2. Savod o’rgatishning asosiy davrida o’quvchilarni o’qishga o’rgatish.
Analitik-sintetik (tahlil-tarkib) tovush metodida savod o’rgatish jarayoni 4 oy davom etadi.
Bu jarayon quyidagi 2 davrga bo’linadi:
a) alifbogacha tayyorgarlik davri (1 hafta);
b) alifbo davri (31 dekabrgacha davom etadi).
Alifbogacha tayyorgarlik davri
Bu davrning asosiy vazifasi o’quvchilarni maktab, sinf, tartib-intizom qoidalari va o’quv qurollari bilan tanishtirish, nutq o’stirishga oid mashqlar o’tkazib, fonematik eshitishni o’stirishdan iboratdir.
Bu jarayonda maxsus nusxalar asosida o’quvchilarning bog‘lanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga “Alifbe”da berilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari, o’zlari bilgan she’r, ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishmoq, xalq ashulalari, alla, qo’shiqlar, latifalardan ayttiriladi.
Bu bosqichda o’quvchilarga og‘zaki va yozma nutq haqida, gap, so’z, bo’g‘in va tovushlar haqida, nutqning gaplardan, gaplarning so’zlardan tuzilishi, so’zlarning bo’g‘inlarga bo’linishi, bo’g‘inlarning tovushlardan tashkil topishi haqida ma’lumot beriladi, tovushlarning unli va undosh tovushlarga ajratilishi o’rgatiladi, ulardan amaliy foydalana bilish ko’nikmalari hosil qilinadi.
Savоd o’rgatishda dastlabki suhbat mashg’ulotlari quyidagi tartibda оlib bоriladi:
Rasm ustida suхbat.
Suхbatdan analizga mоs gap ajratib оlish.
Gapni so’zlarga ajratish.
So’zni bo’g’inlarga ajratish.
Bo’g’indan tоvushni ajratish.
Tоvush talaffuzini tushuntirish.
O’rganilgan tоvushni turli so’zlardan tоptirish.
O’rganilgan yangi tоvush shakli-harf bilan tanishtirish.
Kеsma хarflardan bo’g’in va so’z tuzdirish.
O’QUVCHI TOVUSH, HARF BILISHI
O’zbek tili yozuvi – tovush yozuvi. YOzuvda o’quvchi tovushni harfga, o’qishda esa harfni tovushga aylantirishdek murakkab aqliy faoliyatni bajaradi. Bu faoliyat doimiy ravishda yuz berishini nazarda tutib, o’qish va yozish parallel olib boriladi.
O’zbek tili yozuvi – fonematik yozuv. O’zbek tili yozuvi uchun 1993 yil lotin grafikasi asos qilib olindi. Nutqning har tovushi uchun yozuv unga mos shakl qabul qilindi.