Kasbiy psixologiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/54
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Касбий психология Ўқув қўлланма (1)

Kuzatish metodi
Avvalo metodlar haqida ikki og‘iz so‘z. Metod so‘zi - yunoncha “methodos” 
so‘zidan olingan bo‘lib, tadqiqot, tekshirish degan ma’noni beradi. Nazarimizda 
yuqoridagilarga yana yo‘l, usul so‘zlarini ham kiritish mumkin. Metodlar tadqiqot 
ishlarida ham, bilim berishda ham qo‘llaniladi. Ushbu bobda bilim berish 


16 
metodlari haqida emas, balki fan uchun, uning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan 
ma’lumotlarni to‘plashdagi qo‘llaniladigan tadqiqot metodlari haqida so‘z boradi. 
Psixologiya fanining empirik (amaliy) metodlari turkumidan muhim o‘rin 
egallagan diagnostik xususiyatli metodlardan biri - kuzatish metodidir. Mazkur 
metod fanimizning eng qadimgi tadqiqot vositasi bo‘lib hisoblanib, uzoq o‘tmish 
zamonidan to hozirgi davrgacha ilmiy izlanuvchilarning asosiy tekshiruv 
qurollaridan biri bo‘lib, keng ko‘lamda foydalanib kelinmoqda. Lekin bugungi 
kunda uning ob’yekti, ko‘lami yanada kengaydi, murakkab psixologik jarayonlar, 
holatlar, hodisalar, kechinmalar, faoliyat va muomala xususiyatlarini o‘rganish 
imkoniyati tug‘ildi, sifat hamda mazmun jihatidan katta o‘zgarishlar yuzaga keldi. 
Kuzatishning texnologiyasi takomillashdi, uning yangi shakl, vosita va 
usullari paydo bo‘ldi, xolisonalik (ob’yektivlik) darajasi ortdi, ishonchliligini 
ifodalovchi mezonlar, o‘lchovlar yaratildi. Buning natijasida kuzatish psixologiya 
fanining universal tadqiqot metodlari qatoriga kirib, uning barcha sohalarida 
qo‘llanilmoqda, ayniqsa, tatbiqiy imkoniyatning yuksakligi, statistik hisoblashga 
beriluvchanligi xususiyati bilan boshqa metodlardan ajralib turadi. Yuqoridagi 
mulohazalardan kelib chiqqan holda uning yoritilmay qolib ketgan jihatlari, 
tarkiblari, yordamchi jabhalari yuzasidan mulohaza yuritamiz. 
Kuzatish metodining texnologiyasi quyidagilardan tashkil topadi: 
- voqelik (atrof - muhit, inson shaxsi)ni kuzatish oqimini muayyan qismlarga, 
yo‘nalishlarga ajratish (nemischa - lotincha «kvantifikatsiyalash», ya’ni zarur, 
birinchi darajali jihatlarini saralash); 
-
 
kuzatishning ko‘lami (hajmi), xususiyati va o‘ziga xosligini aniqlash, ya’ni uning 
nimalarga qaratilganini belgilab olish; 
- kuzatish jarayonida barcha holat, hodisa, alomat va tashqi qiyofa, ko‘rinishning 
o‘ziga xosligini qayd qilish (ularni yozma nutqda ifodalash, ya’ni fransuzcha - 
lotincha «fiksatsiyalash»); 
- kuzatish davomida to‘plangan omillar, ma’lumotlar, natijalarni matematik 
statistik metodlar yordami bilan hisoblab chiqish va miqdoriy tahlil yakunlari 
bo‘yicha psixologik sifat talqinini amalga oshirish. 


