Kazus №1 2006 yil oktabr oyida London sudi italiyalik zara kompaniyasini fransiyalik zargar Paskal Morabitoning yaratgan soxta soatlari


Litsenziya shartnomasiga ko‘ra taraflar qanday huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishadi, fikringizni kazus doirasida asoslang



Yüklə 492,51 Kb.
səhifə33/65
tarix07.01.2024
ölçüsü492,51 Kb.
#210133
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   65
V2 intellektual mulk Updated

Litsenziya shartnomasiga ko‘ra taraflar qanday huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishadi, fikringizni kazus doirasida asoslang.

HUQUQLAR
Fuqarolik Kodeksining 1036-moddasida litsenziya shartnomasi litsenziatga quyidagi vakolatlar berilishi mumkinligi belgilangan:


intellektual mulk obyektidan, litsenziarning undan foydalanish huquqi va boshqa shaxslarga litsenziya berish huquqi saqlanib qolgan holda (oddiy nomutlaq litsenziya) foydalanish huquqini;
intellektual mulk obyektidan, litsenziarning undan foydalanish huquqi saqlanib qolgan holda, biroq boshqa shaxslarga litsenziyani berish huquqisiz (mutlaq litsenziya) foydalanish huquqini;
Litsenziatga foydalanish uchun beriladigan firma nomi (to‘liq va qisqartirilgan firma nomi) firma nomini;
Litsenziar nomiga ro‘yxatga oluvchi organning nomi tomonidan ro‘yxatga olingan raqami, sanasi va boshqa zarur maʼlumotlari roʻyxatga olingan va tasviri mazkur shartnomada keltirilgan tovar belgisining nomi guvohnomasining raqami, berilgan sanasi, amal qilish muddati, tovar belgisi;
Shuningdek, foydalanish uchun beriladigan boshqa mutlaq huquqlar.
MAJBURIYATLAR
Litsenziya shartnomasi boʻyicha litsenziar litsenziatga haq evaziga litsenziarning firma nomidan hamda qoʻriqlanadigan tijorat axborotidan, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan mutlaq huquqlarga kiruvchi boshqa obyektlardan (tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi va ixtirolar hamda boshqalardan) litsenziatning tadbirkorlik faoliyatida foydalanish huquqini oʻz ichiga oladigan mutlaq huquqlar kompleksini (litsenziya kompleksi) berish, litsenziat esa olingan litsenziya kompleksi uchun litsenziarga shartnomada koʻrsatilgan haqni toʻlash majburiyatini oladi
Shuningdek, litsenziar litsenziatga texnikaviy va tijorat hujjatlarini topshirishi hamda litsenziat mazkur shartnoma boʻyicha oʻziga berilgan huquqlarni amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan boshqa axborotni taqdim etishi, litsenziat va uning xodimlariga ushbu huquqlarni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan yoʻl-yoʻriqlar berishi; litsenziatga shartnomada nazarda tutilgan litsenziyalarni berishi, ularning belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlashi; litsenziatga doimiy texnikaviy va maslahat yordami koʻrsatishi, shu jumladan xodimlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirishda yordam berishi shart.
Litsenziat esa shartnomada nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish chogʻida litsenziarning firma nomidan shartnomada koʻrsatilgan tarzda foydalanishi; shartnoma asosida ishlab chiqarayotgan tovarlar sifati bevosita litsenziarning oʻzi ishlab chiqarayotgan shunday tovarlar sifatiga aniq mos boʻlishini taʼminlashi; litsenziarning litsenziya kompleksiga kiruvchi alohida huquqlardan foydalanish xarakteri, usullari va shartlari bu huquqlardan litsenziarning foydalanishiga aniq mos kelishiga qaratilgan barcha yoʻriqnomalari va koʻrsatmalariga, shu jumladan shartnoma boʻyicha oʻziga berilgan huquqlarni amalga oshirish vaqtida foydalanadigan tijorat binolarining tashqi va ichki bezaklariga doir koʻrsatmalariga ham rioya etishi; sotib oluvchilar bevosita litsenziardan tovarni sotib olgan vaqtda ularga umid qilishlari mumkin boʻlgan hamma qoʻshimcha xizmatlarni koʻrsatishi; litsenziarning ishlab chiqarish sirlarini va undan olgan boshqa maxfiy tijorat axborotini oshkor qilmasligi; agar shartnomada toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boʻlsa, shartlashilgan miqdorda yordamchi litsenziyalarni berishi; tadbirkorlik litsenziyasi tufayli firma nomidan, tovar belgisidan yoki boshqa individuallashtirish vositasidan foydalanayotganligini sotib oluvchilarga ular uchun juda aniq usulda maʼlum qilishi shart



Yüklə 492,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin