Katta guruh uchun savod umumiy guruh ishlanmalari



Yüklə 29,98 Kb.
səhifə8/11
tarix16.12.2022
ölçüsü29,98 Kb.
#75707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ABDULLAYEVA BARNOXON ERKINJON QIZI

8. Birinchi uchragan so’zlar bilan ishlash: ochiq bo’g‘inda dastlab undosh, keyin esa unli o’qiladi, yopiq bo’g‘inda esa unli bilan tugagan ochiq bo’g‘inni o’qib, keyingi undosh o’qiladi va so’zni yaxlit o’qishga o’rgatiladi. Yangi so’z urg‘usi qo’yilgan holda beriladi, bu uni o’qishga, bo’g‘inlab o’qishdek sintetik o’qishga (so’zni butunligicha o’qishga) yordam beradi. Bunda yangi so’zni xattaxtada katta bosma harflar bilan yozish, o’quvchilarga o’qitish tavsiya qilinadi. So’z shivirlash bilan o’qiladi, kesma harf bo’g‘in bilan yoziladi.


9. Syujetli (rasmning asosiy mazmunini aks ettiradigan) rasmga qarab o’qituvchi yordamida, uning yo’llovchi savollari asosida hikoya tuzish, undan gapni ajratish va analiz qilish.

Savod o’rgatish jarayonida o’quvchilar o’qishga o’rganish bilan parallel ravishda yozuvdan ham elementar malaka hosil qiladilar. Dasturga muvofiq o’quvchilar yozuvdan quyidagi malakalarni egallashlari lozim:


  • 1. Partada to’g’ri o’tirish, daftarni to’g’ri qo’yish, chiziqlarni chamalash, yozayotganda ruchkadan to’g’ri foydalanish, hoshiyaga rioya qilish

  • 2. Ish daftari yoki alifbe asosida o’zbek alifbosidagi barcha katta va kichik harflarni yozish, shuningdek, harflarni so’zda bir-biriga bog’lab yoza olish: bosma matnni yozma matnga aylantirib yozish.

Grafik malaka, birinchidan, qo’l-harakat malakasidir, bu harakat birinchi qarashda muskul kuchiga asoslanadi. Ikkinchidan, yozuv jarayonida nutqning o’zlashtirilgan birligi bo’lgan tovush grafik belgilarga, ya’ni harfga tarjima qilinadi. Bu yozuvga ongli faoliyat tusini beradi. Yozuvning ongliligi, birinchidan, tovush va harfning to’g’ri nisbatini, ikkinchidan, bir qancha grafik va imloviy qoidalarga rioya qilishni, uchinchidan, o’z fikrini, taassurotini, istaklarini ifodalashda yozuv malakasidan foydalanishni talab qiladi.


  • Grafik malaka, birinchidan, qo’l-harakat malakasidir, bu harakat birinchi qarashda muskul kuchiga asoslanadi. Ikkinchidan, yozuv jarayonida nutqning o’zlashtirilgan birligi bo’lgan tovush grafik belgilarga, ya’ni harfga tarjima qilinadi. Bu yozuvga ongli faoliyat tusini beradi. Yozuvning ongliligi, birinchidan, tovush va harfning to’g’ri nisbatini, ikkinchidan, bir qancha grafik va imloviy qoidalarga rioya qilishni, uchinchidan, o’z fikrini, taassurotini, istaklarini ifodalashda yozuv malakasidan foydalanishni talab qiladi.

  • SHuni ta’kidlash kerakki, savod o’rgatish davrida bola harflarni yozishdan oldin uni qanday shakllantirishni ko’z oldiga keltirib, fikrlab oladi, ba’zan harf shaklini havoda “chizadi”, harf namunasini ko’chiradi, tarkibini tahlil qiladi, uni qanday yozishni o’zicha sekin gapiradi; o’qituvchi o’quvchi yoniga o’tirib, ruchkani to’g’ri ushlatadi va uning qo’li bilan harfni yozishni ko’rsatadi yoki o’zi yozib tushuntiradi. Bundan tashqari, bola yozuvning texnik tomoniga katta jismoniy kuch sarflaydi. Savod o’rgatish oxirida bola bir darsda 20 tacha so’zni yozishi mumkin.

Savod o’rgatish jarayonida yozuvga o’rgatish



Yüklə 29,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin