Kazus №1 2006 yil oktabr oyida London sudi italiyalik zara kompaniyasini fransiyalik zargar Paskal Morabitoning yaratgan soxta soatlari


Kazus №7 Usta va texnolog o‘zlari ishlayotgan korxonada mo‘yqalam (kist) tayyorlashning yangi usulini



Yüklə 492,51 Kb.
səhifə25/65
tarix07.01.2024
ölçüsü492,51 Kb.
#210133
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   65
V2 intellektual mulk Updated

Kazus №7
Usta va texnolog o‘zlari ishlayotgan korxonada mo‘yqalam (kist) tayyorlashning yangi usulini o‘ylab topib, sanoatda qo‘lladilar. Mo‘yqalam tayyorlashning yangi usulidan foydalanish 5 oy davom etdi. 5 oydan so‘ng bu usulning katta foyda berishi maʼlum bo‘ldi. Yangi mo‘yqalam mualliflari maʼmuriyatga bu mo‘yqalamga ixtiro sifatida patent berishni talab qilishdi. Lekin 2 oy mobaynida javob olmagach, o‘zlarining nomidan buyurtma berdilar.
Mualliflar bu patentni usul uchun ixtiro sifatida emas, balki foydali model sifatida olish maqsadida bo‘ldilar.
Adliya vazirligida ularga bu narsa qonunga zid ekanligini aytib, foydali modelga guvohnoma bermadi.



  1. Ixtironing ixtirolilik shartlari haqida nimalarni bilasiz? Fikringizni huquqiy asoslantiring.

IXTIROLAR, FOYDALI MODELLAR VA SANOAT NAMUNALARI TO‘G‘RISIDA Qonun:
6-modda. Ixtironing patentga layoqatlilik shartlari
Agar ixtiro sifatida ko‘rsatilgan obyekt yangi, ixtirolik darajasiga ega va uni sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.
Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum bo‘lmasa, u yangi deb hisoblanadi.
Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi ma’lumotlardan yaqqol ayon bo‘lmasa, u ixtirolik darajasiga ega bo‘ladi.

usulga (moddiy vositalar yordamida moddiy obyekt ustida xatti-harakatlarni amalga oshirish jarayoniga) taalluqli bo‘lgan texnik yechim ixtiro sifatida e’tirof etiladi.



  1. Mo‘yqalamning mualliflari to‘g‘ri qaror qilganmi? Agar noto‘g‘ri bo‘lsa ularning xatolarini ko‘rsating. Ularni to‘g‘rilashning imkoni bormi?

Bu yerda usta va texnologlarni moʻyqalam muallifi deyish notoʻgʻri. Chunki ular moʻyqalamni yaratishmagan, balki ishlab chiqarish usulini oʻylab topib sanoatda qoʻllashgan.
Demak, moʻyqalam ishlab chiqarish usulini ixtiro sifatida baholasak, usulga ixtiro sifatida patent berilishi mumkin.
Kazusga koʻra, Yangi mo‘yqalam mualliflari maʼmuriyatga bu mo‘yqalamga ixtiro sifatida patent berishni talab qilishdi deyilmoqda. Lekin ular usul muallifi, moʻyqalam emas. Shuning uchun ushbu holatda ustalar usulni roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma berishlari lozim edi.

Yüklə 492,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin