1. Yozuv darslarida ham o’quvchilar nutqini o’stirish, fikrlashga o’rgatish asosiy vazifalardan hisoblanadi. O’quvchilar gap yoki hikoyani og’zaki ravishda erkin tuza oladilar, lekin ammo yozish uchun o’rganilmagan harf bo’lmagan so’zni tanlashda qiynaladilar. Bu jarayonda o’qituvchi yordam berishi va yozuvni kuzatib borishi lozim.

Ijodiy yozuv mashqini doimo izchil ravishda o’tkazib, asta-sekin murakkablashtirib borish kerak. Bunday mashqlar o’quvchilarni insho va bayon yozishga tayyorlaydi, o’z fikrlarini mustaqil ravishda yozma bayon qilishga o’rgatadi.
Yozuv darslarida yuqoridagi kabi mashqlar o’quvchilarning yozma nutqini og’zaki nutqi bilan bog’liq holda o’stirishni ta’minlaydi.
O’qish ham yozish ham murakkab nutq faoliyati. U kichik yoshdagi o’quvchidan iroda, aql, hatto jismoniy harakatni ham talab qiladi.
Kichik yoshdagi o’quvchini o’qishga o’rgatishda quyidagilar kuzatiladi:
Bola o’qish paytida bitta harfni ko’radi, uni bilish uchun oldingi ko’z oldiga keltirilgan rasmlarni yo boshqa harflarni eslaydi, esga tushirgach, uni aytishga oshiqadi, biroq o’qituvchi aytishga yo’l qo’ymaydi, ikkinchi harfni eslab qo’shguncha birinchisi esdan ko’tariladi, yoki ularni qo’shib bo’g’in, bo’g’indan so’z hosil qilguncha o’qish jarayoni sustlashadi.
Ko’pincha bola o’qiyotgan qatorni yo’qotib qo’yadi, harfni, bo’g’inni, so’zni qayta o’qishga to’g’ri keladi. O’quvchining diqqati kengaygan sari bo’g’in va so’zni butunicha idrok eta boshlaydi.