Kashfiyot va ixtirolar



Yüklə 4,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/60
tarix28.11.2023
ölçüsü4,64 Mb.
#167376
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Kashfiyot va ixtirolar

shaxm at 
boshqa dav- 
latlarga ham kirib bordi. Avvallari 
shunchaki ko'ngilochar o'yin sifatida 
o'ynalgan bo'lsa, endilikda jiddiy mu- 
sobaqalar ham olib borilm oqda. Bu­
gungi kunga kelib faqatgina bu o'yin 
qirol qarorgohlarida emas, balki butun 
ommaga kirib keldi.
Shaxmat donalari oq-qora katak- 
dagi ma’lum o'rinlarda joylashgan.
Bunday taxtalarda yana boshqa bir 
o'yin -
shashkani 
ham o'ynash m um ­
kin. Fir’avnlar davrida ham shashka 
o'yinlari o'ynalgan. Qadimgi misrliklar 
shashkani aql-zakovat xudosi Tot o'ylab topgan deb hisoblashardi. 
Yunonlar esa yozma manbalarda Germes o'ylab topgan deyishgan. 
O 'rta asr Yevropasida shashkani o'ynay olish ritsarlarning eng aso- 
siy fazilatlaridan biri deb bilishgan.
B o u lin g o'yini tarixi ham jang san’ati bilan bog'liq. «Keglya» 
so'zining o'zi qadimgi nemislarning quroli nomini bildiradi. O'yinning 
mohiyati hamraqibning barcha to'siqlarini yo'qotishdan iborat. 
Bunda turli hiylalar ishlatishining hojati yo'q. Shunchaki shar bilan 
to'siqlarni urib yiqitish kerak. Biz bilgan mazkur o'yinning qoidala- 
ri XV asrda Germaniyada tashkil topgan. Zamonaviy bouling esa 
Gollandiyada yuzaga kelgan. Gollandiyaliklar Amerikaga bu o'yinni 
olib kelganlaridan so'ng, o'yin «boul», ya’ni «sharlarni yumalat- 
moq» nomini olgan.
Keglini kattalar ham, yoshlar
ham birdek sevib o'ynaydilar


Koptokli yinlar
Futbolga 
o'xshash o'yinlar qadimgi xitoy manbalarida keltiril- 
gan. Yaponiyada esa mana 14 asrdirki qadimgi kennatt o'yini hamon 
o'ynab kelinadi. Kennatt o'yinining qoidalari futbolnikiga o'xshab ke- 
tadi. Qadimgi Yunon va Rimda koptokli o'yinlar bo'yicha musobaqa- 
lar ham o'tkazilgan. Lekin, hozirgi kunda koptokli o'yinlarni 
Angliyaga bog'lashadi. Bunday o'yinlarning nomlari ing- 
lizcha ekanligi tasodif emas, albatta. Futbol ham bun­
dan mustasno emas; «fut» - «oyoq», «bol» - «koptok» 
ma’nosini bildiradi. Angliyada futbolning kelib chi­
qishi anchayin shafqatsiz holatga borib taqala- 
di - janglarda g'alaba sharafiga dushman- 
ning boshini chopib, uni yerda dumalatib, 
tepilar edi. Keyinchalik ustki qismi teri- 
dan tikilgan va ichi havoga to'ldirilgan 
koptoklar paydo bo'ldi.

Yüklə 4,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin