o‘ynab kelmoqda. Bular qatoriga Stenford-Bine shkalasini keltirib 
o‘tish mumkin. Stenford-Bine shkalasi qiziqarli topshiriq va masalalardan tuzilgan 
bo‘lib, tekshiriluvchilarning yoshiga qarab taqsimlangandir. Biz quyida ana shu 


23 
intellekt test so‘rovnomalaridan namunalar keltiramiz va ularni sharhlab berishga 
harakat qilamiz. 
I.
4 yoshli bolalar uchun (har bir vazifani bajarish vaqti 2 oy): 
- har xil uzunlikda kesilgan shakllar va narsalarni taqqoslash; 
- turli tipdagi shakllar o‘rtasidagi farqlarni aniqlash; 
- 4ta tanga pulni sanab chiqish; 
- kvadrat chiz va uni izohlab, tushuntir; 
- berilgan savollarga to‘g‘ri, aniq va tushunarli qilib javob qaytarish talab etiladi, 
- tashqaridan yordam berish man qilinadi; 
- to‘rtta raqamni to‘g‘ri va teskari sanash, takrorlash talab qilinadi. 
II. 9 yoshli bolalar uchun (bajarish muddati 2 oy davomida): 
-
bugungi kun, hafta, oy, yil nomlarini aytib chiqish, tushuntirish; 
-
5ta jism yoki predmetni guruhlarga ajratish (belgisiga qarab); 
-
xariddan keyin qaytim berilishini izohlash; 
- 4ta raqamni teskarisiga takrorlash; 
- berilgan 3 ta so‘zdan gap tuzish (bola, daryo, koptok); 
- uchta har xil so‘zga qofiya tanlash; 
Ma’lumki, har qanday psixologik testning diagnostik ahamiyati uning bir 
qancha umumiy talablarni qoniqtirishga bog‘liqdir, jumladan, standartlashtirish, 
ishonchlilik. Ana shu talablarga suyangan holda Stenford – Bine shkalasini ham 
tahlil qilib chiqamiz. 
Ushbu shkala tadqiqotchilar uchun ham har tomonlama yaxshi, qulay va 
ixcham qilib tayyorlangan. U barcha uchun tushunarli bo‘lgan ko‘rsatmaga va 
miqdoriy jihatdan natijalarni ishlab chiqish, hisoblash ishlanmasiga ega. 
Testlarning har birida uni o‘tkazish yo‘llari, vaqtning taqsimlanishi, 
tekshiriluvchilarga beriladigan og‘zaki ko‘rsatma va tegishli ko‘rsatmalar, 
savollarni izohlash usullari batafsil aytib o‘tilgan. Stenford-Bine testi kattalar 
uchun hamda uncha yoshi yuqori bo‘lmagan sinaluvchilar uchun ishonchlidir. 
Lekin bolalik davridan tortib to o‘spirinlik yoshigacha o‘zgarib boradi. Masalan, 
ikki yarim yoshdan besh yoshgacha ishonchlilik koeffitsiyentlari 0,33 (140-149 


24 
ball bo‘lganligi uchun)dan - 0,91 (60-69 ball yiqqanlar uchun)gacha; 6 yoshdan 13 
yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘quvchilarda ishonchlilik koeffitsiyentlari 0,91 
(140-149 gacha ball to‘plaganligi uchun)dan - 0,98 (60-69 ball olganligi 
uchun)gacha o‘zgarib turadi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, Stenford-Bine 
testiga kiritilgan har bir savol, topshiriq testning oldindan belgilangan maqsadni 
ochishga yo‘naltirilgan bo‘lib, pirovard natijada mazkur savollar oldindan 
ko‘zlangan maqsadni darhol aniqlab bera oladi. 
Inson intellektual taraqqiyotidagi tezkorlik, kutilmaganlik hodisalari nafaqat 
moddiy negiz xossalari bilan izohlanadi, balki idrok maydonining paydo bo‘lishi, 
“sun’iy” tizimning vujudga kelishi, fazoviy aloqalar, biologik va psixologik 
imkoniyatlardan to‘laroq foydalanish evaziga moddiy asosning ikkilanuvchi 
“tabiiy” va “sun’iy” manbalar bosh omil ekanligini ta’kidlab o‘tish maqsadga 
muvofiq. 
Endi sinaluvchilarning intellektual taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi ijobiy va 
salbiy omillar turkumi to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tamiz: 
- bilim maskanlarida zamonaviy texnika vositalarining mavjudligi; 
- turli xildagi to‘garak, seksiya, bilim uylari faoliyat ko‘rsatishi va unda zarur 
sharoitlarning yaratilganligi; 
- oila muhitida yaratilgan moddiy va ma’naviy shart-sharoitlar hamda shaxslarni 
ruhan rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yilganligi; 
- shaxslar bilan o‘zaro muloqot o‘rnatishning uzluksizligi va oilada shaxslararo iliq 
psixologik muhitning hukm surishi; 
- turli televizion bahslar, zukkolik, ijodkorlik, tezkorlik bo‘yicha musobaqalar 
uyushtirilishi va ularda qatnashish imkoniyati yaratilganligi; 
- ortiqcha informatsion va xabarlar ko‘lamini kamaytirish (masalan, avtomat 
o‘yinlar, videolar); 
- zararli odatlar va qiliqlar bilan shug‘ullanmaslik muammosining qo‘yilishi, uning 
yechimi (ichish, chekish va boshqalar); 
- bolalar va o‘quvchilarni ro‘zg‘or ishlari bilan band qilib qo‘yishlik va oila 
muhitida mehnatning shaxslararo oqilona taqsimlanganligi; 


25 
- hozirgi davrda ayrim kasblarning nufuzi kamayib ketayotganligi tufayli 
o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida o‘quv motivlariga kuchli ta’sir o‘tkazayotganligi; 
- kollej va oliy o‘quv yurtlarida ta’lim-tarbiya tizimini yangicha, yangi pedagogik 
texnologiyalar asosida tubdan qurish zaruriyati mavjudligi; 
- o‘g‘il va qizlarda vatanparvarlik va milliy iftixor tuyg‘ulari barqarorligini 
ta’minlash va ularni shakllantirishning eng qulay yo‘llarini izlab topish, 
loqaydlikning oldini olish, 
- o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida borliqqa, jamiyatga, shaxslararo munosabatga, 
isrofgarchilikka, fidoyilikka nisbatan qarashlarni keskin o‘zgartirish masalalari 
vujudga kelmoqda. 
Bizningcha, yuqorida ba’zi bir qusurli holatlarni oldini olish uchun 
intellektual testlar mohiyatiga milliy va umumbashariy fazilatlar to‘g‘risidagi 
g‘oyalarni singdirish yuqori natijalar beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin