Kasbiy psixologiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/54
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Касбий психология Ўқув қўлланма (1)

CONTENT 
INTRODUCTION............................................................................................ 

The subject of professional psychology. Methods of research of 
professional psychology................................................................................... 

Professions and their classification.................................................................. 
29 
The general concept of professiografiyama (professiogram). Methods of 
professiography and professional research...................................................... 
42 
Personality psychology and professional orientation....................................... 
49 
Communication technique. Personality in Interpersonal Relationships.......... 
61 
Individual personality characteristics. Individual psychological and age 
personality traits............................................................................................... 
67 
Psychological features of orientation when choosing a profession................. 
98 
Psychodiagnostics of professional activity. The introduction into practice of 
the methods of choosing a profession and their psychodiagnostics................. 
107 
References........................................................................................................ 
118 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
“Ta’lim to‘g‘risi”dagi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da kasb - 
hunar haqida alohida ma’lumotlar mavjud. 
Kasb - hunar egalari qadimdan e’zozlab kelingan. Bizning davrimizda ularga 
bo‘lgan hurmat - ehtirom yanada ortdi. Jonajon O‘zbekistonimizda bilimdon, 
mustaqil fikrlovchi, ijodiy izlanuvchi, yuqori malakali, madaniyatli, turli sohalar 
bo‘yicha mohir ustalar ko‘proq talab qilinmoqda. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar mahkamasi qarorlarida (Nizomlarida) mutaxassis kadrlar 
tayyorlash masalasiga katta ahamiyat berilmoqda va ular haqida alohida 
g‘amxo‘rlik qilinmoqda. Shu bilan birga, tor sohadagi kasbdan asta - sekin keng 
qamrovli, universal kasbga o‘tish muammosi ilgari surilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlarning muvaffaqiyati bevosita yuqori malakali yosh kadrlarni tayyorlash 
bilan bog‘liq bo‘lib, oliy o‘quv yurtlarida “Kasbiy psixologiya” fanini o‘qitish 
sifati va samaradorligi bilan belgilanadi.
Kasbiy psixologiya ta’lim va taraqqiyotning o‘zaro bog‘liqligi, ta’limning 
tuzilishi, ta’lim psixologiyasi kursining asosiy mazmuni bo‘lgan o‘quvchi - 
talabalarning o‘qish va bilish faoliyatini shakllantirish hamda tarbiya 
psixologiyasining ta’lim - tarbiya jarayonida o‘quvchi shaxsini shakllantirish kabi 
muhim muammolarni tadqiq etadi. Bunda o‘quv - tarbiya jarayonlarining o‘ziga 
xos xususiyatlari, zamonaviy ta’lim - tarbiya nazariyasining vazifalari, uning 
etnopsixologik 
xususiyatlari 
hamda 
ular 
tomonidan 
yoritilgan 
shaxs 
taraqqiyotining boshqarish imkoniyatlari o‘rganiladi.
Ko‘p yillik tajriba shuni ko‘rsatadiki, ta’lim-tarbiya bilan hamma, ya’ni 
butun jamiyat a’zolari shug‘ullanishlari kerak. Bu mas’uliyatli va sharafli ishda 
bog‘cha tarbiyachisi, maktab o‘qituvchisi va institute o‘qituvchisi bilsn bir qatorda 
jamiyatning bilimli va obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan a’zolari, oliy ma’lumotli 
mutaxassis va rahbar xodimlar ham o‘z hissasini qo‘shishi kerak. 



Chunki ular o‘zlarining bilimlari va yuqori malakalari bilan mehnat 
jamoalarida katta e’tiborga egadirlar, hamma joyda so‘zlari yuqori ta’sir kuchi 
bilan ajralib turadi. 
Bozor 
munosabatlari 
sharoitida 
mustaqil 
fikr 
yurituvchi, 
erkin, 
tashabbuskor, tadbirkor va milliy g‘ururga ega bo‘lgan kishilar kerak. Bunlday 
kishilarni tarbiyalash uchun xalqning tarixiy shakllangan ma’rifiy madaniyatidan 
kelib chiqib, umuminsoniy qadriyatlarga tayanuvchi milliy psixologiya fanini 
shakllantirish va shu bilan birga bu fanni barcha oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish joiz.
Nopedagogik yo‘nalishlardagi bakalvarlar tayyorlaydigan oliy o‘quv 
yurtlarida kasbiy psixologiya fanini o‘qitish jarayonida talabalarda quyidagi 
pedagogik bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish ko‘zda tutiladi: 
- o‘z ixtisosini o‘zlashtirish davomida hamda ijtimoiy va gumanitar fanlar 
bo‘yicha beriladigan bilmlarni ongli egallash uchun psixologiya fanining nazariy 
asoslarini o‘rganishi va o‘zlarida bu bilimlarga ko‘nikma hosil qilishi; 
- o‘z ixtisosligi bo‘yicha o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tash 
davrida ularni to‘g‘ri tashkil qilish, texnikani o‘rganish, ulardan ehtiyotkorona 
foydalanish davrida psixologiyaning asosiy metodlarini o‘rganishi va malakalarga 
ega bo‘lishi; 
- mutaxassilik fanlarini o‘zlashtirish, nazoratlarni vaqtida topshirish, 
fanlardan yaxshi natijalarga erishish uchun bilish faolligini oshirish, bilish 
nazariyasi asoslarini o‘rganishi va shu bilan birga ta’lim olish usullari bilan 
tanishishi. 
Kadlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishning muhim omillari “Milliy 
dasturi”mizda alohida ta’kidlab o‘tilgan: 
- respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati 
qurish yo‘lidan izchil ilgarilab borayotganligi; 
- mamlakat iqtisodiyotida tub o‘zgarishlarning amalga oshirilishi, respublika 
iqtisodiyoti asosan xom ashyo yo‘nalishidan raqobatbardosh pirovard mahsulot 
ishlab chiqarish yo‘liga o‘tayotganligi, mamlakat eksport salohiyatining 
kengayayotganligi; 



- davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror 
topganligi; 
- milliy o‘zlikni anglashning o‘sib borishi, vatanparvarlik, o‘z Vatani uchun 
iftixor tuyg‘usining shakllanayotganligi, boy milliy, madaniy - tarixiy an’analarga 
va xalqimizning intellektual merosiga hurmat; 
- O‘zbekistonning jahon jamiyatiga integratsiyasi, respublikamizning 
jahondagi mavqei va obro‘ - e’tiborining mustahkamlanib borayotganligi. 
Quyidagi kasb psixologiyasiga oid ilmiy - amaliy hususiyatli materiallar, 
mulohazalar, tavsiyalar bosqichma - bosqich bayon qilinadi. Mavzular bir necha 
qismlarga ajratilgan holda uzviylik, izchillik, mantiqiylik tamoyillariga 
(prinsiplariga) rioya qilingan tarzda berildi.“Ilm va hunar o‘rganish inson uchun 
eng zarur narsalardan hisoblanadi. Har qanday narsani mohiyatini anglash, 
jahondagi voqealarning yaxshi - yomon tomonini bilib olish, odamlarning qadru - 
qimmatini to‘g‘ri tushunish, oilaning farovon yashashini to‘g‘ri tashkil etish, 
qisqasi har tomonlama mukammal bo‘lish uchun ilm va hunar o‘rganish zaruriy 
ehtiyojlardan biridir” deb uqtirgan allomalarimizdan Faxrulbanot Sulaymoniy. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin