Kasbiy psixologiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/54
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Касбий психология Ўқув қўлланма (1)

 
 
 
 
 
 
 
Kasbning eng yaxshisi kishining o‘z qo‘li
bilan bajarilgan ishi va halol savodidir.
Hadisdan 



1-Mavzu: Kasbiy psixologiya fanining predmeti. Kasbiy psixologiya fanining 
tadqiqot metodlari 
REJA: 
1. Kasbiy psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni. 
2. Psixologiyaning tatbiqiy va amaliy sohalari. 
3. 
4. 
Kasbiy psixologiyaning asosiy yo‘nalishlari. 
Kasbiy psixologiya fanining metodlari. 
Respublikamiz 
aholisining 
aksariyati 
xo‘jalik 
sohasi 
bilan 
shug‘ullanayotganligi tufayli uning tarmoqdariga oid mutaxassislarni tayyorlash uchun 
kasbning psixologik xususiyatlari, mehnat ko‘nikmalari va malakalari bilan bo‘lg‘usi 
ixtisos egalarini qurollantirish muhim ijtimoiy vazifalardan biridir. Bo‘lg‘usi 
agronomni kasbiy tayyorlash, kasb- hunar oldiga qo‘yiladigan talablarga mutanosib 
insonlar qilib shakllantirish davlat ahamiyatiga molik muammo bo‘lib hisoblanadi. 
O‘zbekistonning issiq iqlim sharoitining biologik-tibbiy jihatlari birmuncha 
o‘rganilganligiga qaramay, ularning mexanizmlari, akseleratsiya hodisasi, qishloq 
aholisining jismoniy rivojlanishi, mehnatkashlarning issiq sharoitga moslashishlari, 
mehnatni tashkil qilishning oqilona yo‘llari, mehnat unumdorligini oshirishning 
samarali usullari, ekologiyaning o‘zgarishiga o‘xshash muammolar qariyib 
o‘rganilmagan. 
Inson-tabiat munosabatini o‘zida aks ettiradi, shaxs omili va uning hozirgi 
davrda ishlab chiqarishda hisobga olish mehnat samaradorligini oshirish, kasb 
mahoratini takomillashtirish uchun negiz bo‘lib hisoblanadi. Kasb - hunar 
mohiyatini ochib beruvchi professiogramma, professiografiya, psixogramma 
asosida qishloq xo‘jalik mutaxassislarini tayyorlash uchun qishloq va suv 
sohasidagi oliy o‘quv yurtlariga intilmoqlari lozim. Zero, yuksak texnologiyani 
boshqarishga layoqatli, ijodiy, mustaqil fikrlovchi shaxslararo munosabatlarni 



tashkil qilishga uquvli mutaxassislar yetishtirishga erishilsa, ezgu niyatlar ijtimoiy 
hayotda qaror topgan bo‘lar edi. 
Ijtimoiy taraqqiyotni ro‘yobga chiqarish uchun mamlakatda yuqori malakali 
mutaxassislarni tayyorlash va ularni jahon standartlari darajasiga ko‘tarmoq lozim, 
fan va texnikaning bugungi kun taraqqiyotiga javob berishi uchun keng saviyali, 
bilimdon, o‘z kasbining fidoyi kishisini kamol toptirish orqali davlatimizda bozor 
iqtisodiyotiga bardosh beradigan raqobatbardosh mahsulotlar yaratuvchi kasb 
egalarini shakllantirish joiz. Toki ular davr talablariga og‘ishmay javob beradigan, 
qiziqishi keng, malakasi mustahkam, xotirasi barqaror, fikr yuritishi puxta, 
izlanuvchan, mehnatsevar, vatanparvar, iymon - e’tiqodli insonlar bo‘lib voyaga 
yetishsin. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, o‘rta maktab o‘quvchilarining hammasi kasb 
tanlashga kelganda oqilona va to‘g‘ri yo‘l tutadi, deb bo‘lmaydi, albatta. Ulardan 
ba’zilari tavakkaliga ish tutsalar, ayrimlari ota - ona kasbini tanlaydilar, yoki 
ko‘zga tashlanib turgan yaqqol namunalarga taqlid qiladilar, goho sevimli kishilari 
izidan borishni mo‘ljallaydilar. 
Ko‘pchilik o‘quvchilar ta’lim jarayonida fan asoslarini egallab, muayyan 
tasavvur hosil qiladilar, o‘zlari yoqtirgan kasb - hunarlar haqida o‘ylaydilar. 
Maktab o‘quvchilarining mayllari, havaslari, intilishlari, xohishlari, 
motivlari, ezgu-niyatlari xususan kasb - korga bo‘lgan qiziqishlari, motivlari, 
ehtiyojlari tug‘ilishi psixologiya fanining shaxs muammosi bilan uzviy bog‘liqdir. 
Shaxs psixologiyasini o‘rganish o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash demakdir. 
O‘quvchilarning idividual tipologik xususiyatlari, yoshi va jinsini hisobga olgan 
holda ularning har birini oqilona kasbga yo‘llash shaxs psixologiyasining muhim 
vazifalaridan biridir. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish to‘g‘risidagi 
hujjatlarda o‘quvchilarni mustaqil kasb tanlashga (o‘z imkoniyatlarini o‘zi 
baholash orqali) o‘rgatish juda muhim va zarur vazifa ekanligi ta’kidlanadi. 
Shunga ko‘ra psixolog olimlar, metodistlar, tashxis Markazi xodimlari keng 
jamoatchilik bilan birgalikda kasbga doir bilimlarni keng tashviqot qilishlari, 
kasb-kor tanlashga oid yo‘l - yo‘riq va metodlar ishlab chiqishlari, kasb tanlash 


10 
maslahatlari 
rasmiy 
shaxobchalari 
kengaytirilishi, 
professiogramma, 
professiografiya, psixogrammalar ko‘lami orttirilishi lozim. Bu borada 
Respublika tashxis markazining 2013 yil ma’lumotlari juda qiziqarli va ba’zan 
munozaralidir. Bularni quyidagi raqamlarda ham ko‘rish mumkin: Respublika 
bo‘yicha 9-sinflarni bitirgan o‘quvchilarning 8%ga sanoat yo‘nalishlariga 
yo‘llanma berilgan bo‘lsa, ularning atigi 3% o‘qishga joylashgan. Sog‘liqni 
saqlash sohalariga esa 12,6% yo‘llanma berilgan bo‘lsa, amalda ularning 4,8% 
o‘qishga kirgan. Maorif sohalariga esa 9,60 % yo‘llanma berilgan bo‘lib, ularning 
4,00%gina o‘qishga joylashganlar (Maktab va hayot jurnaliga ilova 2013 yil, 24-
39 betlar). 
Kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun mamlakatimiz qaysi 
soha mutaxassislariga muhtojligini nazarda tutish va shunga yarasha maktab 
o‘quvchilarini ularning mayli, intilishi, qiziqishi, imkoniyati, aqliy va jismoniy 
qobiliyatlariga qarab, hamda u yoki bu kasbga yaroqliligini aniqlab, so‘ng kasbga 
yo‘llash kerak. 
Hozirgi davrda xalq ta’limi bo‘limlarida, ishlab chiqarishda, aholini ish bilan 
ta’minlash muassasalarida, kollej va Oliy o‘quv yurtlarida yoshlarga kasb tanlash 
yo‘lini ko‘rsatadigan maxsus kasb-hunar kabinetlari tashkil etilgan. Bu borada 
Respublika tashxis markazi, hamda joylardagi uning bo‘limlarining faoliyati 
ibratlidir. Bundan tashqari, malakali psixolog va pedagoglar (shu jumladan mahalla 
tarbiyachisi), murabbiy, muxandis va texniklar har bir kasb-hunarning o‘ziga xos 
tomonlari haqida malakaviy maslahatlar tashkil qiladilar

Lekin yoshlarning kasb-hunar tanlashi asosan o‘rta maktabdan boshlanadi. 
Shunga ko‘ra o‘quvchilar kichik jamoasi bilan psixologlar oldida turli yosh va 
jinsdagi maktab o‘quvchilarini kasbga qiziqtirish, mehnat qobiliyatlarini 
rivojlantirish, ichki imkoniyatlarini ishga solish (o‘zini-o‘zi namoyon etish) kabi 
muhim vazifa turibdi. Psixologlar, bundan tashqari, o‘quvchilarning aql idroki, 
qobiliyatlari hamda muayyan kasbga yaroqlilik darajasini aniqlash metod, usul, 
texnologiya, mezon va tarkibiy qismlarini ishlab chiqishlari shuningdek, bu 
sohada ilmiy- tadqiqot ishlari olib borishlari zarur. 


11 
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, psixologiya fani o‘quvchilarning kasb-
hunar tanlashiga yordam beradigan, yo‘l-yo‘riq va tavsiyalar, mukammal 
qo‘llanmalar, aksariyat kasb-hunarning professiogrammasini hali to‘liq ishlab 
chiqqan emas. Lekin shaxs psixologiyasiga oid amaliy va nazariy materiallar 
yetarli miqdorda yaratilgan. Shaxs psixologiyasi masalalarini yoritish, ya’ni 
shaxsning bilish qobiliyatlari, aql-idroki, aql-zakovati, individual - tipologik 
xususiyatlari ruhiy holatlarini aniqlash yo‘li bilan uning nimalarga qodir, qanday 
kasb-hunarga yaroqliligi to‘g‘risida aniq fikr bildirish muayyan tavsiyalar berish 
mumkin.
Keyingi yillarda o‘tkazilgan kuzatishlar Respublikamizda yoshlarni kasbga 
yo‘llash sohasida talay kamchiliklar borligini ko‘rsatdi. Buni biz viloyatlar 
kesimida hamda Respublika bo‘yicha 9 sinf bitiruvchilariga sohalar bo‘yicha 
tavsiyanomalar berishda ko‘rdik. 
Darhaqiqat, maktabda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-
pedagogik tashxis ishlarini amalga oshirishdagi dastlabki qadamlar boshlandi. 
O‘ylaymizki, ana shu dastlabki qadam maktablarda kasb-hunarga yo‘naltirish 
ishlarini olib boruvchi mutaxassis hamda o‘quvchilarni kasb-hunarga qiziqishi, 
moyilligi va layoqatini aniqlash bilan shug‘ullanadigan maktab amaliyotchi 
psixologi shtatlarini tashkil etishdan iborat bo‘lishi lozim. Chunki, bu 
mutaxassislarsiz maktabda mazkur ishlar haqida gapirish ham mumkin emas. 
Maktabda olib borilayotgan kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik 
tashxis ishlarining samarasi bevosita shu ikki mutaxassisning olib borayotgan 
ishlarining ko‘lami, ularning saviyasi va malaka ko‘rsatkichi hamda faoliyatining 
aniqligiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lishligi barchamizga ayondir. 
Ommaviy kasblarga bag‘ishlangan o‘quv-uslubiy adabiyotlar va kasb-hunar 
to‘g‘risidagi kinofilm, spravochniklar kamligi, psixologik-diagnostik tadqiqotlar 
o‘tkazishga yordam beradigan zamonaviy apparat va asboblar bilan ta’minlash 
yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi, shaxsning muayyan kasbga yaroqliligini aniqlash 
borasida ilmiy-tadqiqot ishlari yetarlicha olib borilmayotganligi shunday 
kamchiliklar jumlasiga kiradi. 


12 
O‘quvchilarni mustaqil mehnat faoliyatiga puxta tayyorlash va ularning 
kasb-hunarini o‘z qobiliyatlariga yarasha to‘g‘ri tanlashlariga erishish uchun 
maktab o‘qituvchilarining pedagogik mahorati, bilim saviyasi, didaktik 
(shuningdek, akademik, tashkilotchilik, perseptiv va h.k.) qobiliyatlari yuksak 
bo‘lishi, fan asoslarini turmush bilan bog‘lab o‘rganilishi, to‘garak va qo‘shimcha, 
yordamchi kurslar oqilona uyushtirilishi, maktablarda kasb-hunar to‘g‘risida 
ma’ruzalar o‘qilishi, suhbat va munozaralar o‘tkazilishi, sayohat, uchrashuv va 
kasb-hunar fotoko‘rgazmalari tashkil qilishlari zarur. 
Ilk o‘spirinlar va katta o‘smirlarning kasb tanlashi katta hayotiy ahamiyatga 
ega bo‘lgan ham shaxsiy, ham ijtimoiy muammo bo‘lganligidan bu jarayonda ota- 
onalar, jamoatchilik va turli kasb ustalari ham faol qatnashishlari kerak, chunki 
yoshlar ko‘p hollarda kattalarning maslahatlari va tavsiyalarini hisobga olgan 
holda qat’iy bir fikrga, qarorga kelishlari mumkin. 
Shuni ham aytib o‘tish o‘rinliki, maktab o‘quvchilari kasb tanlash 
borasidagi o‘z qarorlarini, ko‘pincha, har tomonlama dalillab bera olmaydilar, 
biroq ularning ko‘pchiligi bu masalaga ongli ravishda yondashishga intiladilar. 
Maktabdagi kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarining samarali bo‘lishida maktabni 
kasb-hunarga yo‘naltirish xonasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Maktabning kasb-
hunarga yo‘naltirish xonasi «O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish xonasi 
to‘g‘risidagi Nizom» asosida tashkil etiladi va jihozlanadi. Mazkur nizomda 
maktab kasb-hunarga yo‘naltirish xonasining vazifalari, unda o‘tkaziladigan 
tadbirlar, stend va unda ma’lumotlar bo‘lishligi haqida aytib o‘tilgan. Maktabning 
kasb-hunarga yo‘naltiruvchi mutaxassisi mazkur xonaning mudiri hisoblanadi. 
Maktab kasb-hunarga yo‘naltiruvchi mutaxassisining asosiy vazifasi 
o‘quvchilarni kasb- hunarga yo‘naltirishni ta’minlovchi barcha ma’lumotlar 
bankini yaratishdan iborat. Bu maqsadda kasb-hunarga yo‘naltiruvchi mutaxassis 
tuman (shahar) tashxis Markazidan olgan kasbiy axborotlar, kasblar ro‘yxati, 
tasnifi, hududiy kasblar ro‘yxati, kasblarga bo‘lgan ehtiyoj va boshqa kasbiy 
tashxis metodikalari, tavsiya yo‘riqnomalardan foydalaniladi. Maktab kasb-
hunarga yo‘naltiruvchi mutaxassisi tomonidan o‘quvchilarni kasbiy qiziqishlarini 


13 
rivojlantirish, kasblar haqidagi ma’lumotlarni to‘liqroq anglab yetishi, shuningdek, 
ularning kasb tanlashidagi reallikni vujudga keltirish maqsadida maktabda ilg‘or 
kasb egalari, kasb faxriylari, kasb sulolalari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, 
kechalar va ma’ruzalar tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ushbu tadbirlar 
o‘quvchining shu kasbga bo‘lgan qiziqishini yanada qat’iylashishini vujudga 
keltiradi. 
Kasbiy psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni. Psixologiya yaxlit va 
mustaqil fan sifatida kishilar ongida gumanistik mentalitetning shakllanishiga 
xizmat qilgani uchun ham uning ushbu yo‘nalishdagi muammolarini ma’lum 
ma’noda o‘rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasi muhim ahamiyat kasb 
etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo‘lib, 
psixologiyaning ular orasidagi mavqei o‘ziga xos va yetakchidir. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongning 
shakllanishiga taalluqli umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlashda ham yurtimiz 
sharoitida bu ikkala fan - falsafa va psixologiyaning hamkorligi bevosita 
sezilmoqda. Psixologiya va tarix fanlarining uzviy bog‘liqligi ayniqsa, mustaqillik 
yillarida tarixni xolisona o‘rganish va shu bilan birga inson shaxsining madaniy-
tarixiy shart-sharoitlarga bog‘liq tarzda rivojlanishi ayniyatini xalq ommasi ongiga 
yetkazishda namoyon bo‘lmoqda. Sotsiologiya fani ham yangicha ijtimoiy 
munosabatlar sharoitida o‘z taraqqiyotining muhim bosqichiga o‘tgan ekan, o‘z 
navbatida psixologiya ham ushbu fan erishgan yutuqlardan foydalanadi va ularning 
ko‘lami kengayishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Pedagogika bilan 
psixologiyaning o‘zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy hamda azaliy xarakter 
kasb etib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga 
oshirishdagi roli va nufuzi o‘ziga xosdir.
Kibernetika fani sohasidagi erishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham 
ahamiyatli va zarur bo‘lib, u inson shaxsining o‘z-o‘zini boshqarish va psixik 
jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika 
tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan o‘z 
o‘rnida foydalanadi. Biologiya, fiziologiya, kimyo, fizika va boshqa fanlar psixik 


14 
hodisalar va jarayonlarning tabiiy-fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu 
orqali ularning kechishi qonuniyatlarini ob’yektiv o‘rganish uchun material beradi. 
Texnika fanlari bilan psixologiyaning o‘zaro aloqasi va hamkorligi ayniqsa, asr 
oxiriga kelib yaqqol sezilmoqda.
Iqtisodiyot bilan psixologiyaning o‘zaro aloqasi va hamkorligi ham XX 
asrning yangiliklaridan bo‘lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich 
o‘tish sharoitida iqtisodiy ong, iqtisodiy tafakkur hamda iqtisodiy xulqning o‘ziga 
xos namoyon bo‘lish qonuniyatlarini o‘rganishda ikkala fan ham tenglikda xizmat 
qiladi.
Kasbiy psixologiyaning tatbiqiy va amaliy sohalari. Jamiyatimizda 
psixologik bilimlarni bevosita amaliyotga tatbiq etishga ehtiyoj katta. Birgina 
O‘zbekistonda kadrlar tayyorlashning milliy dasturini oladigan bo‘lsak, uning 
bajarilishi va muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun psixologiyaning aralashuvi 
zarur. Joylarda tashkil etilgan “Tashxis markazlari” va Oliy va o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonlarini, ma’naviy muhitni 
ilmiy-amaliy tadqiq qilish, yoshlar ijtimoiy faolligini sotsiologik, psixologik va 
pedagogik qo‘llab-quvvatlash, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda bartaraf 
etish ishlarini muvofiqlashtiruvchi, ilmiy-metodik yordam ko‘rsatuvchi “Ta’lim-
tarbiya jarayonini sotsiologik, psixologik va pedagogik qo‘llab-quvvatlash 
xizmat”larida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar talabalardagi rivojlanish 
tendensiyalari, aqliy o‘sish omillari va iqtidoriga qarab ta’lim-tarbiyani tashkil 
etishlari uchun qator diagnostik tadbirlarni o‘tkazishlari zarurki, bu tadbirlar oxir-
oqibat real samara berishi lozim. 
Amaliy psixologiyaning asosiy yo‘nalishlari. Amaliy hamda tatbiqiy 
psixologiya sohalarining o‘ziga xos jihatlari avvalo shundan iboratki, ular 
jamiyatning bevosita bugungi kundagi talablari va buyurtmalariga ko‘ra ish 
yuritadi. 
Sanoat va mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida tatbiqiy ishlar birinchi 
navbatda tashkilotda kadrlar zahirasini to‘g‘ri va oqilona tashkillashdan tortib, 
xodimlar ish sharoitlari va mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillar 


15 
kompleksini ilmiy ravishda o‘rganib, hayotda natija olishga qaratilgan harakatlar 
majmuidir.
Siyosat sohasidagi psixologiya. Siyosat borasidagi psixologik masalalarga 
psixolog aralashuvining zarurati har doim bo‘lmasa-da, ayrim paytlarda – yirik 
islohotlar boshlanishi arafasida, saylov oldi kompaniyalarda, yangi siyosiy 
liderlarning xalq tomonidan qabul qilinishi jarayonlari, ko‘pchilik auditoriyaga 
zarur ma’lumotlarni yetkazish, ijtimoiy ustanovkalarni o‘zgartirish, siyosiy 
arboblar imidjini omma ongiga singdirish paytlarida psixologik ta’sir vositalaridan 
o‘rinli foydalanish, maslahatlar berish va ayrim guruhlar e’tiqodiga ta’sir etish 
kerak bo‘lganda zarur bo‘ladi.
Maorif sohasida olib borilayotgan amaliy ishlar boshqa sohalarga nisbatan 
anchagina yaxshi tajribaga ega. Ayniqsa, O‘zbekistonda kadrlar tayyorlashning 
milliy dasturi qabul qilingandan so‘ng tashkil qilingan yangi tipdagi ta’lim 
muassasalari – akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga psixolog shtati kiritilgan 
va ular aynan tatbiqiy muammolar – bolaning o‘quv jarayoniga psixologik jihatdan 
tayyorligini diagnostika qilishdan tortib, professional va kasb mahoratini 
rivojlantirishgacha bo‘lgan barcha muammolarni hal qilishga “aralashadi”. 
Qonunga zid harakat qilganlarni psixologik reabilitasiya qilish muammosi 
ham har doim ham psixolog aralashuvini talab qilib kelgan. Chunki jinoyatchi yoki 
huquqbuzar shaxsi o‘z-o‘zidan shakllanib qolmaydi, uni shakllantiruvchi omillar, 
motivlar, bolani qayta tarbiyalash, reabilitasiya masalalari ijtimoiy-psixologik 
jarayonlar mohiyatini bilish va ularga faol ta’sir ko‘rsatishni talab qiladi. Shuning 
uchun ham mamlakatimizda yoshlar o‘rtasida huquqiy ma’rifat va huquqiy 
madaniyatni shakllantirishga juda katta e’tibor qaratilgan va bu ishda amaliyotchi 
xodim – psixologning o‘rni va roli katta bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin