Ekran ochadi hozi Kazus №11 Toshkent viloyatida joylashgan chorvachilikni rivojlantirish uyushmasi tomonidan sigirlarni sog‘ishning avtomatlashtirish tizimi ishlab chiqildi va uni huquqiy muhofaza qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga talabnoma bilan murojaat qilindi.
Fuqaro A. Chorvachilikni rivojlantirish uyushmasiga nisbatan sudga da’vo ariza bilan murojaat qildi. Fuqaro A o‘z da’vo arizasida uning g‘oyasi ushbu Vazirlik tomonidan asossiz o‘zlashtirib olinganligi ta’kidlagan.
O‘z navbatida Chorvachilikni rivojlantirish uyushma yaratilgan ushbu avtomatlashtirilgan tizim, Vazirlik mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilganligini ta’kidlagan.
Patent uchun talabnoma topshirish jarayonini tushuntiring.
IXTIROLAR, FOYDALI MODELLAR VA SANOAT NAMUNALARI TO‘G‘RISIDA gi Qonun. https://lex.uz/docs/-76671#-76674
14-modda. Patent berish haqidagi talabnomani topshirish Patent berish haqidagi talabnoma muallif, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) tomonidan davlat axborot tizimlari orqali Agentlikka beriladi.
Patent berish haqidagi talabnomalarga belgilangan miqdorda patent boji to‘langanligini yoki patent boji to‘lashdan ozod qilishning yoxud uning miqdori kamaytirilishining asoslarini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi.
Patent berish haqidagi talabnoma hujjatlariga doir talablar Agentlik tomonidan belgilanadi.
Patent berish haqidagi talabnoma shaxsan, patent vakili yoki ishonchli shaxs orqali topshirilishi mumkin.
Ushbu holatda Fuqaro A. ning hatti-harakatlariga huquqiy baho bering.
Intellektual mulk sohasidagi xalqaro va milliy normalarga muvofiq, g‘oyalar intellektual mulk obyekti maqomiga ega bo‘lmaydi. G‘oyani ommaga e’lon qilinganligi yoki omma e’tiboriga yetkazilganligi (oshkor etilganligi) kelgusida uning huquqiy muhofazasini ta’minlashda muhim fakt bo‘lib sanaladi. Shunga ko‘ra, fuqaro A.ning hatti-harakatlari va u da’vo talab etayotgan masala asossiz hisoblanadi.