17 
Psixologik kuzatish olib borishdan ko‘zlangan maqsad mana bulardan iborat:
- kuzatiluvchi vaziyat, holat va ob’yektni maqsadga muvofiq tanlash, uning 
oqilona ekanligiga ishonch hosil qilish; 
- kuzatishning dasturini ishlab chiqish, uni amaliyotga tatbiq qilish, sxematik 
ifodalanishni yaratish, yig‘ilgan natijalarni chizma asosida aks ettirish. 
Kuzatishning ob’yekti va predmeti quyidagi tuzilishga ega: 
-
kuzatishning ob’yekti - inson, guruh, jamoa shaxslararo munosabatlar, 
emotsional - hissiy kechinmalar, hayvonot olami, shaxsning faoliyati ijodiyoti, 
muomalasi kabilarni o‘rganishdan iboratdir. 
-
kuzatishning predmeti - insonning xilma-xil holati, jarayoni, harakatining 
kuchi, jadalligi uzluksizligi, dinamikasi, o‘ziga xosligi, uning hamkorlikdagi 
harakati, undagi onglilik, ongsizlik, ongosti holatlarining kechishi, faoliyat va 
muomala kabilarni eksteriorizatsiyalashdan tashkil topgandir. 
-
amaliy va gnostik holatlar; nutq aktlari: ma’nosi, mazmuni, mohiyati, yo‘nalishi, 
chastotasi, ritmikasi, tempi, amplitudasi, davomiyligi, intensivligi, ekspressivligi, 
uning leksikasi, grammatikasi, fonetikasi, lingvistik qurilishi va boshqalar;
-
noverbal nutq ifodasi: mimika, pantomimika va vokal mimikasi (musiqa 
ma’nosini tana a’zolari orqali ifodalash); 
-
vegetativ reaksiyalarning ko‘rinishi: rangni qizarishi, oqarishi, terlash, nafas 
olishning tezlashuvi, sekinlashuvi va qiyinlashuvi. 
Kuzatishning bosqichma – bosqichliligi, tadrijiyligi (ierarxiyasi) tarkiblari 
quyidagilardan tashkil topadi: 
- kuzatishning maqsadi, vazifalari, dasturi, qaydnomasi: bunda umumiy 
talablarga rioya qilish, yaxlit qayd qilish, kundalik, texnika vositalari (faktik 
holatlar), natijalarining tahlili, talqini va g‘oyalarni ilgari surish. 
Kuzatishni ifodalash uslublari: tajribalarda to‘plangan ma’lumotlarni alomat, 
belgi va simvolika orqali aks ettirish (piktogramma, chizgi, jadval, anagramma) va 
turli shakl, xususiyatli bayonnomalar, qaydnomalar yuzaga keltirish. 


18 
Psixologiya fanida kuzatishning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin: 
izchil, epizodli, dala sharoitli, laboratoriyaviy - sun’iy, tabiiy, xronologiyali, 
davriy, bir martali kabilar. 
Insonning mehnat faoliyatini kuzatishda quyidagi vositalarni qo‘llash 
maqsadga muvofiq: 
- F.Gilbertning “Ish kuni fotografiyasi” metodikasi (rasmlarda ifodalangan 
ishchining harakatini kuzatish, ko‘zdan kechirish orqali ularni tahlil qilish (sa’yi- 
harakatlar bo‘yicha tizim vujudga keltirish, ulardagi o‘zgarishlarga binoan 
muayyan ketma-ketlikda joylashtirish); 
- A.K.Gostevning xronokartasi (ikki yoki uch marta yarim soatdan smenada 
va smenadan keyin tekshiruv o‘tkazish); 
- talabalarda dars boshida, o‘rtasida va oxirida yoki boshqa vaziyatlarda: 
yordamchi yumush bilan shug‘ullanish holati, dam olish, uyqu va shu kabilar. 
Kuzatish metodining bir necha xil shakllari mavjud bo‘lib, vazifalariga qarab 
ularning har biridan foydalanish mumkin: aralashib yashirin kuzatish, 
kuzatiluvchining psixologik portretini yaratish, aralashib oshkora kuzatish 
(o‘smirlarda yuqori natijalar beradi), xulq-atvor portretini tahlil qilish va hokazo. 
Kuzatilgan ob’yektni qayd qilishning turlari va vositalari mavjuddir: 
kundaliklar, foto, video, kinoapparatlarning mahsullari, voqelikning musavvir 
tomonidan faktik ifodalanishi, ta’kidlovchi, ta’birlovchi, umumlashtiruvchi 
xususiyatlari majmuasi. 
Kuzatish natijalarini umumlashtirishda ma’lumotlar miqdor va sifat jihatidan 
tahlil qilinadi, tajriba yakunlari bo‘yicha g‘oyalar, umumlashmalar, xossalar, 
qonuniyatlar, mexanizmlar, holatlarning ilmiy psixologik talqini amalga oshiriladi. 
Kuzatish yakunida to‘plangan ma’lumotlar ilmiy hisobot sifatida muayyan 
qoidalarga 
asoslangan 
holda 
quyidagi 
tartibda 
joylashtiriladi: 
kirish, 
metodikalarning tasnifi, natijalarning bosqichma-bosqich tahlili, ularning 
muhokamasi, izlanishlarning xotima va xulosalari, amaliy xususiyatga ega bo‘lgan 
tavsiya, ko‘rsatmalar berilishi, foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati va nihoyat 
ilovalar (har bir qism o‘ziga xos yakunlangan, tugallangan ma’no anglatishi lozim). 


19 
Kuzatish metodi yordami bilan hatto nizoli (konfliktli) vaziyatlarni kuzatish 
ham mumkin. Nizoli vaziyatlar turli-tuman bo‘lishidan qat’iy nazar, kuzatish 
jarayonida ushbu holatlarga e’tibor berish zarur: nizoning mohiyatiga kirish, 
nizoning kuchayishi va uning tashqi va ichki omillari, nizoni pasaytirishga 
qaratilgan ta’sir o‘tkazuvchi vositalardan foydalanganlik, nizo yechimining 
topilishi, nizoli vaziyat bartaraf qilingandan keyingi psixologik holatning tasnifi. 
Kuzatish jarayonida R.Beylzaning interaksiya metodikasi (bahs, munozara 
jarayonida o‘zaro ta’sir o‘tkazish imkoniyatini aniqlash uchun)ni qo‘llash ijobiy 
natijalar beradi: 
-
umumiy muammo mohiyatiga guruh a’zolarini yo‘naltirish; 
-
guruh a’zolari tomonidan muammoni yechish yo‘llarini baholash; 
-
bahs (munozara, diskussiya) jarayonini nazorat qilish; 
-
umumiy fikrga kelish uchun guruhiy qaror qabul qilish; 
-
muammo yechimiga erishishdagi guruh a’zolarining birdamligi va 
hamjihatligi. 
Kuzatish yakunlari bo‘yicha umumpsixologik xulosalar chiqarish, milliy, 
etnopsixologik, hududiy xususiyatlarni qat’iy ravishda sharxlash, yosh davrlari, 
jinsiy xususiyatlariga taalluqli mulohazalar bildirish - psixologik bilimlarning 
boyishiga olib keladi. Tajriba va kuzatishlarda to‘plangan materiallar qiymatini 
oshirish uchun vujudga kelgan barcha omillarni psixologik tahlil qilish, statistik 
metodlardan unumli foydalanish zarur, toki bu mezonlar ma’lumotlarning ilmiylik 
darajasini yuksaltirishga xizmat qilsin. 
Kuzatish natijalarini miqdoriy tahlil qilishda statistik metodlarni quyidagi 
tartibda qo‘llash lozim: 
-
olingan natijalarni foizlar bo‘yicha hisoblab chiqish; 
-
to‘plangan ma’lumotlarning o‘rtacha arifmetik qiymatini topish; 
-
son qatoridagi o‘rtacha kvadrat og‘ishni hisoblash (sigma); 
-
son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash (dispersiya); 
-
omillar o‘rtasidagi muayyan munosabatlar mavjudligini (korrelyasion) tahlil 
qilish; 


20 
-
ma’lumotlar, metodikalar ishonchlilik darajasini aniqlash uchun Styudent 
mezonidan foydalanish lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin